Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH SPORTCHILARDA UMUMIY (AEROB) CHIDAMLILIKNI RIVOJLANTIRISH
Sirojev Shoxrux Fayzulloo’g’li · YOSH SPORTCHILARDAUMUMIY (AEROB)CHIDAMLILIKNIRIVOJLANTIRISH
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Bolalik davridan boshlab jismoniy yuklamalarni oqilona taqsimlashda umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e’tibor berish lozimligi tomonidan e’tirof etiladi. Inson chidamli bo‘lishi uchun organizmdagiturlitizimlarning yaxshirivojlanishiga erishish lozim. Bolalarning chidamlilik darajasini oshirish, birinchidan, yurak - tomir faoliyatini kuchaytirishni; ikkinchidan, funksional tizimlarningfaoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan quvvatni tejab-tergab sarflashni; uchinchidan, funksional imkoniyatlardan iloji boricha to‘la foydalanishni nazarda tutadi. Kirish so’z:chidamlilik, aerob, anaerob, jismoniymashq, yugurish. Umumiy chidamlilikvaunirivojlantirishuslublari Kichik maktab yoshidagi bolalarda chidamlilik darajasi ancha past bo‘ladi. Biroq 10 yoshlarga kelib ularda tezkor ishni bir necha marta bajarishga (qisqa masofaga takroriy yugurish), shuningdek, nisbatan uzoq vaqt davomida kam shiddatli ishni (sekin yugurish) bajarishga bo‘lgan qobiliyat oshadi. Demak, sekin yugurish kichik maktab yoshidan boshlab chidamlilikni rivojlantirish uchun muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin. Birinchi mashg‘ulotlardanoq umumiy chidamlilikni rivojlantirishgakatta e’tibor qaratish lozim. Bunda birmaromli uzoqdavom etadigan sekin yugurishdan foydalanish tavsiya etiladi . Mualliflar mashq paytida umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan usullar va uslublar, shuningdek, bir guruh murabbiylar tomonidan o‘tkazilgan tajriba hamda uning natijalarini ta’riflab berganlar. Biror birfaoliyatda charchoqqa qarshilik ko‘rsatish qobiliyati chidamlilikdebataladi. Umumiy chidamlilik - insonning odatiy bo‘lmagan faoliyatni uzoq vaqt va muvaffaqiyatli bajara olish qobiliyati. Umumiy chidamlilikning namoyon bo‘lishi asosida inson organizmining funksional xususiyatlari yotadi. Ular har xil turdagi harakat faoliyatiga nisbatan chidamlilik namoyon bo‘lishining maxsus bo‘lmagan asosini tashkiletadi. Bu, birinchi navbatda, vegetativ funksiyalar, jumladan, energiyaning aerob manbasi unumdorligidir. Masalan, insonning nafas olish imkoniyatlarida o‘ziga xoslik u qadar sezilmaydi. U harakatning tashqi shakliga u qadar bog‘liq emas. Shuning uchun, agar kimdir yugurish mashg‘ulotlari evaziga o‘zining aerob imkoniyatlari darajasini ancha yaxshilab olsa, bu boshqa harakatlarning (yurish, eshkak eshish va x.k.) bajarilish unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmningvegetativ tizimlari ishini takomillashtirishga asoslangan mashq bilan chiniqqanlikning maxsus bo‘lmagan, umumlashtirilgan darajasi chidamlilikning bitta faoliyat turidan ikkinchisiga keng qamrovda o‘tish uchun qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun ushbu chidamlilik turini «umumiy» sifatida belgilashga asos bo‘ladi. Mushak ishi davomiyligi ortishi www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 bilan chidamlilikning ko‘chishi oshib boradi (Volkov.N.I vaboshqalar). Umumiy chidamlilikning ijobiy ko‘chish samarasi sport amaliyotidavakasb-amaliy jismoniy tarbiyadakeng qo‘llaniladi. Umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun o‘z tuzilishiga ko‘ra musobaqa mashqlaridan yoki kasbga oid harakatlardan ancha yiroq bo‘lgan,lekin yurak-tomir hamda nafas olish tizimlari uchun yuqori samarali hisoblanganmashqlar tez-tez qo‘llaniladi. Muallifning ta’kidlashicha, aerob xususiyatdagi ishga bo‘lganchidamlilik darajasini oraliqli va o‘zgaruvchan uslublarning tegishli rejimlarini qo‘llash yordamida oshirish mumkin. Oraliqli asosiy uslub shu narsani tashkil qiladiki, nisbatan yuklamali ish bajarilgandan so‘ng dam olish oraliqlarivaqtidayurakurishhajmiengkattako‘rsatkichlargayetadi. Yosh sportchilar chidamliligini belgilab beruvchi omillar Chidamlilikning namoyon bo‘lishini oldindan belgilab beruvchi omillar quyidagilar: mushaklarning tuzilishi; ichki mushak va mushaklararo koordinatsiya; yurak-qon tomir, nafas olish va asab tizimlari ishining unumdorligi; organizmdagi energiya manbalarining zahirasi; boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi; harakat faoliyatining texnik va taktik tejamkorligi. Chidamlilikning namoyon bo‘lishida shunday o‘xshash bog‘liqlik boshqa harakat sifatlarining rivojlanish darajasida ham kuzatiladi. Bu shundan dalolatki, faqat boshqa jismoniy sifatlar optimal darajada rivojlangan bo‘lsagina, chidamlilikning yuqori darajada namoyon bo‘lishiga erishish mumkin. Musobaqa faoliyatida chidamlilikning namoyon bo‘lish darajasi sport kurashining optimal taktikasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Aerob xususiyatdagi ishda o‘zgaruvchan tezlik bilan ishlash keng qo‘llaniladi. Bunda nisbatan yuqori va nisbatan past tezlik bilan yugurib o‘tiladigan bo‘laklarni o‘zgartirib turish, bo‘laklar shiddatini tomirurishi daqiqada 160-170 zarbagacha bo‘lganda oshirishni hamda oxirida kam shiddatli bo‘lakda YuQT daqiqada 140-145 zarba bo‘lganda kamaytirishni nazardatutadi. Chidamlilikni rivojlantirish vositalari. Umumiy chidamliliknirivojlantirish uchun turli jismoniy mash
Доказательный фрагмент
«Bolalik davridan boshlab jismoniy yuklamalarni oqilona taqsimlashda umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e’tibor berish lozimligi tomonidan e’tirof etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBolalik davridan boshlab jismoniy yuklamalarni oqilona taqsimlashda umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e’tibor berish lozimligi tomonidan e’tirof etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- anaerob, chidamlilik, jismoniy mashq, yugurish., aerob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025