Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHIMABAR QOʻZGʻOLONI
Kazakboyeva ParvinaAlisher qizi · Ilmiyrahbar: KattaoʻqituvchiI. B.Xudoynazarov · ASOSIY QISM:
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada XVII asrda Yaponiyada yuz bergan Shimabara qo‘zg‘aloni, uning kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayoni va oqibatlari tarixiy kontekstda tahlil qilinadi. Yaponiyaga G‘arb davlatlari, xususan Gollandiya, Angliya, Ispaniya va Portugaliyaning kirib kelishi, diniy missionerlar faoliyati va ularning siyosiy ta'siri, Tokugava syogunatining nasroniylikka qarshi siyosati keng yoritiladi. Shu bilan birga, Uilyam Adamsning Yaponiyadagi faoliyati va Gollandiyaliklarning Shimabara qo‘zg‘alonidagi roli tarixiy manbalar asosida ochib beriladi. Maqola Yaponiya tarixidagi yirik ijtimoiy-siyosiy va diniy to‘qnashuvlarni o‘rganishda muhim manbabo‘laoladi. Kalit so‘zlar: Shimabara qo‘zg‘aloni, Tokugava Ieyasu, Uilyam Adams, nasroniylik, Gollandiya-Yaponiya munosabatlari, syogunat, katolik missionerlar, Amakusa Shiro, Dejima, Iezuitlar, diniy ta’qiblar, XVII asrYaponiya tarixi. XVII asr Yaponiyasi tarixida nasroniylikning tarqalishi va unga qarshi syogunat tomonidan olib borilgan siyosat muhim o‘rin tutadi. Yangi dinning tez tarqalishi, ayniqsa Janubiy Yaponiya aholisining katta qismida o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy harakatga aylanishi hukumat uchun xavf tug‘dirgan. Shu sababli Tokugava Ieyasu davridan boshlab katolik missionerlar va ularning izdoshlari davlat tomonidan quvg‘inga uchray boshladi. Uilyam Adams kabi G‘arb vakillarining yapon siyosatiga ta’siri, Gollandiya va Angliya bilan savdo aloqalari, nasroniylikka nisbatan kuchaygan ta'qiblar, oxir-oqibat, Shimabara yarim orolida yirik isyonning yuzaga kelishiga olib keldi. Ushbu maqola ana shutarixiyjarayonlarni tahlil qilishga bag‘ishlanadi. ASOSIY QISM: Shimabar qo‘zg‘aloni 1600-yilga kelib Gollandiyaning “Lifde” kemasi Yaponiya qirg‘oqlariga yaqinlashadi. Bundan habar topgan Tokugava Ieyasu kema a’zolaridan birini shaxsan so‘roq qilish istagini bildiradi. “Lifde” yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida xizmat qilgan ingliz Uilyam Adamsni olib kelishadi. Bu odam Ieyasuda shunchalik kuchli taassurot qoldiradiki, u Adamsni o‘ziga maslahatchilik lavozimiga taklif qiladi. Adams bunga rozi bo‘lgandi. U yapon tilidagi Miura Andzin ismini oladi. Yuqori martabali samuray unvonini olib, unga katta daromad keltiradigan mulkka egalik qiladi. Adams Ieyasu davrida juda yuqori lavozimni egallagan va uning eng ishonchli odamlaridan biri bo‘lgan. U ingliz savdogarlariga katta yordam ko‘rsatgan. O‘zi yomon ko‘rgan ispanlar va portugallarga oz bo‘lsa ham zarar yetkazgan bo‘lishi qaramay, Ieyasuga yaxshi xizmat qilgan. O‘sha paytda Britaniya orollariga Filipp II ning “Yengilmas Armada” ni bosib olish tahdid borligi hali hamon uning yodida edi. Ispan va portugaliyaliklar Yaponiyadagi avvalgi ta’sirini tiklashga urinishdi. Katolik missionerlari Kyushu orolidagi portlarga kelishni davom etishgandi. Tahlikali vaziyatga qaramay, iezuitlar va boshqa ibodatxonalar o‘rtasidagi janjal va fitnalar to‘xtamadi. Albatta, bularning barchasi Adams va Gollandiyaliklarga qarshi asosiy zarbani berish uchun qilingan edi. Adamsning Yaponiyadagi yuqori mavqei haqidagi turli xil mish-mishlar Yevropagacha yetib bordi. 1609-yilda butun Gollandiya floti Yaponiyaga yetib keldi. Gollandiyaliklar hech qanday diniy tashviqot o‘tkazmaslik haqida va’dalar berib o‘tilgan muzokaralardan so‘ng, ularga Xirado shahrida savdo www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 punktini ochishga muoffaq bo‘lishdi. 1613-yilga kelib inglizlar ham xuddi shunday ruxsatnomani olishga sazovor bo‘lishgan. Shu vaqtda Yaponiyada katoliklarni ta‘qib qilish kuchaygandi. 1612-yilda Ieyasu nasroniylik qarshi dahshatli zarba berdi. U missionerlarni davlat va Buddaning dushmanlari deb e’lon qildi. Ularni kemalarga joylashtirib, mamlakatdan chiqarib yubordi. Bundan tashqari, qolgan ko‘plab yapon nasroniylari esa o‘sha paytda rivojlanmagan Xonshu orolining shimoliy hududlariga joylashtirildi. Buning ustiga, Angliya va Gollandiya 1619-yilda Uzoq Sharq suvlarida Ispaniya va Portugaliya kemalarini topib kelish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. O‘sha vaqtda Nagasakida 30 ta ispan rohiblari birdaniga yoqib yuborilishi to‘g‘risida farmoyish chiqdi. Yaponlar tomonidan taqdim etilgan ruxsatnomalar tufayli inglizlar va gollandlar Xiradodagi savdo portlarini saqlash qolishga muvaffaq bo‘lishgandi. Yapon nasroniylik davri tugagandek tuyulgandek edi, ammo tez orada yana bir fojiali voqea sodir bo‘ldi. Yaponiyaga birinchi missionerlar kelganidan to keyingi 80 yil ichida nasroniylik mamlakat janubida chuqur ildiz otgandi. Yangi din xalq orasida keng tarqaldi. Hukumat uchun eng katta xavf aholi orasida dinni keng yoyilishi bo‘lib qoldi. Ammo feodal xristianlar bilan muomala qilish ancha oson edi. Bundan tashqari, “xalq xristianligi” ham hukmron sinfga umuman tahdid solmasdi. O‘rta asrlarda antifeodal kayfiyat, bid’at shaklini olgan edi. Yaponiyada ma’lum bir bosqichda katolik dini bunday qarshi kuchga aylangandi. Shuning uchun XVI
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada XVII asrda Yaponiyada yuz bergan Shimabara qo‘zg‘aloni, uning kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayoni va oqibatlari tarixiy kontekstda tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada XVII asrda Yaponiyada yuz bergan Shimabara qo‘zg‘aloni, uning kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayoni va oqibatlari tarixiy kontekstda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nasroniylik, Dejima, Amakusa Shiro, syogunat, diniy ta’qiblar, Gollandiya-Yaponiya munosabatlari, Shimabara qo‘zg‘aloni, Tokugava Ieyasu, Iezuitlar, XVII asr Yaponiya tarixi., Uilyam Adams, katolik missionerlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025