К содержанию
РецензированоUZ2025

BO‘LAKLI ITUZUMNING YERUSTKI QISMI VA SHIFOBAXSH XUSUSIYATLAR

X. Abduraimov · D.D. Olimova

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

This thesis describes the botanical description, geographical distribution, chemical composition, as well as medicinal properties and use in folk medicine of the sedge family, which belongs to thesedge family. Keywords: Solasodine progesterone, lanceolate, solasoline alkaloid, Addison's disease, pancreatitis, solasodineaglycone. Dunyo yaralibdiki turli tuman kasallik, xastaliklar inson bilan yonma-yon yashaydi. Shuning uchun xam tabobat eng qadim rivojlangan ilmlardan bo‘lib, qadimgi dunyo olimlari uni tabobat san’ati deb ataganlar. Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush qoidalarini keng joriy qilish davlatning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorga asosan, 2021-2025 yillrga mo‘ljallangan O‘zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Aholi salomatligini ta’minlash, turli xil surunkali kasallilar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim o‘rin tutadi. Bronxial astma, bod, revmatoidli artrit, tez o‘tadigan limfoblastli va miyeloblastli leykoz kabi bir necha xil kasalliklarni ananaviy va samarador xalq tabobati usulidadavolashda ituzimniahamiyati kattahisoblanadi. Bo‘lakli ituzum — Solanum laciniatum Ait., ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, bo‘yi 2—2,5 m ga yetadigan o‘t o‘simlik. Plantatsiyada 1 m li, bir yillik o‘t o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Poyasi tik o‘suvchi, biroz qirrali, asos qismi yog‘ochlangan, yuqori qismi ayrisimon shoxlangan. Poyaning pastki qismidagilari bandli, toq patsimon ajralgan, uzunligi 35 sm, poyaning eng ustki qismidagilari esa butun, lansetsimon shaklga ega. Bargi tuksiz, yuqori tomoni to‘q yashil, pastki tomoni och yashil, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari shingilga to‘plangan. Kosachabargi yashil, 5 ta, gultojisi g‘ildiraksimon, to‘q binafsha-rangli, tojbargi 5 ta, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 otaligi 5 ta, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi tuxumsimon, ikki xonali, ko‘p urug‘li, pishganidasariq rangga kiradigan ho‘l meva. Kimyoviy tarkibi: Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bo‘lakli ituzum tarkibida flavonoidlar, alkaloidlar, karotinoidlar va C vitamini kabi muhim bioaktiv moddalarga boy. Ushbu moddalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega. Ayniqsa, fenolik birikmalar va fitosterollar yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va saraton xavfini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Moskva viloyatida o‘stirilgan bo‘lakli ituzum tarkibida (bargida 2,48–3,87%, poyasida 0,26– 0,32%, ildizida 0,81%, xom mevasida 6,16%) 2 ta bir-biriga yaqin bo‘lgan solasonin va solamargin glikoalkaloidlar bo‘lib, ular parchalanganda (har ikkalasi ham) solasodin aglikonini hosil qiladi. Ishlatilishi. Solasodin progesteron (kortizon sintezida muhim oraliq modda) va kartizonni sintez qilib olish uchun mahsulot sifatida ishlatiladi. Kortizon asetat preparatlari bronxial astma, bod, revmatoidli artrit, tez o‘tadigan limfoblastli va miyeloblastli leykoz, yuqumli mononukleoz, neyrodermitlar, ekzema va boshqa teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Kortizon asetat yana Addison kasalligi, gemolitik anemiya, glomerulonefrit, virusli gepatit (sariq kasal), tez o‘tadigan pankreatit, buyrakusti bezlarida gormonlarning yetishmaslik hollari va boshqa kasalliklarni davolashda ham qo‘llaniladi. Xulosa: Tibbiyot va farmatsevtikadagi ahamiyati jihatidan, bo‘lakli ituzum qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda ishlatilgan. Bo‘lakli ituzumni kimyoviy tarkibini zamonaviy fizikaviy tadqiqot usullari yordamida o‘rganish va tahlil qilish, dorivorlik xususiyatiga asoslangan tabiiy mahsulotlar, shifobaxsh oziq ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish hamda ularni in-Vitro, in-Vivo shoroitlarida o‘rganish va amaliyotga joriy etish Prezidentimizning xalq tabobatini rivojlantirish bo‘yicha qaror va farmonlaridagi belgilangan vazifalarni amalga oshirishdamuayyan darajadaxizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 10-apreldagi PQ-4668- son qarori.Toshkent shaxri., 2020-yil 10-aprel. Mavlayanova Z.F., Usmonxodjayeva A.A., Burxanova G.L., Ravshanova M.Z., Butaboyeva M.T. – “Xalq tabobati falsafasi asoslari” o‘quv qo‘llanma 174-bet. Samarqand “Tibbiyot ko‘zgusi” 2021-yil. H.X. Xolmatov, O‘.A. Ahmedov, N.A. Musayeva –“ Farmakognaziya va botanika asoslari” – Toshkent –2017. O‘. Ahmedov, A. Ergashev, A. Abzalov, M. Yulchiyeva, D. Mustafakulov – “Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiyasi”darslik –Toshkent: Shafoat Nur Fayz, 2020. -2

Доказательный фрагмент

«This thesis describes the botanical description, geographical distribution, chemical composition, as well as medicinal properties and use in folk medicine of the sedge family, which belongs to thesedge family.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis describes the botanical description, geographical distribution, chemical composition, as well as medicinal properties and use in folk medicine of the sedge family, which belongs to thesedge family. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Solasodine progesterone, lanceolate, solasoline alkaloid, Addison's disease, pankreatit, Solasodin progesteron, lansetsimon, Addisson kasalligi, solosolin alkaloidi, solasodin aglikonini.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники