К содержанию
РецензированоEN2025

ZAMONAVIY KUTUBXONALARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI

Kayipova Shiyrinxan Baxitovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

The article highlights the importance of digital technologies in the activities of modern libraries. The possibilities of providing users with fast and high-quality information using electronic libraries, online catalogs, information with a QR code, multimedia resources, and other innovative services were analyzed. The effectiveness of the digitalization process in information resource centers and the new competencies of librarians will also be discussed. Keywords: library, digital technologies, electronic resources, innovation, information service. Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga, jumladan kutubxonachilik sohasiga ham chuqur kirib bormoqda. An’anaviy kutubxonalar o‘z faoliyatini zamon talablariga moslashtirib, raqamli xizmatlarni joriy etish orqali foydalanuvchilarga qulay va tezkor axborot taqdim etishga intilmoqda. Raqamli texnologiyalar kutubxona xizmatlarini yangicha bosqichga olib chiqmoqda. Jumladan: Elektron kataloglar – foydalanuvchiga kutubxona fondini masofadan turib ko‘rish va izlash imkonini beradi; Elektron katalog (EK) – bu kutubxona fondidagi barcha axborot resurslari (kitob, maqola, risola, audio, video va h.k.) haqidagi ma’lumotlarni raqamli shaklda saqlovchi va boshqaruvchi axborot tizimidir. Asosiy afzalliklari: - Tezkor izlash (muallif, sarlavha, kalit so‘z, mavzu bo‘yicha); -Masofaviy foydalanish imkoniyati (onlayn kataloglar orqali); - Fond yangiliklarini kuzatish qulayligi; Kitob mavjudligini oldindan bilish imkoni; - QR kodlar bilan bog‘lanib ishlashi. 200 Iyun, 2025-Yil Foydalanuvchi uchun: Elektron katalog yordamida foydalanuvchi o‘zi qidirayotgan manbani osongina topadi, uning joylashuvini, mavjudligini va hatto elektron shaklini ham ko‘rishi mumkin. Kutubxonachi uchun: Elektron kataloglar fondni boshqarishni avtomatlashtiradi, hisobotlar tayyorlashda yordamlashadi, xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtiradi Elektron kitoblar va raqamli bazalar – ilmiy va badiiy adabiyotlarni onlayn ko‘rish va yuklab olishni ta’minlaydi. 1.Elektron kitoblar (E-kitoblar) nima? Elektron kitob (e-book) – bu matnli, rasmli yoki multimedia ko‘rinishidagi, kompyuter yoki boshqa raqamli qurilmalarda (telefon, planshet, e-kitob o‘quvchi qurilma – Kindle va boshqalar) o‘qish uchun mo‘ljallangan raqamli nashr. Xususiyatlari: Bosma kitoblarga nisbatan yengil va qulay; Istalgan joyda va vaqtda o‘qish mumkin; Sarlavha, muallif yoki kalit so‘z bo‘yicha izlash imkoniyati mavjud; Belgilash, izoh yozish va audio shaklida tinglash imkoniyatlari bor. Afzalliklari: Kutubxona fondini kengaytirish uchun qulay; Joy va vaqt tejaydi; Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham qulay (masalan, matnni ovozga aylantirish texnologiyasi bilan); Ekologik toza (qog‘oz sarfi yo‘q). 2. Raqamli (elektron) bazalar – bu ilmiy, ta’limiy, badiiy yoki ijtimoiy mavzulardagi ko‘plab kitoblar, maqolalar, dissertatsiyalar, statistik ma’lumotlar, jurnal materiallari va boshqa resurslar jamlangan elektron platformalardir. Mashhur raqamli bazalar misollar: -Google Scholar – ilmiy maqolalar izlash uchun. -ScienceDirect, JSTOR, Springer, Scopus – xalqaro ilmiy maqolalar va jurnallar. -Ziyonet – O‘zbekistondagi elektron ta’lim portali. -National Library e-katalog – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katalogi. -LMS, Moodle – o‘quvchilar va talabalarning o‘quv materiallariga raqamli kirish tizimi. Afzalliklari: To‘plangan ma’lumotlar tezkor va tizimli tarzda beriladi; Akademik yoki ilmiy izlanishlar uchun ishonchli manba; Ko‘p hollarda matn to‘liq (PDF) yuklab olinadi yoki onlayn o‘qiladi; Uzoqdan foydalanish imkoniyati bor (onlayn kirish). Kutubxonalar uchun amaliy foyda: 1. Elektron kutubxonani shakllantirish: O‘quvchilarga elektron kitoblarni taqdim etish orqali fondni kengaytirish. 2. Masofaviy xizmat ko‘rsatish: Talabalar va foydalanuvchilarga uydan turib foydalanish imkoniyati. 3. Axborot madaniyatini oshirish: Foydalanuvchilarni raqamli manbalar bilan ishlashga o‘rgatish. QR kodlar orqali kitoblar haqida ma’lumot olish – foydalanuvchilar orasida tez-tez qo‘llanilmoqda; 201 Iyun, 2025-Yil Kutubxonalarda QR kodlar quyidagicha ishlatiladi: Kitobning QR kodi: Har bir kitobning sarlavhasi yoki muqovasiga QR kod yopishtiriladi. Foydalanuvchi QR kodni skaner qilib, kitob haqida quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi: Kitobning to‘liq tavsifi (muallif, sarlavha, nashr yili, annotatsiya); Elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa); Muallif haqida ma’lumot; Video yoki interaktiv materiallar (muallif bilan suhbat, kitob taqdimoti). Bo‘limlar va ko‘rgazmalarda: Kutubxona bo‘limlaridagi QR kodlar orqali foydalanuvchi shu bo‘limdagi eng dolzarb kitoblar ro‘yxati, yangi kelgan adabiyotlar haqida ma’lumot oladi. Kutubxona xizmatlari bo‘yicha QR kod: Masalan: Kutubxonaning ish vaqti; a’zolik tartibi; raqamli katalogga havola. O‘quvchilar uchun mustaqil foydalanish: Talaba va o‘quvchilar QR kodni o‘qib, bevosita o‘sha kitobga oid test, taqdimot, izohli lug‘at, videodars kabi interaktiv materiallarga kirishlari mumkin. QR kodlardan foyd

Доказательный фрагмент

«The article highlights the importance of digital technologies in the activities of modern libraries.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article highlights the importance of digital technologies in the activities of modern libraries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
library, digital technologies, electronic resources, innovation, information, elektron resurslar, kutubxona, raqamli texnologiyalar, innovatsiya, axborot xizmati.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники