Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RANGTASVIRNING TASVIRIY SAN’ATDAGI O‘RNI VA TA’LIMIY AHAMIYATI
EsanovaHulkar Abdurayimqizi · RANGTASVIRNING TASVIRIYSAN’ATDAGI O‘RNI VA TA’LIMIYAHAMIYATI (Gulistondavlat pedagogika institutitalabasi)
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada rang va uning inson hayotidagi estetik-ta’sirchan xususiyatlari, tasviriy san’atdagi o‘rni, rangtasvir fanining didaktik imkoniyatlari, uning texnik asoslari hamda o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Rangtasvir mashg‘ulotlarining o‘quvchilarda badiiy tafakkur, tasavvur, estetik didvaijodiyko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli ilmiyasosda yoritiladi. Kalit so‘zlar: rangtasvir, badiiy obraz, kolorit, xromatik ranglar, yorug‘-soya, rang dog‘i, emotsional ifoda, kompozitsiya, nazariya vaamaliyot. Rang inson hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan estetik hodisadir. U inson ruhiyatiga, kayfiyatiga bevosita ta’sir o‘tkaza oladi. Shu boisdan ham biz ayrim ranglarni “quvonchli”, ba’zilarini esa “xira” deb ataymiz. Ranglar orqali ruhiy holat, hissiyot, kayfiyat va hatto ijtimoiy ahvolni ham ifodalash mumkin. Rassomlar qadim zamonlardan beri ranglarning aynan mana shu ta’sirkuchidan san’atdamohirlik bilan foydalanib kelganlar. Tasviriy san’atda rangtasvir eng muhim ifoda vositalaridan biridir. Rassom asar orqali nafaqat shakl va tasvir yaratadi, balki rang vositasida inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi badiiy obrazni ham ifodalaydi. Rangtasvir orqali obrazga nafislik, chuqurlik, ichki holat beriladi. Shuning uchun tasviriy san’atning barcha janrlarida – portret, manzara, natyurmort, botal, tarixiy, animal, maishiy tasvirdarang muhim ahamiyat kasb etadi. Rangtasvirni o‘rganish nafaqat amaliy ko‘nikmalarni, balki rang nazariyasini, kompozitsiya qonuniyatlarini, yorug‘-soya, tus, kolorit, gammani o‘zlashtirishni ham talab etadi. Akvarel, guash, tempera, moybo‘yoq kabi ranglar bilan ishlash, ularning texnikasi, mato va gruntlar xususiyatlari, suyuqlik bilan ishlash uslublari – bular barchasi tasviriy faoliyatning ajralmas qismlaridir. Rangtasvir darslarida Leonardo da Vinchining: “Amaliyotsiz nazariya, eshkaksiz qayiqdir” degan fikri juda dolzarb. Rangtasvirda nazariya bilan amaliyot uyg‘un holda olib borilganda, sifatli badiiy natijaga erishish mumkin. Rus san’atshunosi D.N.Kardovskiy ham tasviriy san’atni o‘rganayotgan shaxslar uchun shakl, nisbat, yorug‘lik, harakat va xususiyatlarni nazariy va amaliy ravishda puxtaegallash zarurligini ta’kidlaydi. Ta’lim jarayonida rangtasvir mashg‘ulotlarining vazifasi – o‘quvchining rangni idrok etish, badiiy tafakkurini rivojlantirish, tasviriy vositalar orqali obrazli fikrlashini shakllantirishdan iborat. Darslar davomida o‘quvchilarga ranglarning psixologik va estetik ta’siri, rang uyg‘unligi, kolorit yaratish, motiv tanlash, kompozitsiyaviy ritmvarang dog‘iustidaishlash o‘rgatiladi. Rangtasvir san’atining nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘zlashtirish uchun o‘quvchi yoki talaba bir nechta muhim yo‘nalishlardagi bilimlarga ega bo‘lishi zarur. Bular ranglarning fizik va estetik xossalaridan tortib, texnik va texnologik jihatlarigacha bo‘lgan bilimlarni qamrab oladi. Xususan, quyidagi bilim sohasi asosiy o‘rinda turadi: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Rang nazariyasi – ranglarning paydo bo‘lishi, ularning o‘zaro ta’siri va turli kombinatsiyalarda paydo qiladigan psixologik hamda vizual effektlari haqida bilimlarni o‘z ichiga oladi. Shu jumladan, xromatik va axromatik ranglar farqlanishi, ularning san’atda qanday vazifani bajarishi alohida e’tiborga loyiqdir. Kolorit, gamma, umumiy tus va rang dog‘i – bular ranglarning uyg‘unligi va butun kompozitsiyadagi badiiy yakdillikni ta’minlashda muhim vositalar sanaladi. Rang gamma kompozitsiyada hissiy kayfiyat yaratishga xizmat qilsa, umumiy tus esa ranglar o‘rtasidagi uyg‘unlikni belgilaydi. Rang dog‘i esa shakllarning umumiy ko‘rinishida muvozanatli va ifodali yondashuvni ta’minlaydi. Yorug‘lik-soya munosabatlari, reflekslar – obyektlarning hajmini tasvirlashda yorug‘lik va soya asosiy rol o‘ynaydi. Reflekslar esa rang muhitidagi aks va qaytish xossalarini ifodalaydi. Bu elementlar rasmga hajm, chuqurlik varealizmbaxsh etadi. Rang bo‘yoqlari, texnologiyasi va texnikasi – rangtasvirda qo‘llaniladigan materiallar: akvarel, tempera, guash, moybo‘yoq, ularning suyultirgichlari, asosiy yuzalar (karton, tuval, gruntlangan mato)hamda ulardan foydalanish texnologiyasi alohida o‘rganiladi. Kompozitsiya asoslari va tasviriy yaxlitlik – har qanday badiiy asar uchun muhim bo‘lgan elementlardan biri bu – shakl va mazmunning uyg‘unligi, obyektlarning kompozitsiyaviy joylashuvi, markaziy obyekt va ikkilamchi elementlar o‘rtasidagi muvozanatdir. Rassom badiiy asarning tuzilmasininazorat qilishiva uni tomoshabinga ifodaviy tarzdataqdim etishi lozim. Rangtasvirda emotsional ifoda va badiiy obraz – rang vositasida ruhiy holat, kayfiyat, g‘oya va estetik hissiyotlar berilishi, badiiy obrazlar yaratishning eng nozik, ammo kuchli vositasi sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, rangtasvir fanini o‘zlashtirayotgan o‘quvchi yoki talaba quyidagi asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishizarur: Rangni idrok qilish va hissiy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada rang va uning inson hayotidagi estetik-ta’sirchan xususiyatlari, tasviriy san’atdagi o‘rni, rangtasvir fanining didaktik imkoniyatlari, uning texnik asoslari hamda o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada rang va uning inson hayotidagi estetik-ta’sirchan xususiyatlari, tasviriy san’atdagi o‘rni, rangtasvir fanining didaktik imkoniyatlari, uning texnik asoslari hamda o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotsional ifoda, yorug‘-soya, kolorit, badiiy obraz, xromatik ranglar, rang dog‘i, rangtasvir, kompozitsiya, nazariya va amaliyot.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025