К содержанию
РецензированоUZ2025

CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA ONLAYN KURS PLATFORMALARINING O‘RNI

Hayitov JavohirMaxtumquloʻgʻli · CHIZMACHILIKFANINI O‘QITISHDAONLAYNKURS PLATFORMALARINING

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Maqolada Oliy ta’limda chizmachilik fanini raqamli texnologiyalari vositasida o‘qitishni qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Jumladan, ta’lim samaradorligini oshirishda vositasi sifatidaraqamlitexnologiyalar imkoniyatlari tavsiflanadi. Kalit so'zlar: Raqamli, Innovatsion, kompyuter texnologiyalari, kompyuter grafikasi dasturlari, raqamlashtirish bilimlarni tizimlashtirish. Zamon talablariga javob beradigan, pedagogika va texnologiya sohalarining integratsiyasi orqali ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish. Jahonda globallashuv va integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda bo‘lajak texnologik va chizmachilik ta’limi o‘qituvchisining axborot-kommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirish orqali kasbiy grafik kompetentligini takomillashtirishga ehtiyoj kuchaymoqda. Raqamli texnologiyalar asosida o‘qitishning yangi usullari bo‘lib, u an’anaviy ta’limdan ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda olib borilishi bilan farqlanadi. Bu ta’lim tizimi yangi shakl, metod va vositalardan foydalangan holda tashkil etilib, pedagog va talabalar o‘rtasida hamda talabalar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning o‘ziga xos usullarini nazarda tutadi. Shuningdek, masofaviy ta’lim turli shakllarga ega bo‘lib, ijtimoiy talab asosida shakllangan maqsad va ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga muvofiq tashkiliy shakllar hamda maxsus o‘qitish vositalaridan foydalanishni o‘zichiga oladi. Zamonaviy ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar ta’sirida tubdan o‘zgarib bormoqda. Xususan, an’anaviy dars shakllarining o‘rnini bosuvchi onlayn kurs platformalari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Muhandislik sohasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan chizmachilik fani ham bu o‘zgarishlardan chetda qolayotgani yo‘q. Ushbu maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda onlayn kurs platformalarining o‘rni, afzalliklari va ularni samarali qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Chizmachilik — bu muhandislikda fikrlashni, fazoviy tasavvurni, texnik loyihalashni va grafik savodxonlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi fan. Mazkur fan orqali o‘quvchilar chizmalar tuzish, ularni o‘qish va grafik axborotni to‘g‘ri talqin qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Muhandislik, arxitektura, qurilish, texnologiya kabi ko‘plab yo‘nalishlarda chizmachilik fundamental tayanch fan hisoblanadi. Shu bois, uni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar vainnovatsion vositalardan foydalanish muhim hisoblanadi. Onlayn kurs platformalari — bu internet orqali masofaviy ta’lim olishga imkon beruvchi raqamli muhitdir. Ular orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro interaktiv aloqa yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda Moodle, Google Classroom, Coursera, Udemy, Khan Academy, EdX kabi mashhur platformalar mavjud bo‘lib,ulardan har biri o‘ziga xos funksional imkoniyatlarga ega. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, muhandislik sohasida grafik kompetensiyalar, chizmachilik ko‘nikmalari va zamonaviy loyihalash dasturlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib, “Innovatsion muhandislik grafikasi” onlayn kurs platformasi ishlab chiqildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. Mazkur platforma muhandislik grafikasi, chizmachilik, kompyuter yordamida loyihalash (CAD) fanlarini masofaviy, mustaqil va interaktiv shaklda o‘rganish imkonini beradi. Platformaning asosiy maqsadi — talabalar va o‘qituvchilar uchun qulay, funksional vasamarali o‘quvmuhitini yaratishdir. (1- rasmga qarang): 1.rasm. Onlayn kurs platformasi ishchi oynasi Bundan tashqari, mualliflik asosida yaratilayotgan milliy platformalar (masalan, Tilda, WordPress, LMS tizimlar asosidagi kurslar) orqali ham chizmachilik fanini o‘qitishga yo‘naltirilgan maxsus onlayn kurslaryaratish mumkin. Onlayn platformalar o‘quvchilarga o‘z vaqtida, o‘z tezligida, mustaqil ravishda ta’lim olish imkonini beradi. Bu ayniqsa, chizmachilikda grafik topshiriqlarni takroran bajarish va murakkab chizmalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishdamuhimdir. Chizmachilikni o‘rgatishda grafik vizualizatsiya juda muhim. Onlayn kurslarda animatsiyalar, video darslar, 3D modellar, bosqichma-bosqich grafik ko‘rsatmalar orqali murakkab mavzularni tushuntirishancha osonlashadi. AutoCAD, SolidWorks, SketchUp, Fusion 360 kabi dasturlarni onlayn platformalar bilan bog‘lab, o‘quvchilarga bevosita real muhitda ishlash imkoniyati yaratish mumkin. Bu esa ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Testlar, topshiriqlar, avtomatik baholash tizimlari orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi doimiy nazorat qilinadi. Bu chizmachilikdagi aniqlik vato‘g‘rilik talablariga javob beruvchi yondashuvdir. Chizmachilik bo‘yicha onlayn ta’lim kursini ishlab chiqishda quyidagi komponentlarga e’tibor qaratish lozim:  Kiruvchi bo‘limlar:fan haqida um

Доказательный фрагмент

«Maqolada Oliy ta’limda chizmachilik fanini raqamli texnologiyalari vositasida o‘qitishni qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Oliy ta’limda chizmachilik fanini raqamli texnologiyalari vositasida o‘qitishni qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Raqamli, Innovatsion, kompyuter texnologiyalari, kompyuter grafikasi dasturlari, raqamlashtirish bilimlarni tizimlashtirish.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники