Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOHIBQIRON AMIR TEMUR: ILM-FAN VA SAN’AT HOMIYSI
Narzullayeva Gulsanam · SOHIBQIRONAMIR TEMUR:ILM-FAN VASAN’AT HOMIYSI (Denov tadbirkorlik vapedagogika instituti)
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Amir Temurning ilm-fan, ta'lim va madaniyatga qo‘shgan hissasi, shuningdek, uning hukmronligi davrida yaratilgan madaniy va ilmiy meros haqida so‘z yuritiladi. Maqola Temuriylar davridagi madrasalar, ilmiy markazlar va san’at sohasidagi yutuqlarni ko‘rsatib o‘tadi. Bibi Xonim madrasasi va Dorut-Tilovatm majmuasi kabi yirik inshootlarning ilmiy va me’moriy ahamiyati, shuningdek, Temurning olimlar va san’atkorlarga bo‘lgan e’tibori va qo‘llab quvvatlashi tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, Temuriylar davrining madaniy va ilmiy rivojlanishini, shuningdek, Amir Temurning bu sohalarga bo‘lgan alohida e’tiborini yoritib beradi. Amir Temur koʻplab davlatlar tarixida faqatgina oʻzining jangovar yutuqlari bilan mashhur boʻlgan mohir sarkarda emas, balki ilm-fan va madaniyatni yuksaltirgan, olim-u fuzalolarning ilmini hurmat qilgan holda ularga izzat-ikrom koʻrsatgan hukmdor sifatida e'tirof etiladi.Uning hukmronligi davrida ilm-fan madaniyat va ma'rifat sohalarida amlaga oshirgan ishlari oʻsha xalqning aqlan vama'nan oʻsishiga kattahissaqoʻshgan. AmirTemur mamlakatning hartomonlamataraqqiyotida ilm-fanning ahamiyatiga alohida urgʻu bergan. U olimlarni qo‘llab-quvvatlab, ilmiy ishlarga yuqori ahamiyat bergan. Temur o‘z asarlarida ilm-fan va ma’naviyatni yuksaltirish zarurligini ko‘rsatgan va ilmiy ishlar va izlanishlarni rag‘batlantirgan. Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr hamda Xuroson hududlarida taʼlim va ilm-fanga katta ahamiyat berildi. Ilm- maʼrifatga homiylik qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu davrda barcha yirik shaharlarda madrasalar qurilib, ularda o‘z zamonasining mashhur olimlari va ulamolari tolibi ilmlarga saboq berish uchun jalb etildi. Bundan tashqari, u taraqqiyotning poydevori sifatli taʼlim ekani haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lgan va shu bois, u avvalo taʼlim-tarbiyani yo‘lga qo‘yishga, ilmli insonlar mavqeini oshirishga intilgan. Uning boshchiligidagi keng hududda, barcha shaharlarda hamda yirik qishloqlarda ko‘plab boshlang‘ich maktablar tashkil etildi."Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, bu davrda oʻgʻil bola4yil, 4oyva4 kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi". [1] Amir Temurning buyrug'i bilan madrasalarda nafaqat diniy ilmlar, masalan, tafsir, hadisshunoslik va fiqh kabi fanlar, balki dunyoviy fanlar, jumladan, matematika, algebra, mantiq, astronomiya, tarix va xattotlik ham o'qitilgan.Amir Temur va temuriylar davrida, Turon mamlakatidagi madrasalar nafaqat diniy, balki ilmiy markazlarga aylanishi, shaharlar uchun ma'rifat o'chog'i bo'lib xizmat qildi. Madrasalarga ajratilgan vaqf mulklar, o'z navbatida, mudarrislar va xizmatchilarning maoshlarini, kutubxonalarning ta'minotini va binolarni ta'mirlash kabi ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli daromad manbai bo'ldi. Amir Temur davrida qurilgan madrasalar, Temuriylar sulolasining buyuk me'moriy merosining muhim qismini tashkil qiladi. U o‘z davrida ilm-fan, din va madaniyat rivojiga katta e’tibor bergan va ko‘plab madrasalar, masjidlar, maqbaralar, karvonsaroylar kabi obidalarni bunyod ettirgan.Ushbu inshootlar nafaqat diniy ta'lim, balki ilmiy faoliyatning rivojlanishiga ham xizmat qilgan. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Xususan, Bibi Xonim madrasasi va Dorut-Tilovat majmuasi o‘zining ilmiy va me’moriy ahamiyati bilan ajralib turadi. Bibi Xonim madrasasi, Samarqand shahrida 1399–1404-yillarda qurilgan bo‘lib,bu madrasa Temurning sevimli xotini Bibi Xonim nomiga bag‘ishlanib, ilm-fan markazi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U Samarqandning eng yirik inshootlaridan biri bo‘lib, ilmiy ta'limni rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan. Madrasada o‘qitilgan fanlar orasida astronomiya, matematika, tibbiyot va falsafa kabi sohalar mavjud bo‘lib, bu ilmiy sohalar o‘sha davrda ilm-fanning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Shuningdek, Bibi Xonim madrasasining me’moriy bezaklari va gumbazlari, o‘sha davrning yuksak me’moriyyutuqlarini namoyish etadi. Dorut-Tilovat majmuasi esa 1370-yillarda Shahrisabzda qurilgan bo‘lib, Amir Temurning otasi Amir Tarag‘ay xotirasiga bag‘ishlanib bunyod etilgan. Majmua masjid, madrasa va maqbaradan iborat bo‘lib, ilm-fan va diniy ta'lim markazi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu majmua, Temuriylar davrining ma'rifat o‘choqlaridan biri bo‘lib, ilmiy faoliyat va diniy ta'limni rivojlantirishda muhimo‘rin tutgan. Dorut Tilovat majmuasining inshootlari, murakkab bezaklari va me’moriy innovatsiyalari bilan o‘shadavrning yuksak me’moriy merosini aks ettiradi. Temuriylar davrida ko‘plab o‘z davrining taniqli allomalari yashab, ijod qilgan.Sa’diddin Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy hamda tarixda Ali Qushchi nomi bilan tanilgan Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi, Abdurahmon Jomiy va Ali
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Amir Temurning ilm-fan, ta'lim va madaniyatga qo‘shgan hissasi, shuningdek, uning hukmronligi davrida yaratilgan madaniy va ilmiy meros haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Amir Temurning ilm-fan, ta'lim va madaniyatga qo‘shgan hissasi, shuningdek, uning hukmronligi davrida yaratilgan madaniy va ilmiy meros haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bibi xonim, amir temurning, amir temur, hukmronligi davrida, xonim madrasasi, nafaqat diniy, lib ilmiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024