Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ozodboyev Ismoil Odilboyevich · CHIZMACHILIKFANINI O‘QITISHDAPEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN · FOYDALANISH ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Pedagogik texnologiyalar orqali dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fan bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va mustaqil fikrlash faoliyatini kuchaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, interaktiv metodlardan va grafik dasturlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Tajriba asosida olingan natijalar ham keltirilib, pedagogik yondashuvlar orqali chizmachilik darslarini yanada mazmunli tashkil etish usullari tavsiya etilgan. Kalit so‘zlar: chizmachilik, pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar, dars samaradorligi, grafik dasturlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion ta’lim, vizual ta’lim vositalari. Zamonaviy ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish muhim o‘rin egallaydi. Xususan, chizmachilik kabi texnik fanlarni o‘rgatishda o‘quvchilarning tafakkurini shakllantirish, tasavvurini boyitish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar kattaahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalartushunchasivaularning o‘quvjarayonidagi o‘rni Pedagogik texnologiyalar deganda, o‘quv jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish va baholashga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv tushuniladi. Ular yordamida ta’lim jarayoni samaradorligi oshirilib, o‘quvchilarda chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi. Ayniqsa, grafik fanni o‘rgatishda bu usullar ko‘rgazmalilik, vizuallik va interaktivlikni ta’minlaydi. Chizmachilik fanining o‘qitilishida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Bugungi kunda chizmachilik darslarida quyidagi texnologiyalardan keng foydalanilmoqda: Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – grafik dasturlar, interaktiv taqdimotlar, videodarslar; Interaktiv usullar – klasterlar, aqliy hujum, jamoaviy ishlar; Problemali ta’lim – masalalar yechish orqali tahliliy fikrlashni rivojlantirish; Modulli o‘qitish – mavzularni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yordam beradi. Grafik dasturlardan foydalanishning o‘rni. AutoCAD, Compass, SolidWorks kabi grafik dasturlardan foydalanish o‘quvchilarda zamonaviy loyihalash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ular yordamida murakkab chizmalarni aniq va qisqa vaqt ichida bajarish, ularni 3D formatida ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Pedagogik texnologiyalar yordamida dars samaradorligini oshirish usullari Quyidagi metodlar yordamida darslar samaradorligini oshirish mumkin: Darsni loyihalashtirishda interaktiv vositalardan foydalanish; Har bir mavzu yuzasidan elektron resurslar tayyorlash; O‘quvchilarni amaliy mashg‘ulotlarga jalb etish; Refleksiya (o‘z-o‘zinitahlil qilish)metodlarini tatbiq etish www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali tomonlari -chizmachilik fanida pedagogik texnologiyalardan foydalanish quyidagi samarali tomonlarga ega: 1. O‘quvchilarning motivatsiyasi oshadi zamonaviy texnologiyalar orqali chizmachilik darslari yanada qiziqarli va interaktiv bo‘ladi. Bu o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularni o‘qishga undaydi va ularningbilim olishjarayonida faol ishtiroketishlarini ta'minlaydi. 2. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quvchilar o‘z ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlashlari mumkin. Masalan, 3D modellar yaratish, chizmalarni tahlil qilish va dizayn qilish kabi jarayonlarda texnologiyalarni qo‘llash, o‘quvchilarning amaliy bilimlarini chuqurlashtiradi. 3. O‘quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish, onlayn kurslar va virtual muhitda ishlash imkoniyatlari, o‘quvchilarga o‘z vaqtida va erkin ravishda ishlash imkonini beradi. Bu esa, o‘quvchilarning mustaqilfikrlash vaijodiyyondashuvlarini rivojlantiradi. 4. O‘qitishning shaxsiylashtirilishi - pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quv jarayoni shaxsiylashtirilishi mumkin. Har bir o‘quvchi va o‘z qiziqishlariga mos ravishda darslarni o‘zlashtirishiuchun barcha shart-sharoitlarmavjud. Chizmachilik fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki ularning ijodiy va analitik fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, o‘qitish sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini yanada samarali qiladi. O‘qituvchilar pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanib, chizmachilik fanini yanada qiziqarli va interaktiv qilishlari mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy kadrlar tayyorlashda kattaahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlarro‘yxati 1.Rixsiboyev T. «Kompyuter grafikasi»,-T.: «Tafakkur qanoti».2012-y. 2.Ro‘ziyev E.I., Ashirboyev A.O.«Muhandislikgrafikasinio‘qitish 3. Murodov, Sh.K va boshkalar, (
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘quv jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chizmachilik, innovatsion ta’lim, dars samaradorligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, grafik dasturlar, pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar, vizual ta’lim vositalari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024