К содержанию
РецензированоUZ2025

WEB DASTURLASHNING FRONT-END QISMINI O‘RGATISHDA MODULLI YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

Toʻxtayeva RobiyaRavshanbek qizi · WEB DASTURLASHNINGFRONT-ENDQISMINI O‘RGATISHDAMODULLI · YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

ИКРО журнал · 15 · 183–187 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada web dasturlashning front-end qismini o‘rgatishda modulli yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Modullashtirilgan ta’lim tizimi yordamida talabalar HTML, CSS, JavaScript va React.js kabi texnologiyalarni bosqichma-bosqich va tizimli tarzda o‘zlashtirishlari ta’minlanadi. Tadqiqot davomida modulli va an’anaviy o‘qitish uslublari solishtirilib, eksperimental tajribalar, so‘rovnomalar va testlar asosida natijalar baholandi. Olingan ma’lumotlar modulli yondashuv talabalarning bilim darajasini, mustaqil ishlash salohiyatini va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada kelgusida web dasturlashni o‘rgatishda yangi modullarni joriy etish bo‘yicha takliflar ham ilgari surilgan. Kalit soʻzlar: Modulli yondashuv, front-end dasturlash, web dasturlash ta’limi, HTML, CSS, JavaScript, React.js, ta’lim metodikasi, amaliy topshiriqlar, o‘quv samaradorligi, texnologik ta’lim. XXI asrda raqamli savodxonlik va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlar har bir sohada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, web dasturlash — bu nafaqat zamonaviy veb- ilovalarni ishlab chiqishning asosi, balki yosh avlodni mehnat bozoriga tayyorlashda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida, texnikumlarda va kasb-hunar maktablarida web dasturlash kurslari tobora kengayib, unga talab oshib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda, ayniqsa, foydalanuvchi interfeyslarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi front-end dasturlash alohida o‘rinni egallaydi. HTML, CSS, JavaScript va ularga asoslangan kutubxonalar (masalan, Bootstrap, jQuery, React.js) orqali talabalar nafaqat kod yozish, balki foydalanuvchi uchun qulay, estetik vainteraktiv web sahifalarni yaratishnio‘rganadilar. Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy ta’lim jarayoni yondashuvlarining samaradorligi talabalarning chuqur bilim olishi va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan qaralganda, modulli yondashuv – bu o‘quv jarayonini maqsadli, strukturaviy va bosqichma-bosqich tashkil etish imkonini beruvchi innovatsion uslubdir. Modulli o‘qitish yondashuvi yordamida murakkab kurslar mazmunan kichik, o‘zaro bog‘langan bo‘limlarga ajratiladi, har bir modul yakunida esa aniq natijalar kutib olinadi. Bu esa o‘quvchining individual yondashuv asosida harakat qilishiga, o‘zlashtirish darajasiga mos tezlikda harakatlanishiga va o‘z bilimiustidamustaqilishlashiga sharoit yaratadi. Ushbu maqolada web dasturlashning front-end qismini o‘qitishda modulli yondashuvdan foydalanishning ilmiy asoslari, afzalliklari va ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritiladi. [1] Mavzuning dolzarbligi shundaki, an’anaviy yondashuvlar bilan taqqoslaganda modulli o‘qitish uslubi talabalarning bilim darajasi, mustaqil ishlash salohiyati va amaliyotga tayyorgarligini oshirishda yuqori samara berishi kuzatilmoqda. Shuningdek, maqola davomida eksperimental tajriba, amaliy modullar va ularning natijalari asosida modulli yondashuvning o‘qitishdagi real ta’siritahlil qilinadi. Modulli yondashuv ta’lim tizimida an’anaviy yondashuvlarga qarama-qarshi tarzda rivojlangan bo‘lib, ta’lim mazmunini kichik, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘liq birliklarga ajratish orqali o‘quv www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 jarayonini tizimli, samarali va individuallashtirilgan shaklda tashkil etishga qaratilgan. Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda, modullashtirish bu — bilim, ko‘nikma va malakalarni bosqichma-bosqich, aniq maqsadlar asosida egallash imkonini beruvchi o‘quv strategiyasi hisoblanadi. Har bir modul o‘z ichiga ma’lumotlarni tushuntirish, amaliy mashg‘ulotlar, nazorat topshiriqlari va mustaqil faoliyatni qamrab oladi. Texnologik jihatdan esa, modullashtirish dasturlash jarayonidagi komponentlarga o‘xshash bo‘lib, murakkab tizimni soddalashtirish va funksional bo‘laklarga ajratish tamoyillariga asoslanadi. Bu holat web dasturlashni o‘rgatishda ayniqsa dolzarb bo‘lib, har bir modulda alohida texnologiyani chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi. Zamonaviy pedagogik modellar, xususan Bloomning taksonomiyasi va ADDIE modeli (Tahlil – Dizayn – Ishlab chiqish – Amalga oshirish – Baholash) modulli yondashuvning nazariy asoslarini yanada kuchaytiradi. Bloom taksonomiyasi asosida har bir modul bilim, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintetik faoliyat va baholash bosqichlarini o‘z ichiga oladi, bu esa o‘quvchining intellektual rivojlanishini ko‘p qirrali tarzda ta’minlaydi. ADDIE modeli esa modullarni loyihalash va amalga oshirishda aniq metodologiyani beradi. Jumladan, talabalarni o‘rganish darajasini tahlil qilish, har bir modul uchun ta’limiy dizayn yaratish, dars materiallarini ishlab chiqish, amaliyotda qo‘llash va natijalarni baholash orqali modulli o‘qitishning samaradorligi oshiriladi. Modulli yondashuvning bir qator afzalliklari mavjud: u o‘quv jarayonini aniq tuzilishga ega qiladi, talabalarni mustaqil ishlashga undaydi, o‘zlashtiris

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada web dasturlashning front-end qismini o‘rgatishda modulli yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada web dasturlashning front-end qismini o‘rgatishda modulli yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Modulli yondashuv, React.js, ta’lim metodikasi, front-end dasturlash, amaliy topshiriqlar, JavaScript, texnologik ta’lim., web dasturlash ta’limi, o‘quv samaradorligi, HTML, CSS
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники