К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM OLISH KONSTITUTSIYAVIY HUQUQDIR

M. Genjabayeva · O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM OLISHKONSTITUTSIYAVIY

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida ta’lim olish huquqining asosiy qonun darajasida mustahkamlanishi va jamiyatning ta’lim darajasini oshirish mamlakatimiz oldidaturgan eng asosiy maqsadlardan biri ekanligi yoritib beriladi. Kalit so’zlar: Ta’lim olish huquqi,ta’lim va tarbiyaning demokratik xarakteri,o’rta maxsus va oliy ta’lim,professional ta’lim,MTT,davlatva nodavlat ta’limmuassasalari, Konstitutsiyamizda alohida normaning belgilanishi va davlat raxbarining olib borayotgan bu boradagi siyosati natijasida ta’lim bo’yicha bir nechta xalqaro reytinglarda mamlakatimizning o’rni yuqorilab bormoqda. Jumladan, 2022-2023yilda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27,7 foizdan 72 foizga, MTTlar (Maktabgacha ta’lim tashkiloti) soni 5211 tadan 29mingdan ziyodga yetkazildi.Ayni vaqtda esa dunyoda jami 300millionga yaqin bolalarta’lim olish huquqidan mahrum bo’lmoqda. Ta’lim olish huquqining Konstitutsiya darajasida qayd etilishi yuksak ahamiyati hamda ulkan ma’no mazmun kasb etadi. Zero,bugungi kundagi eng qimmat resurs-inson kapitalining yaratilishida ta’lim tizimining o’rni beqiyos hisoblanadi.Ta’lim olish huquqi shaxsni butun jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib, malaka va kompetensiyaga ega bo’lishda davlat tomonidan ta’minlanadigan tashkiliy imkoniyatlarmavjud bo’lishinikafolatlaydi. Asosiy qism: Ta’lim – bu bilim berish, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o’qitish tushunchasini anglatadi, lekin u faqat turli tipdagi o’quv yurtlarida o’qitish jarayonini emas, o’quvchilarning bilish qobiliyatini o’stiruvchi asosiy omil ham hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati o’sadi. Ta’lim haqida turli nazaryalar mavjud bo’lib, ba’zi nazaryalar ta’limni jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy tuzilishiga bog’liq bo’lmagan hodisa sifatida baholasalar, ba’zilari ta’limning sinfiy xarakterga ega ekanligini u jamiyatning har bir azosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy huquqiy qarashlarini shakllantirish maqsadi sari qaratilganligini ta’kidlaydi. Ta’lim olish huquqi har bir insonning fundamental huquqlaridan biri hisoblanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham ta’lim olish huquqi alohida norma (50-modda) sifatida mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasi ta’lim olish huquqiga oid eng muhim kafolatlarni ham Konstitutsiyada belgilaydi. Bukafolatlar quyidagilar: Har kim ta’lim olishhuquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishinita’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’limvatarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlaryaratadi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Davlat bepul umumiyo’rta ta’limvaboshlang’ich professional ta’limolishni kafolatlaydi. Maktabgacha ta’limva tarbiya, umumiy o’rta ta’limdavlat nazoratidadir. Alohidata’limehtiyojlariga egabo’lgan bolalaruchun inklyuzivta’lim vatarbiya ta’minlanadi. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli. Oliy ta’lim tashkiloti akademik erkinlik,o’zini o’zi boshqarish,tadqiqotlar o’tkazish va o’qitish erkinligi huquqiga ega. Davlat o’qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy forovonligi, kasbiy jihatdan o’sishito’g’risidag’amxorlikqiladi. O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatini umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, madaniy va fan bobidagi an’analarini, jamiyatning istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda yurgizadi. O’zbekiston Respublikasida “Ta’lim to’g’risida’’gi qonuni 2020-yil 23-sentyabr kuni qabul qilingan bo’lib, uning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta’lim tizimi turlari va shakllari aniq belgilab qo’yildi. Unda belgilangan ta’lim turlari quyidagilardan iborat: –maktabgachata’lim vatarbiya; –umumiy o‘rtava o‘rtamaxsusta’lim; –professional ta’lim; –oliy ta’lim; –oliy ta’limdan keyingi ta’lim; –kadrlarni qaytatayyorlash va ularning malakasini oshirish; –maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy- axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limgatayyorlashga qaratilgan ta’limturidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limgabir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekistonRespublikasi Qonuni bilan belgilanadi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmala

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida ta’lim olish huquqining asosiy qonun darajasida mustahkamlanishi va jamiyatning ta’lim darajasini oshirish mamlakatimiz oldidaturgan eng asosiy maqsadlardan biri ekanligi yori…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida ta’lim olish huquqining asosiy qonun darajasida mustahkamlanishi va jamiyatning ta’lim darajasini oshirish mamlakatimiz oldidaturgan eng asosiy maqsadlardan biri ekanligi yori… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ta’lim olish huquqi, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, professional ta’lim, ta’lim va tarbiyaning demokratik xarakteri, o’rta maxsus va oliy ta’lim, MTT
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники