К содержанию
РецензированоUZ2025

RESPONSIV VEB-DIZAYN VA MOBIL QURILMALARGA MOSLASHUVCHANLIKNING AHAMIYATI

RESPONSIVVEB-DIZAYNVA MOBIL QURILMALARGA (Andijondavlat texnikainstituti) · MOSLASHUVCHANLIKNING AHAMIYATI (Andijondavlat texnikainstituti)

ИКРО журнал · 15 · 90–93 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada responsiv veb-dizayn va mobil qurilmalarga moslashuvchanlikning ahamiyati, uning foydalanuvchi tajribasiga, veb-sayt samaradorligiga va biznes muvaffaqiyatiga ta’siri o‘rganildi. Zamonaviy internet muhitida mobil qurilmalardan foydalanish ko‘payib borayotgani sababli, veb-loyihalarning turli ekran o‘lchamlari va qurilmalar uchun moslashuvchan bo‘lishi talab qilinadi. Tadqiqot davomida responsiv dizaynning sayt yuklanish tezligini oshirishi, foydalanuvchi ishonchini oshirishi va qidiruv tizimlaridagi reytingga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, responsiv dizayn doimiy texnologik rivojlanish va foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashuvni talab qilishi ta’kidlandi. Maqola responsiv veb-dizaynni joriy etish orqali zamonaviy veb-loyihalarning samaradorligini oshirish varaqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha muhimtavsiyalarni beradi. Kalit so‘zlar: Responsiv veb-dizayn, mobil qurilmalar, moslashuvchanlik, foydalanuvchi tajribasi, veb-sayt optimallashtirish, qidiruv tizimi reytingi, internet texnologiyalari, onlayn biznes, veb-dizayn texnikalari, mobil optimallashtirish. Kirish. So‘nggi o‘n yillikda internet texnologiyalarining keskin rivojlanishi butun dunyo axborot makonini tubdan o‘zgartirdi. Web-saytlar nafaqat kompaniyalar, tashkilotlar yoki davlat muassasalari uchun, balki har bir foydalanuvchi uchun asosiy axborot manbaiga aylandi. Odamlar mahsulot yoki xizmatlarni topish, yangiliklarni o‘qish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, onlayn ta’lim olish, hatto tibbiy maslahatlar olishda ham veb-saytlarga murojaat qilmoqda. Bunday keng ko‘lamdagi foydalanish har xil turdagi qurilmalarda bir xil sifatli foydalanuvchi tajribasini ta’minlash zaruratini yuzaga keltirmoqda. Aynan shu muammo yechimi sifatida responsiv veb-dizayn texnologiyasi vujudga keldi. Responsiv veb-dizayn (ing. responsive web design) — bu veb-sahifaning interfeysi foydalanuvchining ekran o‘lchamiga qarab moslashadigan dizayn yondashuvini anglatadi. Ushbu konsepsiya 2010-yilda Ethan Marcotte tomonidan taklifqilingan bo‘lib,hozirgi kunda veb-ishlab chiqishning ajralmas qismiga aylangan. Responsiv dizayn yordamida veb-sahifalar kompyuter monitori, planshet yoki smartfon kabi turli ekranlarda avtomatik tarzda to‘g‘ri ko‘rinishda saqlanadi. Masalan, keng ekranda uchta ustunli blok mavjud bo‘lsa, mobil ekranlarda ushbu bloklar bir qatorga ketma-ket joylashadi. Shuningdek, rasm o‘lchamlari, shrift kattaliklari va menyularning holatiham mos ravishda o‘zgaradi [1]. Mobil qurilmalar orqali internetdan foydalanish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Statistika portali StatCounter ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil holatiga ko‘ra global veb-trafikning 63% dan ortig‘i aynan mobil qurilmalarga to‘g‘ri keladi. Bu esa shuni anglatadiki, har qanday veb-sayt birinchi navbatda mobil foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi zarur. Agar sayt mobil qurilmada noto‘g‘ri chiqsa — ya’ni matnlar juda kichik bo‘lsa, menyular ishlamasa yoki rasm va tugmalar ekranga sig‘masa — foydalanuvchi saytni tark etadi va boshqa alternativ manbani tanlaydi. Bu www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 esa nafaqat foydalanuvchini yo‘qotishga, balki veb-resursning reytingi tushishiga ham olib keladi. Responsiv dizayn texnik jihatdan bir nechta asosiy texnologiyalar orqali amalga oshiriladi: media queries, flexbox, CSS grid, fluid images va viewport metateglari. Media queries yordamida turli ekran o‘lchamlariga mos CSS qoidalari yoziladi. Misol uchun, @media (max- width: 768px) degan kod yordamida sayt 768 piksel yoki undan kichik ekranlarda avtomatik ravishda boshqa ko‘rinishga o‘tadi. Flexbox va Grid texnologiyalari esa sahifa elementlarini mos ravishda joylashtirish imkonini beradi. Bunday yondashuvlar yordamida sayt dizayni nafaqat chiroyli, balki funksional va samarali bo‘lishita’minlanadi (1-rasm). 1-rasm. Flexbox va Grid orqali elementlarnijoylashtirish Responsiv dizaynning muhimligi nafaqat foydalanuvchilar qulayligi bilan bog‘liq, balki SEO (Search Engine Optimization) nuqtayi nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Google 2015-yildan boshlab mobilga moslashtirilgan saytlarni yuqori reyting bilan baholay boshlagan. Ya’ni, agar sayt mobil qurilmalarda to‘g‘ri ishlamasa, u Google natijalarida pastroqqa tushib qoladi. Shu bois, responsiv dizayn nafaqat texnik yechim, balki raqobatda ustunlikka erishish vositasi sifatida qaraladi. Masalan, onlayn do‘konlarda foydalanuvchilar mahsulotlar bilan mobil telefon orqali tanishib, bir necha soniya ichida xarid qilishadi. Agar sayt mobilda qulay bo‘lmasa, xaridorlar boshqaplatformalargao‘tibketadi [2]. Xulosa qilib aytganda, bugungi raqamli dunyoda responsiv veb-dizayn barcha veb-loyihalar uchun asosiy standartga aylangan. Bu yondashuv orqali foydalanuvchiga har qanday qurilmada maksimal qulaylik yaratish, sayt trafikini oshirish, brend imidjini mustahkamlash va qidiruv tizimlarida yuqori natijalarga er

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada responsiv veb-dizayn va mobil qurilmalarga moslashuvchanlikning ahamiyati, uning foydalanuvchi tajribasiga, veb-sayt samaradorligiga va biznes muvaffaqiyatiga ta’siri o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada responsiv veb-dizayn va mobil qurilmalarga moslashuvchanlikning ahamiyati, uning foydalanuvchi tajribasiga, veb-sayt samaradorligiga va biznes muvaffaqiyatiga ta’siri o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foydalanuvchi tajribasi, moslashuvchanlik, mobil optimallashtirish., Responsiv veb-dizayn, qidiruv tizimi reytingi, veb-dizayn texnikalari, onlayn biznes, veb-sayt optimallashtirish, internet texnologiyalari, mobil qurilmalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники