Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SPORT GIMNASTIKACHILARIDA PSIXOLOGIK BARQARORLIK VA MUSOBAQA STRESSINI BOSHQARISHNING ILMIY ASOSLARI
Saidova Mahbuba Ayubovna · SPORT GIMNASTIKACHILARIDA PSIXOLOGIK BARQARORLIKVA MUSOBAQA ((AsiaInternational University)) · STRESSINIBOSHQARISHNING ILMIYASOSLARI ((AsiaInternational University))
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Mazkur maqola sport gimnastikachilarning psixologik barqarorligi va musobaqa oldi stress holatini ilmiy jihatdan o‘rganish, uning sabablari, oqibatlari hamda stressni kamaytirish bo‘yicha samarali usullarni aniqlashga bag‘ishlangan. Maqolada sportchilarning psixologik tayyorgarligi, musobaqa holatlarida yuzaga keladigan emotsional zo‘riqishlarga qarshi kurashish strategiyalari, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan metodikalar imrad tizimiasosida tahliletilgan. Kalit so‘zlar: sport gimnastikasi, psixologik barqarorlik, stress, musobaqaga tayyorgarlik, emotsional boshqaruv, psixoregulyatsiya, sport psixologiyasi. Kirish: Zamonaviy sportda yuqori natijalarga erishish uchun nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki ruhiy-psixologik barqarorlik ham muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sport gimnastikasi kabi murakkab sport turlarida sportchilarning psixologik holati bevosita ularning harakat sifatiga, ijro aniqligiga va yakuniy natijasiga ta’sir ko‘rsatadi. Olimlarning fikricha, sportda muvaffaqiyatning 50% dan ortig‘i sportchining psixologik holatiga bog‘liqdir (Лазарев В.В.,2015). Sport gimnastikasi yuqori darajada koordinatsiya, tezkorlik, muvozanatni saqlash, chidamlilik va texnik aniqlikni talab qiladi. Shu sababli sportchilar nafaqat jismoniy balki ruhiy-emosional barqarorlikni ham doimiy ravishda saqlab turishlari lozim. Musobaqa sharoitida esa psixologik bosim yanada ortadi. Bu bosimningmanbalari turlichabo‘lib,ularga quyidagilar kiradi: a) G‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishva kutgan natijaga erisha olmaslikqo‘rquvi; b) Muxlislarvamurabbiylar bosimi; c) Hakamlarning ob’ektiv yoki sub’ektiv qarorlari; d) Musobaqa jarayonidagi texnik xatolarehtimoli; e) Raqobatning kuchli darajada bo‘lishi(Weinberg & Gould, 2018). Sportchilarning shaxsiy psixotipi ham stressga bo‘lgan reaksiyalarni belgilaydi. Ekstravert sportchilar ichki motivatsiyani yuqori darajada namoyon qilsalar, introvertlar ko‘proq xavotirga moyil bo‘ladilar (Martens, 1977). Shu bois sportchilarni musobaqa stressiga tayyorlashda yondashuv individual bo‘lishi zarur. Yosh gimnastikachilarda (ayniqsa, o‘smirlar guruhida) stressga qarshi kurashish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning irodaviy sifatlari, o‘ziga ishonch va emotsional barqarorlikni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sportchilarga stressni yengish va o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishni o‘rgatish natijada ularning musobaqa jarayonidagi samaradorligini oshiradi (Yıldız,2020). Bugungi kundasport psixologiyasi sohasidakeng qo‘llanilayotgan strategiyalar – buavto-trening, vizualizatsiya, nafas olishni boshqarish, e’tibor markazini aniqlash va musbat ichki dialog kabi usullardir (Hanin, 2000; Weinberg & Gould, 2018). Bu usullar sportchining psixologik www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 barqarorligini mustahkamlashda va stress darajasini kamaytirishda ishonchli mexanizmlar sifatida tavsiya etiladi. Shu munosabat bilan, ushbu maqolada sport gimnastikachilarining musobaqa davridagi psixologik barqarorlik darajasi, stress manbalari va ularni yengish strategiyalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yosh sportchilarda psixologik qarshilikni shakllantirishga doir zamonaviy metodlarham bayon etiladi. Zamonaviy sportda yuqori darajadagi natijalarga erishish uchun sportchining psixik holati jismoniy holati kabi muhim ahamiyat kasb etadi. Sport gimnastikasi sportchilardan yuqori murakkablikdagi elementlarni aniqlik bilan bajarayotgan chog‘da, aynan musobaqa vaqtida o‘z hissiyotlarini boshqara olish, o‘ziga bo‘lgan ishonch, motivatsiya, stressga chidamlilik kabi sifatlarning mavjudbo‘lishinitalab etadi (Лазарев В.В.,2015). Musobaqa oldidan va vaqtida yuzaga keladigan stress holatlari, sportchining musobaqadagi natijalariga bevosita ta’sir qiladi. Bu stress holatlari ichki va tashqi omillar bilan bog‘liq: g‘alaba istagi, raqibning kuchliligi, murabbiyning umidi, ota-onaning bosimi, auditoriya reaktsiyasi, hakamlar qarori, hamda sportchining individual psixotipi asosiy sabablar bo‘lib xizmat qiladi (Weinberg &Gould, 2018). Sport gimnastikasida bu holat yanada dolzarb bo‘lib, ayniqsa yakkaxon chiqishlarda, yuqori aniqlik va texnikaga asoslangan harakatlar paytida yuzaga keladigan stress sportchining bajaruvchanligiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi. Yıldız (2020) ta’kidlaganidek, sportchining psixologik barqarorligi ularning texnik tayyorgarligidan kam emas darajadanatijani belgilaydi. Shu sababli, gimnastikachilarda musobaqa stressini boshqarish bo‘yicha maxsus psixologik tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish zarur. Bunga relaksatsiya mashqlari, vizualizatsiya, nafasni boshqarish, diqqatni jamlash texnikalari va o‘z-o‘zini ruhlantirish usullari kiradi. Bu uslublar sportchilarni musobaqa holatiga mental tayyorlaydi, qo‘rquv va stressni kamaytiradi, shuningdek, ularda ishonchni oshiradi (Birrer & Morgan,
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola sport gimnastikachilarning psixologik barqarorligi va musobaqa oldi stress holatini ilmiy jihatdan o‘rganish, uning sabablari, oqibatlari hamda stressni kamaytirish bo‘yicha samarali usullarni aniqlashga…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola sport gimnastikachilarning psixologik barqarorligi va musobaqa oldi stress holatini ilmiy jihatdan o‘rganish, uning sabablari, oqibatlari hamda stressni kamaytirish bo‘yicha samarali usullarni aniqlashga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixoregulyatsiya, sport gimnastikasi, sport psixologiyasi., stress, musobaqaga tayyorgarlik, emotsional boshqaruv, psixologik barqarorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014