Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA ASRIMIZDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING FAOLIYAT SAMARADORLIGINI UZLUKSIZ OSHIRISH USULLARI
Olimov TemirHasanovich · Zikrilloyeva Malika Olimovna · ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA ASRIMIZDABOSHLANG'ICH SINF · O'QITUVCHILARINING FAOLIYAT SAMARADORLIGINI UZLUKSIZ OSHIRISH
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
The article examines the pedagogical opportunities and conditions for continuous professional development of primary school teachers in an innovativeeducational environment. Hozirda innovatsion pedagogika juda muhim masala hisoblanadi. Uning asosiy xarakteristikasi obyektivlik, qat'iyatlilik, izchillikdir. Yagona obyektiv talabbu insonning intellektual rivojlanishi va tarbiyasi haqidagi bilim darajasidir. Bugungi kunda "innovatsiya" atamasi keng qo'llanilmoqda. Innovatsiya so'zi inglizcha "yangi, yangilik kiritish, ichki tuzilishni o'zgartirish", degan ma'noni anglatadi. Innovatsiya nazariya va amaliyotning muhim qismidir, ya'ni obyektning ijtimoiy-madaniy sifatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy omillarning bir qator harakatlaridir. Yangiliklar, shuningdek, yangi fikrlarning shakllanishi tashabbus va innovatsiyalarga asoslangan bo'lib, ta'lim mazmunini yaxshilashga qaratilgan. Umuman olganda, bu o'rganish tuzilishi va tartibini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Demak, innovatsiya bu texnologik jarayonlar yoki muammolarni hal qilishning yangi shakllari va usullaridan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish texnologiyasi yoki ma'lum bir faoliyat sohasi bo'lib, uningyakuniy natijasi muvaffaqiyatlibo'lishi bilan belgilanadi. O'qituvchilar va psixologlar boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun innovatsion va integratsion texnologiyalardan foydalanishni shakllantirish bo'yicha adabiyotlarni tahlil qilish natijasida nazariy jihatdan o'quvchilarni o'quv jarayonida har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjudligini ta'kidlaydilar. Ularning fikricha ta'lim, rivojlanish va shakllanish muammolarini uyg'unlikda, bir butunlikda o'rganish maqsadga muvofiqdir.Yangiliklar, odatda, qator muammolarni keltirib chiqaradi, shu bilan birgalikda mavjudlarini hal qiladi. Bu esa pedagogik jarayonning bosqichma- bosqich yangilanishiga olib keladi. Innovatsiyalarni joriy etish konsepsiyasi,bizning fikrimizcha, innovatsiya, tajribajarayonini hayotga tatbiq etishga qaratilgan nazariyadir. Yangilik bu bir kishi uchun g'oya hisoblanadi, bu g'oyani obyektiv ravishda yangi yoki eski bo'lishi muhim emas, biz uni yangilikning yaratilish vaqti yoki birinchi foydalanish vaqti bilan belgilaymiz. Har bir bo'lajak o'qituvchi, mutaxassisligi va faoliyatidan qat'iy nazar, fundamental bilim, kasbiy mahorat hamda muayyan tajribaga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, bilim, ko'nikma va tajribaga www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 ega bo'lish uchun bo'lajak mutaxassis o'z sohasida, agar ushbu sohaga tegishli muammo yoki savollar tug'ilsa, uni o'z nuqtayi nazari va ijodiy faoliyati asosida hal qilishi, xususan, o'z tadqiqotlari va tajribasini yangi bosqichga ko'tarishi mumkin. Chunki oliy o'quv yurtlarida talabalarning yuqori darajadagi tayyorgarligi va axloqiga talab ham yuqoridir. O'qituvchi ijtimoiy fanlar sohasidagi yangi pedagogik usullarni aniqlay olishi va ulardan samarali foydalanishi kerak. Innovatsion faoliyat o'qituvchidan aqliy, jismoniy kuchni va shu asosda nazariy bilimlarni, psixologik va kommunikativ nutqni, tashkiliy qobiliyatlar kabi xususiyatlarni talab qiladi. Axborot texnologiyalari boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda bilimlarni uzatishni sezilarli darajada tezlashtiradigan, talabalarning ijtimoiy o'zgarishlarga tezroq moslashishini ta'minlaydigan vositadir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni axborot texnologiyalari bilan boyitish nafaqat mavjud o'qitish usullari va texnologiyalarini o'zgartiradi, yaxshilaydi, balki kompyuterlar, planshetlar, dasturiy ta'minot va apparat vositalari, video va telekommunikatsiyalar, maxsus uskunalar, shuningdek, turli xil ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlaridan foydalanish bilan bog'liq yangiliklarini shakllantiradi. Maqsad hamda vazifalarni tanlashda pedagogik integratsiyani amalga oshirishning qonuniyatlari va xususiyatlari g'oyalar birligini ta'minlash, bilimlarni yagona o'qitish metodikasi va vositalari asosida mustahkamlash uchun amalga oshiriladigan integratsiyaning mantiqiymazmuninitalab qiladi. Pedagogika fanida integratsiya tushunchasi muhim ilmiy atama boʻlib, u umumlashtirish, xulosa va uslubiy vositadir, chunki u jarayonlar va hodisalar mazmuni o'rtasida universal uyg'unlik algoritmlarini yaratadi. Ta'lim jarayonida fanlararo bog'liqlik sharoitida talabalar bilimlarining samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning bilim qobiliyatlari, faolligi, qiziqishlari va intellektual salohiyati oshadi. O'quv jarayonida fanlarning integratsiyasi, ya'ni fanlararo aloqa talabalarning bilimlarini, shuningdek ularning bilish qobiliyatlari, faoliyati, qiziqishlari, intellektini samarali rivojlantirishni ta'minlaydi. O'quv darslarida fanlararo muloqot qilish imkoniyati talabalarni faktlarni tahlil qilishga, hodisalar va jarayonlarni o'rganishda sabab-oqibat tabiatini tushunishga, ilgari olingan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo'll
Доказательный фрагмент
«The article examines the pedagogical opportunities and conditions for continuous professional development of primary school teachers in an innovativeeducational environment.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the pedagogical opportunities and conditions for continuous professional development of primary school teachers in an innovativeeducational environment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- quv jarayonida, axborot texnologiyalari, zamonaviy pedagogik, yangi, innovatsiya, yoki, muhim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026