К содержанию
РецензированоUZ2025

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA REFLEKTIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA O‘Z-O‘ZINI TAHLIL QILISHNING O‘RNI

Xamroyeva Nargiza Shavkatovna · BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICHSINF O‘QITUVCHILARIDA REFLEKTIV · KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDAO‘Z-O‘ZINI TAHLILQILISHNING

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

This article explores the role of self-analysis in the formation and development of reflective competence among future primary school teachers. Reflection is considered a vital process in professional growth, enabling educators to critically evaluate and improve their teaching practices. The study presents methods for enhancing self-analysis skills, effective strategies, and practical recommendations. Keywords: reflection, self-analysis, primary education, pedagogical activity, reflective competence. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim sifati o‘qituvchining kasbiy malakasi va shaxsiy kompetensiyalariga bevosita bog‘liq. Ayniqsa, reflektiv kompetensiya – ya’ni o‘z faoliyatini tahlil qilish va undan tegishli xulosalar chiqarish qobiliyati – zamonaviy pedagogik jarayonning ajralmas qismiga aylangan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida ushbu kompetensiyani shakllantirish o‘qituvchi kasbiga ilk qadam qo‘yayotgan yosh mutaxassislar uchun muhimahamiyat kasb etadi. Refleksiya – bu o‘qituvchining o‘z-o‘zini kuzatishi, o‘qitish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni anglab yetishi, tajribalarni tahlil qilib, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ongli faoliyatidir. Bu kompetensiya o‘quvchi bilan ishlashda, darsni rejalashtirishda, baholash vao‘zinibaholashda asosiy rol o‘ynaydi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 O‘z-o‘zini tahlilqilishningo‘rni O‘z-o‘zini tahlil qilish – bu reflektiv kompetensiyaning markaziy tarkibiy qismi bo‘lib, o‘qituvchining o‘z darslari, uslubiy yondashuvlari, sinfdagi muloqot va natijalarni tahlil qilish orqali o‘z ustida ishlashi uchun asos yaratadi. Bo‘lajak o‘qituvchilar bu jarayon orqali o‘z kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, kelajakdagi pedagogik faoliyatlarini ongli ravishda yo‘naltiradilar. Shakllantirish usullari Reflektiv kompetensiyani shakllantirishda quyidagi metodlarsamarali hisoblanadi:  Pedagogik portfoliolar yuritish – talabalarning o‘z yutuqlari va muammolarini tahlil qilishiuchun imkonyaratadi;  Amaliyotdan so‘ng yozma refleksiyalar tayyorlash – har bir mashg‘ulot yoki darsdan keyin fikr vaxulosalarni yozish orqali refleksiv tafakkurni faollashtiradi;  Mashg‘ulotlarda “Men qanday o‘qitdim?” degan savol asosida muhokama tashkil etish;  Videodars tahlili – yozib olingan darslarni ko‘rib, ularni tahlil qilish orqali o‘zini ob’ektiv baholash ko‘nikmasi rivojlanadi. Refleksiv kompetensiya zamonaviy o'qituvchilar orasida judaham dolzarb bo'lib bormoqda. Nazariy fikrlashning eng asosiy va muhim jihatlaridan biri kreativ, tanqidiy fikrlash talabalar tomonidan yetarlicha egallanishi kerak. Lekin buni rivojlantirish uchun avvalo, bo'lajak o'qituvchilar o'zlarida refleksiv kompetensiyani, refleksiv faoliyat tajribasini yetarlicha yaxshi egallashi zarur Refleksiv kompetensiya – bu shaxsning o‘z faoliyati va tajribasini tahlil qilish, uni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ongli jarayondir. Pedagogik faoliyatda refleksiya o‘qituvchining o‘z darslarini baholash, o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olish hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, refleksiv kompetensiya yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatida innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga moyil bo‘ladilar .  Refleksiv kompetensiyani rivojlantirishquyidagi asosiy jihatlarga bog‘liq:  O‘z-o‘zini anglash va o‘ztajribasini tahlil qilish qobiliyati;  •Kasbiy o‘sishuchun o‘z ustidaishlashga tayyorgarlik;  •O‘qituvchilikfaoliyatida ta’limiyyondashuvlarni tanqidiybaholash . Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv kompetensiyani rivojlantirish uchun quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:  -Yozmarefleksiya usuli  Bu usulda o‘qituvchi o‘z darslari bo‘yicha yozma tahlillar yuritadi. Masalan, dars kundaliklari, shaxsiy pedagogik bloglar orqali o‘ztajribasini baholash mumkin .  -Muammoli ta’lim vatahliliy baholash  Talabalarni o‘qitishjarayonida muammolivaziyatlarni yaratish, ularni mustaqilravishda  tahlil qilishga undash refleksiv kompetensiyani shakllantirishga yordam beradi. Masalan, “Vaziyatli tahlil” usuli orqali bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ladilar . Vaziyatli tahlil usuli (inglizcha: “case study method”) pedagogik jarayonda muayyan holatlar yoki vaziyatlarni o‘rganish orqali o‘quvchilarning tahliliy va refleksiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvdir. Bu usul o‘qitish jarayonida real yoki yaqin hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish orqali o‘quvchilarning muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish vao‘z fikrlarini asoslash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Reflektiv kompetensiyani rivojlantirish, xususan, o‘z-o‘zini tahlil

Доказательный фрагмент

«This article explores the role of self-analysis in the formation and development of reflective competence among future primary school teachers.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the role of self-analysis in the formation and development of reflective competence among future primary school teachers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reflection, self-analysis, primary education, pedagogical activity, reflective, refleksiya, o‘z-o‘zini tahlil qilish, pedagogik faoliyat, boshlang‘ich ta’lim, reflektiv kompetensiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники