К содержанию
РецензированоRU2025

ILK O’RTA ASRLARDA JANGAVOR QUROL-YAROG‘LAR HAMDA HARBIY KIYIM KECHAKLAR TARIXI

Xolov Sherzod Oripovich · ILKO’RTAASRLARDA JANGAVORQUROL-YAROG‘LARHAMDA HARBIY (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · KIYIM KECHAKLARTARIXI (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

B статье дается такая информация, как военная форма, доспехи во времена Тюркского каганата в раннем средневековье, холодное оружие с длинными пластинами или доспехами, шлем с закрытым (Барма)носком и тактика использования длинных щитовидных крючковснебольшим щитом. Annotation: The article provides information such as military uniforms, armor during the time of the Turkic Khaganate in the early Middle Ages, edged weapons with long plates or armor, a helmet with a closed (Barma) toe, and tactics for usinglong shield hooks with asmall shield. Qadimdanoq turklarning qo‘shini yengil qurollangan otliq kamondozlardan iborat bo‘lgan. Bunday qo‘shin tarqoq sak taktikasini qo‘llagan. Aniqrog‘i dushmanga ma’lum masofada turib birdaniga o‘q yog‘dirishgan. Keyinchalik ham turk qo‘shinlarining o‘q va yoy bilan qurollangan yengil otliqlar tashkil etgan bo‘lib, ular tarqoq saf tortgan holda harakat qilishgan. Yozma manbalarda turklarning otda turib kamondan mohirlik bilan o‘q uzishlari alohida ta’kidlanadi[1:. 229.]. Arab, fors, yunon, slavyan va boshqa tillardagi manbalarda ham turklarning jangovor qo‘shini odatda otliqlardan iborat bo‘lganligi qayd etilgan. Xitoy yilnomalaridan biri “Chjou-shu”da turklarning jang qurollari shunday ta’riflanadi: “ularning qurollari shoxsimon yoy va xushtaksimon ovoz chiqaruvchi o‘q, sovut, nayza, qilich va dudama qilich (uzun, og‘ir qilich)lardan iborat... Otda turib kamondan mohirlik bilan o‘q uzadilar” deb ta’kidlaydi. Turli hududlardan topilagan arxeologik materiallar xoqonlik qo‘shining mustahkam po‘lat qurollarga ega bo‘lganligini tasdiqlaydi. Xususan, Oltoy o‘lkasidagi Baliq Sook nomli joyda qurol-aslahalari jang kiyimlari bilan ko‘milgan qadimgi turk jangchisiga tegishli mozor-qo‘rg‘on qazilgan. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu topilmalar orasida qilich, dubulg‘a (shlem), xanjar, o‘q- yoy, sovut kabi jangovar buyumlarning mustahkam temir va kumushdan yasalganligi hamda otliqqaunchalik qiyinchilik to‘g‘dirmaydigan darajada yengil bo‘lganlig ma’lum bo‘ldi. Otliq jangchining yonida, albatta egar-jabduq, murakkab kamon, pastga tomon kengaygan sadoq (unga o‘qlar uchlari yuqoriga qaratilib solingan) bo‘lishi shart edi. Kamarlar qadama bezaklar bilan bezatilgan. Qilich chap tomondan ikkita kamar bilan qiyalatib ta’qilgan. Ko’pincha qurol-aslahalar nayza va bolta bilan to‘ldirilgan. Mudofaa qurol-yarog‘lari uzun plastinkasimon yoki zirxli sovut, yopichiq (barma)li dubulg‘a va uncha katta bo‘lmagan qalqon uzunqalqonsimonilgak orqali yelkagaosilgan[2: С.86-87]. Xoqonlik jangchilarining mahoratini arab mualliflari shunday ta’riflashadi: “Turk yovvoyi hayvonlar, qushlar, nishonlar, odamlarni otadi... ujoni boricha quvlagan holda orqaga va oldinga, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 o‘ng va chapga, yuqoriga va pastga qarab otadi. Xarijit (arab o‘qchisi) kamaon o‘qiga bitta o‘qni joylaguncha, u 10 ta o‘qni otadi. Xarijit tekis joydan otini choptirguncha, u o‘z otida tog‘ yoki vodiydan tushub, katta tezlik bilan choptiradi. Turkning to‘rtta ko‘zi bor – ikkitasi yuzida, ikkitasi esagardanida”. VI-VII asrlarda qo‘shin jang taktikasiga ega, o‘z kuchi va malakasiga ishongan bo‘linmalar ko‘rinishida bo‘lgan. Qattiq asosdan yasalgan uzangi va egarning keng tarqalishi turk jangchisining nayza bilan xujumini yanada kuchliroq qilib, teshib (yorib) o‘tishini ta’minlagan. Kamondan kuchli zarb bilan yakka nishonni muljallab zo‘r va bexato otishgan. Kamon tushirilgan holda tutilgan, bu esa kamonning butun kuchini otishga saqlash imkonini bergan. O‘q pati yumshab yektmasligi uchun o‘qdonning tagi kengaygan bo‘lgan, bu esa o‘z navbatida o‘qning bir xilligini ta’minlagan. Ikkinchi, o‘qchi kamarning bo‘lishi, aftidan, jang vaqtida kamon va sadoqni almashtirishni osonlashtirishbilan bog‘liq bo‘lgan[3:С.88]. Qadimgi turklarda har xil turdagi uch parrakli o‘q uchlari keng tarqalgan. Ularning zimmasi yengil qurollangan dushmanni otishga muljallangan. Keyinchalik ikki va to‘rt parrakli, shuningdek, yassi o‘q uchlari ham paydo bo‘lgan. O‘q uchlari ba’zan suyakdan ham yasalgan biroq ular juda kam uchraydi, o‘qlar asosan temirdan qilingan, temir kam bo‘lgan joylardagina suyakdan yasalgan bo‘lishimumkin. Arxeologik topilmalar orasida ba’zan o‘q uchlaridan tashqari o‘qning yog‘ochdan qilingan qismlaring qoldiqlari ham uchraydi. O‘qlarning turli bo‘yoqlarga bo‘yalganligi esa jangchiga urush vaqtida kerakli o‘vquchini adashmasdan teztopishiniqulaylashtirgan. Qadimgi turk jangchilaring dushmanga qarshi olib borgan masofali janglarida asosan murakkab tuzilishga ega suyal va shoxdan qoplamali kamon va temir uchli o‘qdan foydalanigan. Qurol-yarog‘larning qoldiqlari Tyan-Shandagi ot bilan ko‘milagn qadimgi turk qabrlaridan, faqat erkaklarning mozorlaridan topilgan. Mazko‘r topilmalar asosida qadimgi turk jangchisining qurol-yarog‘lari haqida ma’lum bir tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin. Qilich va uzu

Доказательный фрагмент

«B статье дается такая информация, как военная форма, доспехи во времена Тюркского каганата в раннем средневековье, холодное оружие с длинными пластинами или доспехами, шлем с закрытым (Барма)носком и тактика использов…»

Образец извлечения

Демо-превью

B статье дается такая информация, как военная форма, доспехи во времена Тюркского каганата в раннем средневековье, холодное оружие с длинными пластинами или доспехами, шлем с закрытым (Барма)носком и тактика использов… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qadimgi turk, yengil qurollangan, manbalarda turklarning, otda turib, turib kamondan, kamondan mohirlik, topilmalar orasida
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники