К содержанию
РецензированоUZ2025

RANGSHUNOSLIK: NAZARIY ASOSLARI, TARIXIY TARAQQIYOTI VA ESTETIK-TARBIYAVIY AHAMIYATI

Xatamjonov Islombek Xusnidino‘g‘li · RANGSHUNOSLIK:NAZARIY ASOSLARI (Gulistondavlat pedagogika institutitalabasi) · TARIXIYTARAQQIYOTI VAESTETIK- (Gulistondavlat pedagogika institutitalabasi)

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada rangshunoslik fanining tabiiy-ilmiy asoslari, uning inson psixologiyasi va estetik idroki bilan bog‘liqligi, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda badiiy ta’limdagi o‘rni tahlil qilinadi. Nyuton, Lomonosov, Gyote kabi yevropalik olimlarning, shuningdek, Beruniy, Ibn Sino singari Sharq allomalarining rang haqidagi qarashlari ilmiy izchillikda bayon etiladi. Ranglarning tasviriy san’atdagi amaliy ahamiyati, ularning inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri hamda ta’lim muassasalarida to‘g‘ri tanlanishi muhim jihat sifatida ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: rangshunoslik, spektr, axromatik, xromatik, estetik idrok, Nyuton, Gyote, Beruniy, bo‘yoq texnologiyasi, badiiy ta’lim,psixologik ta’sir. Dunyo o‘z mohiyatiga ko‘ra cheksiz sir-sinoatlardan iborat bo‘lib, u inson tafakkurini, xususan, rang-barang hodisalar orqali o‘ziga jalb etadi. Ranglar nafaqat estetik zavq manbai, balki ilmiy izlanish va badiiy ifoda vositasi sifatida qadimdan olimlar va san’atkorlar e’tiborida bo‘lgan. Ranglarning tabiatdagi paydo bo‘lishi, idrok qilinishi va san’atda qo‘llanilishi doimo nazariy hamda amaliy izlanishlarga asos bo‘lgan. Ranglar nazariyasi tarixida birinchi jiddiy burilish Isaak Nyutonning prizma orqali yorug‘likni tahlil qilgan ilmiy tajribalari bilan bog‘liq. Nyuton oq yorug‘likning spektral tarkibini aniqlash orqali ranglarning fizikaviy tabiatini asoslab berdi va rangshunoslik fanining poydevorini qo‘ydi. Uning izidan rus olimi M.V.Lomonosov ranglarning fizikaviy xossalarini chuqur o‘rganib, ularni ilmiyasosda tasnifladi. Rangning faqat fizik emas, balki psixologik va estetik jihatlarini ham o‘rgangan mutafakkirlar safida nemis shoiri va san’atshunosi I.V.Gyoteni alohida ta’kidlash joiz. U ranglarning inson ruhiy holatiga ko‘rsatadigan ta’sirini tahlil qilib, ularni ikki guruhga – iliq (sarg‘ish, qizil) va sovuq (ko‘k,yashil)ranglargaajratdi. Sharq mutafakkirlari ham bu sohada salmoqli hissaga ega. Xususan, Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Mineralogiya” asarida 200 dan ortiq tabiiy ranglarning tavsifini keltirib, ularni modda, nur va inson idroki bilan bog‘liq tarzda tahlil qilgan. Ibn Sino esa ranglarni inson sog‘lig‘i va temperamentlariga ta’sirqiluvchi omillarsifatidaham o‘rgangan. Ranglar tasnifi va ularning idrokdagi o‘rni. Zamonaviy rangshunoslikda ranglar ikki asosiy guruhga bo‘linadi: 1. Axromatikranglar –oq,qorava kulrang. Ular yorug‘lik intensivligi asosidafarqlanadi. 2. Xromatik ranglar – qizil, sariq, ko‘k, yashil va ularning turli tuslari. Bu ranglar nafaqat yorqinlik, balki rang tuslari vato‘yinganlikdarajasi bilantavsiflanadi. Har birxromatik rang quyidagi uch asosiy xususiyatga ega: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431  Rang tusi –to‘lqinuzunligi bilan belgilanadi (masalan: qizil –620–750nm).  Yorqinligi –yorug‘likning intensivligi darajasi.  To‘yinganligi –rangning sof yoki xira (aralashgan) holati. Zamonaviy ilm-fan inson ko‘zi 10 milliondan ortiq rang farqlarini ajrata olish qobiliyatiga ega ekanligini isbotlagan. Bu esa ranglar bilan ishlashni nafaqat estetik, balki nevrofiziologik va pedagogik jihatdan ham dolzarb masalaga aylantiradi. Uch asosiy rang – qizil, ko‘k va sariqning turli nisbatlarda uyg‘unlashuvi natijasida cheksiz miqdordagi ikkilamchi va murakkab ranglar hosil bo‘ladi. Aynan shu uch asosiy rang bilan bog‘liq retseptorlarning buzilishi natijasida daltonizm–rangli ko‘rlikholatlari yuzaga keladi. Ranglar inson psixikasiga ta’sir etuvchi eng kuchli vizual omillardan biridir. Rangshunoslik fanida ranglarning psixologik va emotsional ta’siri chuqur o‘rganilgan bo‘lib, bu yo‘nalish ayniqsa Gyotening “Ranglar haqidagi ta’limot” asarida alohida e’tibor qozongan. Uning fikriga ko‘ra, ranglar inson ruhiyatiga har xil ta’sir ko‘rsatadi: masalan, iliq ranglar (qizil, sariq, zarg‘aldoq) faoliyat, energiya va quvnoqlik hissini uyg‘otsa, sovuq ranglar (ko‘k, yashil, binafsha) esa tinchlik,sokinlik, ichkitafakkur vasalbiy emotsiyalarni bostirish bilan bog‘liqdir. Bu psixologik xususiyatlar amaliy hayotda keng qo‘llaniladi. Misollar:  Maktabgacha ta’lim muassasalarida interyer va o‘yinchoqlar uchun yorqin, kontrastli ranglar tanlanadi. Bunday ranglar bolalarning diqqatini tortadi, ularni faoliyatga undaydi va quvonchli muhityaratadi.  Maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida esa, odatda, pastel (yengil) tusdagi sarg‘ish- yashil yoki och ko‘k ranglar afzal ko‘riladi. Bu ranglar o‘quvchilarning ko‘zini charchatmaydi, ruhiy tinchlikni saqlashga yordam beradi vadars jarayonining samaradorliginioshiradi.  Tibbiyotda, xususan Yaponiyada xromoterapiya – ranglar bilan davolash usuli amaliyotga tatbiq qilingan. Bu metodda har bir rang ma’lum a’zolar faoliyatiga yoki psixologik holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asosida tanlanadi. Masalan, yashil rang asab tizimini tinchlantiruvchi, ko‘k rang qon bosimini pasaytiruvchi, qizil esa faollik va energiya beruvchi ra

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada rangshunoslik fanining tabiiy-ilmiy asoslari, uning inson psixologiyasi va estetik idroki bilan bog‘liqligi, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda badiiy ta’limdagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada rangshunoslik fanining tabiiy-ilmiy asoslari, uning inson psixologiyasi va estetik idroki bilan bog‘liqligi, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda badiiy ta’limdagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Gyote, rangshunoslik, psixologik ta’sir., spektr, Beruniy, bo‘yoq texnologiyasi, axromatik, badiiy ta’lim, Nyuton, estetik idrok, xromatik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники