Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻQITUVCHINING KASBIY VA SHAXSIY FAZILATLARINI SHAKLLANISHIDA PEDAGOGIK QOBILIYATLARNING O‘RNI
Olimov Temir Xasanovich · OʻQITUVCHINING KASBIYVA SHAXSIYFAZILATLARINI SHAKLLANISHIDA · PEDAGOGIK QOBILIYATLARNING O‘RNI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Oʻqituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlarini shakllanishida pedagogik qobiliyatlarning o‘rni va nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zehni», ruhiyatga qiziquvchanlik, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik,tibbiy qobiliyatlar haqidafikr boradi. Kalit so‘zlar: pedagogik takt, talabchanlik, ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallash, o’z mehnati samaradorligini muntazamoshirib borish. Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o’qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilishmumkin. Qobiliyat – odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo’lib, bu xususiyatlarni xaddan tashqari keng to’ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko’ra bir-biri bilan chambarchas bog’liq faoliyatning muvafaqqiyatli bajarish imkoni aslo yo’qemas. Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib varivojlanibboradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikmavamalakalardir. Ko’nikmalar – o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishningmukammal usuli. Malakalar – o’qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig’indisi. Qobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi. Faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to’g’risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofik; a) shaxsning muayyan sifatlari yig’indisi belgilangan vaqt oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa-unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa-psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin xususiyatli shaxs ko’nikma va malakalarni egallay olmaydi, degan ma’no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho’zilib ketadi, xolos. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Shunday qilib, qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xusu-iyatlariga, aqliy sifatlarga, xotira xislatlarga xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan qatorga qo’yish, ularni ayniylashtirnsh ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularning ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug’iladi. Biz qobiliyatni shaxsni tabiiy imkoniyatlari deb tushunishimiz mumkin emas, chunki, qobiliyatni biz “har bir insonning o’ziga xos psixologik hususiyatlari” deb aniqlashtirdik, shuning uchun bu har qanday shaxsda mavjud bo’lgan tabiiy xususiyat deb xulosa chiqarish aslo mumkin emas. Tabiiy bo’lib faqat anatomo-fiziologik hususiyatlar, ya’ni qobiliyatning rivoji asosida yotgan iste’dod bo’lishi mumkin, qobiliyatning o’zi ham doimiy rivojlanish natijasida paydo bo’ladi. Ta’kidlash lozimki, qobiliyat o’zining mavjudligi bilan dinamik tushunchadir. Qobiliyat faqat harakatda, faqat rivojlanishda paydo bo’ladi. Psixologik jihatdan qobiliyat haqida, o’zining rivojlanishdan oldin mavjud bo’lganligidek hamda qobiliyat o’zining to’la rivojiga etib, o’zining rivojlanishi to’xtashi haqida so’zlash aslo mumkin emas. Chunki qobiliyat doimiy rivojlanishdabo’lishikerak. Qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud deb, biz bu rivojlanishni u yoki boshqa amaliy yoki nazariy faoliyat jarayonida amalga oshishini nazardan chetda qoldirishimiz mumkin emas, albatta. Bundan xulosa qilinadiki, qobiliyat aniq faoliyatdan tashqarida paydo bo’lmaydi. Faqat uni psixologik tahlil yo’li bilan biz ularni bir-biridan ajrata olamiz. Qobiliyatni aniq faoliyat boshlanishidan oldin mavjud va faqat uning yakunida qo’llaniladi, degan xulosaga kelish aslo mumkin emas. Go’dakda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oʻqituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlarini shakllanishida pedagogik qobiliyatlarning o‘rni va nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonliligi, «til…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oʻqituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlarini shakllanishida pedagogik qobiliyatlarning o‘rni va nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonliligi, «til… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallash, talabchanlik, o’z mehnati samaradorligini muntazam oshirib borish., pedagogik takt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025