К содержанию
РецензированоUZ2025

TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO‘NALISHI TALABALARINING NAZARIY VA AMALIY BILIMLARI BOG‘LIQLIGINI TA’MINLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (CHIZMA GEOMETRIYA FANI MISOLIDA)

Jumayev Isroil Omandovlato‘g‘li · TASVIRIYSAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO‘NALISHI · TALABALARINING NAZARIYVA AMALIYBILIMLARI BOG‘LIQLIGINI · TA’MINLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH · (CHIZMA GEOMETRIYA FANI MISOLIDA)

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Maqolamda Chizma geometriya fanini o‘qitish bo‘yicha talabalarga nazariy bilimlar orqali amaliy masalalar grafik chizma masalalarni yechishni hozirgi kunda muqobil (ya’ni an’anaviydan farqli) yondashuvlardan biri - kompleks yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Unda chizma geometriya masalalarini bir yechimda emas har xil usullari, ya’ni chizmaga bir tomonlamaemas bir nechtayechimlar bilan o‘zarobog‘liqlikda ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Nuqta,kompleks,nazariy, amaliy,xususiy,umumiy, metodika, fazoviy,tafakkur. Chizma geometriya fanini o‘qitish bo‘yicha talabalarga hozirgi kunda muqobil (ya’ni an’anaviydan farqli) yondashuvlardan biri - kompleks yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Bu yondashuv chizma geometriya fanini 1-kursga kelgan talabalarga, 2 semestir davomida nazariy bilimlar orqali amaliy masalalar va geometrik-grafik (ya’ni chizma) masalalarni yechishni birgalikda o‘rganishga asoslanadi. Unda chizma geometriya masalalarini bir yechimda emas har xil usullari, ya’ni chizmaga bir tomonlama emas bir nechta yechimlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur maqolada real misollar asosida chizma geometriyada pozitsion va metrik masalalarni yechish xususiyatlarini ochib beradi, ularning yechish algoritmlari, metodik tavsiyalarini ko‘rsatadi. Shuningdek, chizma geometriya fanida nazariy va amaliy bilimlar asosida talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Bu esa, ayniqsa, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida tahsil olayotgan pedagog kadrlarini tayyorlashda muhim hisoblanadi. Taqdim etilgan metodika kelgusidagi chizma geometriya fani va grafik fanlarni o‘zlashtirish uchun nazariy va amaliy asos yaratadi, asosiy tushunchalarni tanlab olish va saqlab qolish imkoniniberadi, ularni o‘zaro bog‘liqlikdako‘rsatadi. Bu esa o‘znavbatida o‘quvvaqtini tejashga yordam beradi. Chizma geometriya grafik tilni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega – bu til hozirgi hunda butun dunyo xalqlariga xos umumiy til bo‘lib, u orqali insonlar bir-birlarini yaxshi tushunadi. Ushbu til san’at, muhandislik, texnika va arxitektura sohalarida faoliyat yurituvchi ijodkorlar uchun zarur bo‘lib, chizma geometriyadagi grafikasiz ishlashning iloji yo‘q. Grafik tilning mazmunini chizma geometriya fani tashkil etadi, u esa konstruktiv geometriyaning keng bo‘limidir. Har qanday fan kabi, chizma geometriyaning ham o‘z predmeti va usuli mavjud. Agar uning predmeti boshqa fanlar bilan bir muncha umumiy bo‘lishi mumkin bo‘lsa (atrof- muhitdagi obyekt va jarayonlarni tasvirlash), uning usuli noyobdir. Bu usul turli o‘lcham va www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 tuzilishga ega bo‘lgan fazoviy obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro joylashuvni konstruktiv aniqlashdan iborat bo‘lib, bu geometrik chizmalar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Shu sababli, chizma geometriya fanini texnik va san’atga oid barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qitilishi zarurbo‘ladi. Mazkur maqolaning maqsadi – “Chizma geometriya” fanining nazariy mazmuni va tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish zaruratini asoslab berish hamda pozitsion va metrik masalalarni yechishda kompleks yondashuvni qo‘llash bo‘yichametodik tavsiyalarni ochib berishdir. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qituvchisini tayyorlashda chizma geometriyaning ahamiyati beqiyosdir. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishdagi bitiruvchi talabalarining ijodiy hamda pedagogik faoliyatida geometrik-grafik bilimlar zarur bo‘lib, ular orqali inson atrofdagi olamni to‘g‘ri tushunadi, unda yo‘nalish topadi, uni modellashtiradi va tasvirlay oladi. Realistik tasviriy san’atni ilmiy asoslash chizma geometriya, chizmachilik, perspektiva, soya nazariyasi kabi grafik tasvir qonunlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chizma geometriya tasvirlarini qurish usullari – bu ko‘p elementli va algoritmik xususiyatlarga ega bo‘lib, ular san’at asarlari, kompleks chizmalarva texnik tasvirlarda qo‘llaniladi. Realistik badiiy rasm inson his-tuyg‘ulariga ta’sir qiladi, estetik idrokni shakllantiradi va atrofdagi obyektlarning badiiy-obrazlixususiyatlarini aks ettiradi. Chizma esa shartlilik va sxematiklik bilan birga ma’lum grafik, matematik va texnik tushunchalarni, ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan amaliy harakatlarni bildiruvchi belgili axborotni ham uzatadi. Texnik rasmning asosiy maqsadi – u asosida buyumni tayyorlash bo‘lib, unda buyumning konstruksiyasi va shaklini aniq ko‘rsatish zarur. U texnik fikrning grafik ifodasi sifatida obyektning konstruktivmohiyati vamoddiyxususiyatlarini aks ettiradi. Turli grafik tasvirlarni qurish qonunlarini bilgan holda, geometrik shakllarning proporsiyasi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash orqali predmetning hajmli-fazoviy obrazini yaratish va uni grafik jihatdan to‘g‘ri tasvirlash, hamda tuzilish qonunlariga zid bo‘lgan holatlarni ham ko‘rsatish mumkin. Bu qonunlarni o‘r

Доказательный фрагмент

«Maqolamda Chizma geometriya fanini o‘qitish bo‘yicha talabalarga nazariy bilimlar orqali amaliy masalalar grafik chizma masalalarni yechishni hozirgi kunda muqobil (ya’ni an’anaviydan farqli) yondashuvlardan biri - ko…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolamda Chizma geometriya fanini o‘qitish bo‘yicha talabalarga nazariy bilimlar orqali amaliy masalalar grafik chizma masalalarni yechishni hozirgi kunda muqobil (ya’ni an’anaviydan farqli) yondashuvlardan biri - ko… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompleks, xususiy, nazariy, metodika, fazoviy, amaliy, Nuqta, tafakkur., umumiy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники