К содержанию
РецензированоUZ2025

HAQ EVAZIGA XIZMAT SHARTNOMASINI FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING AYRIM MASALALARI KO’RSATISH

Yoqubova Zaxroxon Xaydarxo‘ja qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur tezis ishida fuqarolik huquqi doirasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tushunchasi, uning turlari va huquqiy mohiyati chuqur o‘rganiladi. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi fuqarolik aylanmasining ajralmas qismi bo‘lib, unda bir tomon (ijrochi) ikkinchi tomonga (buyurtmachi) muayyan xizmatni ko‘rsatadi va buning evaziga haq oladi. Bu shartnoma orqali tomonlar o‘zaro majburiyatlar va huquqlarni aniqlashtiradilar, bu esa iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Ishda, avvalo, ushbu shartnoma turi umumiy fuqarolik-huquqiy shartnomalar tizimidagi o‘rni, uning boshqa shartnoma turlaridan farqli jihatlari va umumiy belgilariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi normalariga tayanilgan holda haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining asosiy tarkibiy qismlari – predmeti, tomonlari, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarlik masalalari tahlil qilinadi. Tezis davomida haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining quyidagi asosiy turlari – tibbiy xizmat ko‘rsatish, transport xizmatlari, maslahat xizmatlari, axborot texnologiyalari xizmatlari kabi ko‘rinishlari o‘rganilib, ularning har biriga xos bo‘lgan huquqiy xususiyatlar yoritiladi. Shuningdek, mazkur shartnomani tuzish, bajarish va bekor qilish tartiblari, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ham fikr yuritiladi. Tezis natijalari haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining huquqiy asoslarini chuqur anglash, uning zamonaviy talablar asosida rivojlanishiga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Kalit so’zlar: haq evaziga xizmat ko’rsatish, ijrochi, buyurtmachi, ijrochining javobgarligi, haq evaziga xizmat ko’rsatish turlari. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi Shartnoma tuzish bu avvalo taraflar xohish irodasining ifodasi sanaladi. Shartnoma tuzish yo‘li bilan esa ikki yoki undan ortiq tomon fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqida kelishadi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 703-moddasiga ko’ra haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi1. Ushbu modda Fuqarolik kodeksining 81-moddasiga ko’ra fuqarolik huquqining obyektlari hisoblangan xizmatlarning muomalasini nazarda tutadi. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachiga natijasi ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni ko‘rsatadi. Natijada haq evaziga xizmat ko‘rsatish hech qanday moddiy shakl kasb etmaydi. 1 www.lex.uz O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 178 Iyun, 2025-Yil Ashyoviy shaklning mavjud emasligi bilan xizmatlar pudrat shartnomasida amalga oshiriladigan va natijasi moddiy shaklga ega bo‘lgan ishlardan farq qiladi. FK 703-moddasiga ko’ra, xizmat ko‘rsatishning mohiyati quyidagi ikki shaklda ifodalanadi: 1) ma’lum harakatlarni amalga oshirish. Bunda qoidaga ko‘ra bir martalik xususiyatga ega bo‘lgan xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Masalan, sartaroshlik. 2) ma’lum faoliyatni amalga oshirish. Ayni vaziyatda ko‘p martalik yoki uzoq muddatga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Masalan, telefon aloqasi xizmatini ko‘rsatish2. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasida buyurtmachi va ijrochi taraflar sifatida ishtirok etadi. Bunda buyurtmachi – tegishli xizmatlarni qabul qiluvchi shaxs, ijrochi esa – xizmat ko‘rsatuvchi shaxs hisoblanadi. Agar shartnomada boshqa shartlar ko’rsatilgan bo‘lmasa, ijrochi shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni shaxsan o‘zi ko‘rsatishi shart. Fuqarolik kodeksining 704-moddasiga ko’ra, haq evaziga xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyati mavjud hisoblanadi, unga ko‘ra ijrochining shaxsan o‘zi shartnoma shartlarini bajarishining shartligidir. Ushbu moddaga ko‘ra, agar majburiyatni bajarish uchinchi shaxs zimmasiga yuklanishi mumkinligi shartnoma shartlariga kiritilgan bo‘lsa, unda shartlarni bajarish uchinchi shaxsga topshirilishi mumkin. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasida buyurtmachi o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda va tartibda to‘lashi shart. Fuqarolik kodeskining 705-moddasida ijrochi o‘zi aybdor bo‘lmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda, buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to‘lashi shart, bunda ijrochining xizmat ko‘rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo‘lgan foydasi chegirib qolinishi belgilangan. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xizmatlar bahosi butunlay to‘lanishi kerak. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shatnomasi turlari Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi ham real

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezis ishida fuqarolik huquqi doirasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tushunchasi, uning turlari va huquqiy mohiyati chuqur o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezis ishida fuqarolik huquqi doirasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tushunchasi, uning turlari va huquqiy mohiyati chuqur o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
buyurtmachi, ijrochining javobgarligi, haq evaziga xizmat ko’rsatish turlari., haq evaziga xizmat ko’rsatish, ijrochi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники