Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR
Hojiyeva NasibaBahodirovna · BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDAIJTIMOIY · KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDAQO‘LLANILADIGAN METODLAR
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi jarayonida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Ijtimoiy kompetensiyaning mazmun-mohiyati, uning zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati va pedagogik faoliyatdagi o‘rni ilmiy asoslangan. Kompetensiyani rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar, interaktiv usullar va pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan amaliy yondashuvlar haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida ijtimoiy munosabatlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: ijtimoiy kompetensiya, bo‘lajak o‘qituvchi, boshlang‘ich ta’lim, metodlar, kommunikativko‘nikma, kasbiy tayyorgarlik, interaktiv yondashuv, pedagogik texnologiya. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchidan nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lish, balki amaliy ko‘nikmalarni, ayniqsa, ijtimoiy kompetensiyalarni mukammal egallash talab etiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun bu kompetensiya muhim ahamiyatga ega, chunki ular o‘quvchilarda dastlabki kommunikativ ko‘nikmalarni, jamiyatdagi muomalalarni anglash va unga moslashish qobiliyatini shakllantiradilar. Shu bois, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishga alohidae’tiborqaratilishilozim. Ijtimoiy kompetensiya — bu shaxsning turli ijtimoiy vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishi, atrofdagilar bilan samimiy, muloqotga ochiq va madaniyatli munosabat o‘rnata olishi, jamoadagi o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilashi, o‘z fikrini erkin ifoda eta olishi, ayni vaqtda boshqalarni ham eshita bilish qobiliyatidir. Bunday kompetensiyalarni shakllantirish, avvalo, universitetlarda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda bosqichma-bosqich olib borilishi kerak. Ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishda qo‘llaniladigan metodlar talabalarda kommunikativ, empatik, tolerantlik, madaniy moslashuvchanlik, konfliktni bartaraf etish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi zarur. Bunda quyidagi metodlardan foydalanish samarali hisoblanadi: rol o‘yinlari, treninglar, muammoli vaziyatli mashg‘ulotlar, guruhiy muhokama, “aqliy hujum”, keys-stadi, debatlar, dramatizatsiya, ishbilarmonlik o‘yinlari vainteraktiv suhbatlar. Rol o‘yinlari orqali talabalar real hayotdagi ijtimoiy vaziyatlarni tasvirlaydi va undagi rollarni ijro etadi. Bu ularning o‘zini turli rollarda sinab ko‘rishiga, boshqalar nuqtai nazarini tushunishiga va empatiya hislarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, “o‘qituvchi – ota-ona – o‘quvchi” uchburchagi asosida tashkil etilgan rol o‘yinlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga maktab muhitidagi real ijtimoiy muloqotni model qilish imkonini beradi. Trening metodlari orqali esa talabalar jamoaviy ishlash, o‘z fikrini ochiq ifodalash, qarama- qarshi fikrlarni murosali tarzda muhokama qilish, o‘zini tutish va boshqalarni anglash qobiliyatlarini mustahkamlab boradilar. Ijtimoiy psixologiyada keng qo‘llaniladigan “yopiq ko‘zlar bilan boshqarish”, “yetakchilikni aniqlash”, “fikrlar zanjiri” kabi mashqlar ijtimoiy kompetensiyani o‘stirishdakatta samara beradi. Muammoli vaziyatli mashg‘ulotlar o‘quvchilarda ijtimoiy muammolarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Bunday mashg‘ulotlarda talabalarga hayotiy vaziyatlar taqdim www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 etiladi va ular ularni qanday hal qilish bo‘yicha o‘z qarorlarini taklif qilishadi. Bu esa ularda tanqidiy fikrlash, muqobil yechimlarni ko‘ra olish va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmasini oshiradi. “Aqliy hujum” usuli guruhda ishlash, g‘oya va fikrlarni tezkor ilgari surish, erkin muloqot qilish, ijodiy fikrlashni rivojlantirishda juda foydalidir. Bu metod bo‘lajak o‘qituvchilarga biror mavzu doirasida tezda bir nechta yechim taklif qilishni o‘rgatadi, shu bilan birga, har bir a’zoning fikri muhimligini his etishga undaydi. Dramatizatsiya usuli esa sahnalashtirish orqali ijtimoiy vaziyatni ijodiy tarzda qayta ishlashga imkon yaratadi. Talabalar turli roldagi odamlarni gavdalantirib, ularning ruhiy holatini, motivlarini, his-tuyg‘ularini tushunishga harakat qiladi. Bu usul orqali nafaqat muloqot ko‘nikmalari, balki hissiy-intellektual kompetensiyalar ham rivojlanadi. Interaktiv suhbatlar orqali talabalar real muloqotda ishtirok etishadi. O‘qituvchi tomonidan turli savollar, bahsli holatlar orqali talabalar o‘z fikrlarini asoslab bera olishadi, boshqalarning fikriga hurmat bilan qarashga o‘rganishadi. Bunday mashg‘ulotlar bo‘lajak o‘qituvchilarda sinfdagi o‘quvchilar bilan samarali munosabat o‘rnatish, ularni faol muloqotga jalb qilish, individual yondashuv asosida ishlashga tayyorlaydi. Shuningdek, keys-stadi (keys tahlili) metodidan ham keng foydalanish mumkin. Unda talabalarga ijtimoiy muammoga oid holat (keys) taqdim etiladi va ular holatni o‘rganib
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi jarayonida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi jarayonida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy kompetensiya, kommunikativ ko‘nikma, pedagogik texnologiya., bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy tayyorgarlik, interaktiv yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, metodlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026