Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LOGOPED KASBINING MOHIYATI, MALAKASI VA SHAXSIY FAZILATLARI
LOGOPEDKASBINING MOHIYATI · MALAKASI VASHAXSIYFAZILATLARI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada logoped kasbining zamonaviy talablari, kasbiy va axloqiy fazilatlari, malakaviy ko‘nikmalari va jamiyatdagi roli tahlil etilgan. Logoped nafaqat nutq buzilishlarini aniqlovchi va tuzatuvchi mutaxassis, balki bolaning psixik, ijtimoiy va axloqiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi pedagog-psixolog sifatida talqin etiladi. Matnda logopedning umumiy nazariy, maxsus ixtisosli bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, deontologik yondashuvi va kasbiy madaniyati chuqur yoritilgan. Kalit so’z: logoped, nutq buzilishi, kasbiy malaka, deontologiya, pedagogik etika, pedagogik muomala, psixologik yondashuv, nutqiy rivojlanish, maxsus ta’lim, insonparvarlik, diagnostika, individual yondashuv, ota-ona bilan hamkorlik, innovatsion texnologiyalar, logopedik metodika. Logopedning asosiy malakalari — o‘quv-bilish, o‘quv-tashkiliy va o‘quv-pedagogik faoliyat doirasida shakllanadi. Shuningdek, u doimiy izlanishda bo‘lishi, ilg‘or tajribalarni o‘rganib, individual yondashuv asosida har bir bolaning nutqiy muammolariga yechim topishi kerak. U pedagogik deontologiya me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda, bolaning oilasi, pedagoglar va tibbiyot xodimlari bilan yaqin hamkorlikdaishlaydi. Logoped nafaqat og‘zaki nutqi, balki xulq-atvori va muomalasi bilan ham jamiyatda ijobiy namuna bo‘lishi lozim. Shu sababli, bu kasb bilim, sabr, insonparvarlik, madaniyat va yuksak professionalizm uyg‘unligini talab etadi. Logoped umumnazariy va maxsus ixtisosli bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi kerak. Bu bilimlarning majmuyi va kengligi unda nuqsonli rivojlanishning tipologiyasi va tarkibi, nutqiy nomukammallikning oldini olish va uni bartaraf etish usullari haqidagi, ruhiy-pedagogik ta'sir etish metodlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Logoped nutq buzilishlarini payqab olishi, ularni tuzatish va bartaraf etish usul hamda metodlarini egallagan bo‘lishi, bunday nuqsonlarning oldini olishga doir profilaktik ishlarni yo‘lga qo‘yishi, nutqi zaiflashgan bolalarni maktabgacha tarbiya yoshida ham, maktab yoshida ham ona tili bo'yicha o'qitishning maxsus metodlarini qo'llay olishi, g‘ayritabiiy nutqli bolalarning muhim psixik xususiyatlarini bilishi, ularni tarbiyalash usul hamda metodlarini egallagan bo‘lishi, ulardagi oliy miya qobig‘i faoliyatini tuzatish va rivojlantirish uslublaridan qo‘llay olishi kerak. Logopedning ixtisosi bo'yicha chuqur bilimga egaligi dasturlarni, maktab darsliklarini, logopediya bo'yicha qo‘llanmalarni bilishni o‘z ichiga oladi. Bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ularning buzilgan nutqlari yuzasidan olib boriladigan ishlarning samanadorligiga erishish uchun logopedning shaxsibirinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Uquyidagi asosiy sifatlarni o‘zidanamoyon etadi: - kasbiga qiziqishlik; - bolalarni sevish, o'zigava atrofdagilarga talabchanlik; - pedagogik ijodiyxayol va kuzatuvchanlik; - samimiylik, kamtarlik, mas'uliyatlilik, so‘zdava amaldaqat’iylik hamda izchillik. Logoped nafaqat nutq buzilishlarini tuzatuvchi mutaxassis, balki bolaning psixik va ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi murabbiy hisoblanadi. Uning vazifasi og‘zaki va yozma nutqdagi nomukammalliklarni aniqlash, chuqur tahlil qilish, zarur hollarda boshqa www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 mutaxassislar (psixolog, defektolog, nevropatolog) bilan hamkorlikda kompleks yondashuv asosida tuzatish choralarini belgilashdir. Zamonaviy logopedquyidagilargaham tayyor bo‘lishi kerak: Innovatsion texnologiyalar (audio-vizual vositalar, logopedik ilovalar) dan foydalanish; Har birbolaga mos individual ta’lim strategiyasini ishlab chiqish; Nutq buzilishi sabablarini biologik, psixologik vaijtimoiy omillarorqali aniqlay olish; Oilaviy muhitva tarbiyaning bolaning nutqiga ta’sirinibaholay olish. Shuningdek, logopedlar uchun etika va emosiya boshqaruvi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki nutqida muammo bor bola ko‘pincha o‘zini past baholaydi, muloqotdan qochadi. Logoped esa nafaqat so‘z, balki ishonch, mehr, sabr bilan bolaga yaqinlashib, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklaydi. Shunday ekan, logoped bu – mutaxassislik va insoniy fazilatlar uyg‘unligini talab qiladigan, dolzarb va ijtimoiyjihatdan ahamiyatli kasbdir. Logoped ilg'or tajribalarni umumlashtirib bolalarning nutqini tuzatishning eng yaxshi vositalari bo‘yicha izlanish olib borishi kerak. U egallab olishi lozim bo‘lgan malakalar keng va turlichadir: o‘quv -bilish (adabiyotlar bilan ishlash, bolani kuzatish, pedagogik jarayonni modellashtirish, tuzatish-tarbiyalash orqali ta'sir etishning samarali yo’llarini tanlash va boshqalar): - o‘quv-tashkiliy (muqobil va kalendar rejalashtirish, yakka tartibda va guruhli mashg'ulotlar o'tish, jihozlarni yaratish, keng qamrovli ta'sir etishni ta'minlash hamda bu qamrovda ishtirok etish vaboshqalar); - o‘quv-pedagogik (har birvoqeani tahlil qilish, tuzatishning aynan bir xil vositalarini tanlash v
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada logoped kasbining zamonaviy talablari, kasbiy va axloqiy fazilatlari, malakaviy ko‘nikmalari va jamiyatdagi roli tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada logoped kasbining zamonaviy talablari, kasbiy va axloqiy fazilatlari, malakaviy ko‘nikmalari va jamiyatdagi roli tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deontologiya, pedagogik etika, diagnostika, ota-ona bilan hamkorlik, nutqiy rivojlanish, logoped, logopedik metodika., nutq buzilishi, pedagogik muomala, maxsus ta’lim, individual yondashuv, innovatsion texnologiyalar, insonparvarlik, kasbiy malaka, psixologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025