Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DEVIANT XULQ-ATVORLI O‘SMIRLARDA SUITSID MUAMMOSI
Elov Ziyodullo Sattorovich · DEVIANT XULQ-ATVORLI O‘SMIRLARDA SUITSIDMUAMMOSI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Статья посвящена социальной проблеме суицида среди подростков с девиантным поведением и его причинам. Исследования суицидов показали, что увеличение их числа зависит от возраста, пола, социального положения и т. д. и прежде всего от особенностей личности человека. На примерах анализируются возникновение девиантного поведения, его возрастные особенности и причины. Также среди социальных факторов суицид чаще встречается в крупных городах, чем в сельской местности, и связан с профессиональнымисоциальным статусом. Ключевые слова: Психическая травма, суицид, суицидальная мораль, намерение, культурно-религиозное воздействие, аффект, стресс, депрессия, страх, тревога, ненависть, гнев,радость,счастье,дезадаптация,алкоголь,наркотики,курение. Annanation: The article focuses on the social problem of suicide among teenagers with deviant behavior and its causes. Studies ofsuicides have shown that the increase intheir numberdepends on age, gender, social status, etc., and above all, on the characteristics of a person's personality. The occurrence of deviant behavior, its age-related characteristics and reasons are analyzed in examples. Also, among social factors, suicide is more likely to occur in large cities than in rural areas, and is related to professional and social status. Key words: Mental injury, suicide, suicidal morality, intention, cultural-religious influence, affect, stress, depression, fear, anxiety, hatred, anger, joy, happiness, maladjustment, alcohol, drugs, smoking. Kirish: Shubhasiz, inson ongi foniylikni mutanosib ravishda o‘zlashtirishga qodir emas, lekin, shunday bo‘lsada, o‘zini o‘zi o‘ldirish ehtimolini ko‘rib chiqayotgan odam qanchalik agnostik va skeptik bo‘lmasin, u beixtiyor o‘limdan keyingi, hatto yanada ma’qulroq hayot mavjudligini tan oladi. O‘z-o‘zidan bu hali o‘zini-o‘zi o‘ldiruvchi shaxsning aqldan tashqari fikrlashi va voqeiy bo‘lmagan narsalarni afzalroq ko‘rishini isbotlamaydi,lekin shu bilan bir vaqtda o‘zida o‘limdan keyingi hayotga bo‘lgan ishonch har doim ko‘plab xalqlarning madaniy-diniy udumlari predmetini tashkil qilib kelgan. Bunday holda, potensial o‘zini o‘zi o‘ldiruvchilar tafakkurining irrasionalligi va xayoliyligi tushunarli bo‘ladi. O‘zini o‘zi o‘ldirish hodisa sifatida quyidagi tarkibiy elementlar bilan tavsiflanishi mumkin. Birinchidan, bu qotillik. Ko‘p tillarda uning tub, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 tashkil qiluvchi so‘zi "qotillik" hisoblanadi. Biroq, atamaning ikkinchi qismi "o‘zini-o‘zi" so‘zi insonning o‘zi tomonidan sodir etilgan qotillikni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, qotil va qurbon bir kishining o‘zi bo‘lgan vaziyat yuzaga keladi. Demak, o‘zini-o‘zi o‘ldirishni o‘limning uchta ajralmas elementi: o‘lish elementi, o‘ldirish elementi va qotillik qurboni elementini anglatuvchi o‘ziga xos turideb hisoblash mumkin. Suitsid (ing. suicide – o‘zini-o‘zi o‘ldirish) – kishi tomonidan kuchli ruhiy zo‘riqish holatida sodir etiluvchi o‘zini o‘zi o‘ldirishholati; shaxsda ular mavjudligida shaxsiy hayoti oliy qadriyat sifatida o‘z ma’nosini yo‘qotadigan o‘tkir ruhiy jarohat yetkazuvchi vaziyatlar ta’siri ostida ongli ravishda hayotdan olib tashlash holati. Hozirgi vaqtda suitsidal ahloq global jamoatchilik muammosi hisoblanadi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida har yili 1 million 100 mingga yaqin odam o‘z joniga qasd qilish bilano‘zhayotiga yakun yasaydi. Tahlillar va natijalar: Ruhan sog‘lom odamlarda o‘zini-o‘zi o‘ldirish sabablariko‘pincha o‘tkir ruhiy-shikastlovchi vaziyatlar va kamroq kelib chiqishi turlicha bo‘lgan cho‘zilgan ruhiy tanglik yoki yashashningchidab bo‘lmas shart-sharoitlari bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zini o‘ldirish istagi ruhiy-asab tizimi beqaror bo‘lgan shaxslarda, ayniqsa nevrotiklar va kuchli ta’sirlanuvchi, kayfiyati o‘zgarib turuvchi psixopatlarda ko‘proq uchraydi. Ayrim mualliflar o‘zini o‘zi o‘ldirishga moyillikni xarakterning, ularning fikricha, shoirlar, rassomlar, artistlarga xos bo‘lgan alohida badiiy tipiga moyillik debta’kidlaydilar. Ba’zan odamlar o‘zlarini yashashning qiyinligi va imkoniyatsizligi sabab bo‘lgan ekstremal vaziyatlarda: masalan, konsentrasion lagerlardagi shafqatsiz sharoitlarda, qiynash, azoblash, xo‘rlash va ochlik ta’siri ostida o‘zlarini o‘ldirishga urinadilar. O‘zini-o‘zi o‘ldirish to‘g‘risida fikrlarga shuningdek, chidabbo‘lmaydigan og‘riq beruvchi og‘ir, davosiz kasalliklar – saraton va ba’ziboshqakasalliklar ham olibkelishi mumkin. Agar bunda ong xiralashmasdan qolgan bo‘lsa, unda azob-uqubatlarga barham berish haqida tabiiy istak paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘zini-o‘zi o‘ldirishlar va ularning urinishlari turli depressiyalar, psixologik va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ulardan eng ko‘p tarqalgani yolg‘izlik, sherigi yoki yaqin kishisini yo‘qotish, muvaffaqiyatsizlik yoki toptalgan mavqei, obro‘sizlantiruvchi vaziyat, hayotiy manbaini yo‘qotish, bankr
Доказательный фрагмент
«Статья посвящена социальной проблеме суицида среди подростков с девиантным поведением и его причинам.»
Образец извлечения
Демо-превьюСтатья посвящена социальной проблеме суицида среди подростков с девиантным поведением и его причинам. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mental injury, suicide, suicidal morality, intention, cultural-religious influence, ruhiy jarohat, chekish., narkotik, nafrat, suitsid, baxt, depressiya, suitsidal ahloq, qasd, affekt, stress, qo‘rquv, quvonch, alkogol, madaniy-diniy udum, dezadaptatsiya, xavotir, qahr-g‘azab
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026