К содержанию
РецензированоUZ2025

QOG’ANOQ PARDANING MUDDATIDAN OLDIN YORILISHIDA HOMILADORLIK,TUG’RUQ VA NEONATAL NATIJALARNING BASHORATLASH MEZONLARI

IskandarovaZebo Ro’zimboy qizi · QOG’ANOQ PARDANING MUDDATIDAN OLDINYORILISHIDA · TUG’RUQ VANEONATAL NATIJALARNING BASHORATLASH

ИКРО журнал · 15 · 19-23 · 2025

Аннотация

Homiladorlik davrida uchrovchi holatlar orasida qog’anoq pardalarning muddatidan oldin yorilishi akusherlika maliyotida e’tiborga molik holatlardan biri hisoblanadi. Ushbu holatning rivojlanishiga juda ko’p omillar sabab bo’ladi. Shuningdek, ona va bola tomonidan yuzaga keladigan asoratlar ham ushbu holatga shifokorlar tomonidan alohida yondashuvni talab qiladi. Kalit so’zlar: homiladorlik, muddatidan oldingi tug’ruqlar, qog’anoq pardalarning muddatidan oldin yorilishi Aktualligi Homiladorlik bachadon , homila va homilaoldi suvlari hajmining oshishi bilan xarakterlanuvchi holat hisoblanadi .Rivojlanayotgan homila homila qavatlari (amnion va xorion)ni o’z ichiga oluvchi homila oldi suvlari bilan o’ralgan bo’lib,yo’ldosh va detsidual qavat orqali ona organizmi bilan aloqa qiladi .Ushbu gomeostazning unikal holati homila organizmining fiziologik yetilishi va ona organizmining tug’ruqqa tayyor bo’lgunligicha davom etadi . Tug’ruq faoliyatining boshlanishi bir qancha mexanizmlarning birikmasi ya’ni bachadon bo’ynining yetilishi, qog’anoq pardaning yupqalashuvi va bachadon kontraksiyasidan iborat. Odatda , bachadon bo’ynining ochilishi bilan kechuvchi bachadon qisqarishlaridan birining cho’qqisida qog’anoq pardalarining yorilishi kuzatiladi.Ammo ba’zi omillar sababli qoga’noq pardalarning yumshashi ularning tug’ruq dardlari boshlanishidan avval butunligi buzilishiga olib keladi.[1] Akusherlik asoratlari chastotasi butun dunyo bo’yicha yuqori o’rinlarda turishni davom etmoqda. Qog’anoq pardalarning muddatidan oldin yorilishi –zamonaviy akusherlikning muhim muammolaridan biri hisoblanib,tug’ruq faoliyati boshlanishidan avval homila pardasining yorilishi bilan ifodalanadi.Statistik ma’lumotlarga ko’ra , qog’anoq pardalarining muddatidan avval yorilishi chastotasi so’nggi yillarda 1.5-2 barobarga oshgan. Ushbu holat barcha homiladorliklarning 2-20% initashkil qiladi.[8] Muammoning dolzarbligi onalar va bolalar kasallanishi va o’limi miqdorining oshishi sur’ati bilan ham bog’liq. Onalar hayoti uchun yuzaga keluvchi xavflar septik asoratlarning rivojlanishi bilan , neonatal o’limning sabablari esa yetilmaganlik , homilaichi infisirlanishi ,o’pka gipoplaziyasi ,tug’ruq travmalari va qorincha ichi qon quyilishi ko’rinishida bosh miyaning gipoksik zararlanishi bilan ifodalanadi .Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda , QPMOYo bilan bog’liq neonatal o’limning asosiy uch sabablari mavjud : yetilmaganlik , sepsis va o’pka gipoplaziyasi ,ona uchun xavf esaxorionamnionit bilan bog’liqdir.[13,14] Qog’anoq pardalarining muddatidan oldin yorilishi normal fiziologik homiladorlikning asoratlanishi hisoblanib ,ushbu holatning etiopatogenezini to’la yoritish uchun avvalo homila pardalarining fiziologik tuzilishihaqida bilibolishimiz zarur. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Amniotik suyuqlik va xorion orasida yotuvchi avaskulyar amnion besh qavatdan iborat : amniotik epiteliy , bazal membrana ,kompakt qavat ,fibroblastlar va bulutsimon qavat. [ 3] Xorion esa o’z navbatida retikulyar qavat va bazal membranadan iborat . Amnionning mustahkamligini kompakt qavat ta’minlaydi,ushbu qavat I va III tip kollagenlarga boy bo’lib ,tarkibida V,VI va VII kollagenlarni kamroq miqdorda saqlaydi.[4] Ammo,aynan V,VI va VII tip kollagenlar membrananing mustahkamligi uchun muhim hisoblanib ,hujayra ichi tayanch komponentlarining asosiy qismi hisoblanadi.[4] Qayd qilib o’tish lozimki, homila pardasining unikal tarkibi yuqorida sanab o’tilgan tarkibiy qismlar bilan , balki elastin , mikrofibrin va fibronektinlar mavjudligi bilan ham bog’liqdir.[1] Tadqiqotlarga ko’ra , amnion va xorion orasidagi suyuqlik hajmining kamayishi membranalar qo’zg’aluvchanligiga olib keladi ,ushbu holat esa qog’anoq pardalarining muddatidan oldin yorilish xavfini oshiradi.[5 ] Homiladorlikning yetilgan muddatlarida, hujayralararo bo’shliq kollagenlari va boshqa komponentlarining remodellanishi va apoptoz jarayonining faollashishi tufayli bachadonning pastki segmentidagi bachadon bo’yniga birikkan homila pardalarida nozik ,yupqalashgan soha paydo bo’ladi. Ushbu sohaning mavjudligi fiziologik tug’ruqning o’z vaqtida boshlanishidamuhimrol o’ynaydi . Homiladorlikning yetilmagan muddatlarida ham qog’anoq pardalari ushbu yupqalashgan sohani o’zida saqlaydi ,ammo normada ushbu zona homiladorlik davom etishi uchun o’z mustahkamligini yetarlicha ta’minlay oladi. [5;6] Istalgan etiologiyali patologik yallig’lanish jarayonining rivojlanishi esa qog’anoq pardalarining butunligiga javob beruvchi hujayralarning massiv o’limiga olib keluvchi mediatorlar sintezi rivojlanishiga turtki omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.[7] Homila pardalarining murakkab struktur tarkibi va rivojlanish mexanizmlari hamda ularning yorilishidan avval membranalar remodellanuvining uzoq muddatli jarayonlari shuni ko’rsatadiki ,muddatidan oldingi homila pardalarining yupqalashuvi va butunlig

Доказательный фрагмент

«Homiladorlik davrida uchrovchi holatlar orasida qog’anoq pardalarning muddatidan oldin yorilishi akusherlika maliyotida e’tiborga molik holatlardan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Homiladorlik davrida uchrovchi holatlar orasida qog’anoq pardalarning muddatidan oldin yorilishi akusherlika maliyotida e’tiborga molik holatlardan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qog’anoq pardalarning muddatidan oldin yorilishi, muddatidan oldingi tug’ruqlar, homiladorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники