К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY TA’LIMDA FIZIKA FANIGA BO‘LGAN QIZIQISHNING PASAYISHI: SABABLARI, OQIBATLARI VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Rayimova SarvinozAlisherovna · ZAMONAVIY TA’LIMDA FIZIKAFANIGA BO‘LGANQIZIQISHNING PASAYISHI: · OQIBATLARI VABARTARAF ETISH YO‘LLARI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada fizika faniga bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqishi zamonaviy ta’lim sharoitida tobora pasayib borayotgani holati o‘rganiladi. Talaba sifatida olib borgan kuzatish va tahlillarim asosida fizikaga bo‘lgan qiziqishning kamayishiga ta’lim mazmunining nazariyaga yo‘naltirilgani, amaliy mashg‘ulotlarning yetishmasligi, o‘qitish uslublarining zamon talablariga mos emasligi kabi omillar sabab bo‘layotgani aniqlanmoqda. Maqolada ushbu muammoning ta’lim sifatiga ta’siri, kelajak kasb tanlovi va ilmiy salohiyat rivojiga bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarda fizika faniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, motivatsiyani kuchaytirish va dars jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: fizika faniga qizish, zamonaviy ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, amaliy mashg‘ulotlar, pedagogik yondashuvlar,o‘quvchilarning faol ishtiroki. Kirish: Bugungi kunda ta’lim tizimida yuzaga kelayotgan muammolardan biri o‘quvchilarning aniq fanlarga, xususan, fizika faniga bo‘lgan qiziqishining sezilarli darajada pasayib borayotganidir. Bu holat nafaqat o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga, balki ularning kelajakdagi kasb tanlovi, ilmiy tafakkuri va milliy innovatsion salohiyatning shakllanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Fizika fani – tabiat hodisalarining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini o‘rgatadigan, texnik va muhandislik yo‘nalishlariga poydevor bo‘ladigan muhim fandir. Shunga qaramay, zamonaviy o‘quvchilarda ushbu fanga nisbatan sovuqqonlik, qiziqishning sustligi vaunga e’tiborning kamaygani kuzatilmoqda. Bu muammoning ildizlari chuqur va ko‘p qirrali bo‘lib, ularni faqat o‘quvchi shaxsiyati bilan emas, balki ta’lim tizimidagi uslubiy, metodik, tashkiliy omillar bilan ham bog‘lash lozim. Ayniqsa, o‘quv dasturlarining haddan ziyod nazariy bo‘lib qolayotgani, zamonaviy texnologiyalarning dars jarayonida yetarli darajada qo‘llanilmayotgani, laboratoriya ishlarining son va sifati bo‘yicha yetishmovchilik mavjudligi ushbu muammoning yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada fizikafaniga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar, bu holatning ta’lim sifati va ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda fizika faniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, motivatsiyani kuchaytirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali ushbu muammoni bartaraf etishyo‘llari ilgari suriladi. Asosiy qism: Fizika faniga bo‘lgan qiziqishningpasayishiga olibkelayotgan asosiy omillar: Ta’lim mazmunining haddan tashqari nazariyligi. Fizika darsliklari va dars mashg‘ulotlari ko‘pincha nazariy formulalar va fizik qonunlarning yoddan o‘rganilishi bilan chegaralanadi. Bu esa o‘quvchilarda fanga nisbatan zerikish hissini uyg‘otadi, natijada amaliyotga asoslangan, hayotiy misollarbilan boyitilgan darslarga ehtiyoj seziladi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarining yetishmasligi. Fizikaga qiziqish shakllanishida tajriba va kuzatuvlar muhim rol o‘ynaydi. Afsuski, ko‘plab umumta’lim muassasalarida zarur laboratoriya jihozlari mavjud emas yoki mavjud bo‘lganlari eskirgan. Bu holat fizikani‘‘quruq nazariya’’ sifatidaqabul qilinishiga olibkelmoqda. 1-rasm: Nazariy materiallarga yuqori e’tiborqaratishning oqibatlari Rasmda aks etgan holat, ta’lim mazmunining haddan tashqari nazariyligi va amaliy mashg‘ulotlarning yetishmasligini yaxshi tasvirlaydi. O‘quvchilar faqat nazariy bilimlarga qaratilgan dars jarayonida ko‘rsatilgan bo‘lib, amaliy tajribalar va laboratoriya ishlarining yetishmasligi, ular uchun fizikafaniga bo‘lgan qiziqishinikamaytiradi. Bu holat, o‘quvchilarning faqat nazariy bilimlar bilan cheklanib, fanning amaliy jihatlarini o‘zlashtirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishlarini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda, yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni bartaraf etish va fizika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan samarali yechimlarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Quyida fizika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiluvchi asosiy yo‘nalishlar haqida ko‘rib chiqamiz. Fizikafaniga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun eng avvalo, dars jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarva tajribalarga keng o‘rin berish lozim. Chunki fizik hodisalarni faqat nazariy tushunchalar asosida tushuntirish ko‘plab o‘quvchilar uchun mavzuni quruq va zerikarli ko‘rsatadi. Masalan, bosim, kuch yoki harorat o‘zgarishi kabi hodisalarni oddiy laboratoriya sharoitida tajriba orqali ko‘rsatish, o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Shu bilan birga, nazariy formulalarni hayotiy misollar bilan bog‘lab tushuntirish ham muhim o‘rin tutadi. Masalan, yorug‘likning sinishi hodisasini darslikdagi ta’riflar asosida emas, balki suv ichida egri ko‘ringan qoshiq misolida tushuntirish o‘quvchiga m

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada fizika faniga bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqishi zamonaviy ta’lim sharoitida tobora pasayib borayotgani holati o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada fizika faniga bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqishi zamonaviy ta’lim sharoitida tobora pasayib borayotgani holati o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim, fizika faniga qizish, o‘quvchilarning faol ishtiroki., amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv motivatsiyasi, pedagogik yondashuvlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники