К содержанию
РецензированоUZ2025

TEXNOLOGIK QARAMLIK VA O‘SMIRLAR RUHIY SALOMATLIGI: EMPIRIK VA PATOFIZIOLOGIK TAHLIL

G’ulomova Madinabonu G’iyosiddinqizi · PATOFIZIOLOGIK TAHLIL (Kokand University Andijonfiliali tibbiotfakulteti)

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada gajetamaniya, ya’ni elektron qurilmalarga qaramlikning depressiya bilan bog‘liqligi har tomonlama tahlil qilinadi. Ushbu bog‘liqlikning fiziologik, patofiziologik, patologik va endokrinologik jihatlari asosida sabab va oqibatlari aniq statistik ma’lumotlar yordamidayoritiladi. Kalit so‘zlar: gajetamaniya, depressiya, elektron qurilmalar, texnologik qaramlik, psixologik ta’sir, stress gormonlari, melatonin, kortizol, uyqu buzilishi, yoshlar ruhiy salomatligi, dopamin disbalansi, ijtimoiy izolyatsiya, serotonin, nevrologik o‘zgarishlar. Mavzuning dolzarbligi; Bugungi kunda texnologik vositalarning ommaviylashuvi natijasida insonlarning elektron qurilmalarga bo‘lgan qaramligi ortib bormoqda. Ushbu hodisa gajetamaniya deb atalib, u insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gajetamaniya depressiya rivojlanishiga sabab bo‘luvchi muhim omillardan biri hisoblanadi[1]. Dunyodagi 10 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar orasida o'limning ikkinchi yetakchi sababi o'z joniga qasd qilishdir[5]. Kuniga 3 soatdan ortiq ijtimoiy tarmoqlarda bo'lish xavotir va depressiya darajasini 25% ga oshiradi. 2024yilda o'tkazilgan xalqaro o'rganishda 15-18 yoshdagi o'smirlarning 60% dan ortig'i akademik stress sababli uyqu buzilishi va charchoqdan shikoyat qilgan. 2020-yilda Yaponiya Milliy Sog‘liqni Saqlash Instituti tomonidan olib borilgan tadqiqotda ko‘rsatilishicha, ekran oldida 4 soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan insonlarning uyqu sifatida 29% yomonlashish kuzatilgan[6]. Smartfon va kompyuter ekranlari chiqaradigan ko‘k yorug‘lik melatonin ishlab chiqarilishini 35% gacha kamaytiradi, bu esa uyqu sifatining buzilishiga olib keladi[2]. Uyqu yetishmovchiligi esa depressiyaning eng asosiy sabablaridan biridir. Doimiy ekran stimulyatsiyasi miya dopamin tizimini ortiqcha faollashtirib, tabiiy mukofot tizimining ishdan chiqishiga olib keladi[3]. Natijada, odam odatiy hayotiy zavqlanish hisini yo‘qotadi, bu esa depressiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Smartfon ekraniga uzoq qarash natijasida ko‘z mushaklarining charchashi va miyadagi kognitiv yuklamaning ortishi kuzatiladi, bu esa charchoq va ruhiy tushkunlikni keltirib chiqaradi. Elektron qurilmalar bilan ortiqcha shug‘ullanish kortizol gormonining ko‘payishiga sabab bo‘lib, bu uzoq muddat davom etsa, miya tuzilishida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelishi va depressiya rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Shuningdek, haddan tashqari ekran vaqti jismoniy faollikni kamaytirib, organizmda kislorod almashinuvining sustlashishiga sabab bo‘ladi. Bu esa umumiy ruhiy holatning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Gajetamaniyaning depressiyaga bog’liqligmexanizmi: Miya korteksi, ayniqsa prefrontal korteks (PFC), insonning ongli fikrlash, rejalashtirish, impulslarni nazorat qilish va hissiyotlarni boshqarish jarayonlarida asosiy rol o‘ynaydi. Gajetamaniyaning doimiy ravishda PFC faoliyatini pasaytirishi depressiyaning shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Dopamin retseptorlarining haddan tashqari stimulyatsiyasi → Gajetamaniyaga olib keluvchi surunkali ekran ta’siri PFCdagi D2 retseptorlarining faollashuvini kamaytirib, odamni mukofotga bog‘liq qilib qo‘yadi. Kortizol darajasining oshishi → Prefrontal www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 korteks stress ta’siriga sezgir bo‘lgani uchun, haddan tashqari foydalanish kortizol ishlab chiqarilishini oshiradi, bu esa depressiyani kuchaytiradi. Kuniga 4-5 soatdan ortiq smartfon yoki kompyuter ekranidan foydalanadigan insonlarning prefrontal korteks qalinligi 10-15% ingichkalashgan hamda PFC faoliyati pasayib, depressiv epizodlarga moyillik ortgan. Gippokampus yangi xotiralarni shakllantirish, hissiyotlarni boshqarish va stressga javob berishda muhim rol o‘ynaydi. Doimiy ekran stimulyatsiyasiga duchor bo‘lgan o‘smirlarda gippokampus hajmi o‘rtacha 7-10% kichiklashgan, neyrogenez jarayonini 18-20% kamaytirgan. Amigdala insonning stress, qo‘rquv va xavotir holatlariga javob beruvchi miya qismi. Amigdala hajmining ortishi → Doimiy texnologik stimulyatsiya natijasida miya doimiy “jang yoki qoch” rejimida bo‘lib qoladi, bu esa depressiyani kuchaytiradi. Texnologiyaga ortiqcha bog‘liqlik amigdala hajmini 10%, sezgirligini 15-20% oshirgan. BDFN (Brain-Derived Neurotrophic Factor) kamayishi → Bu oqsil miya neyronlarining o‘sishi va regeneratsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Gajetamaniya BDFN darajasini kamaytirib, yangi neyronlar hosil bo‘lish jarayonini 15-20% sekinlashtirishi mumkin. Tadqiqotmaqsadi: O‘smirlarning mental salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish va bu muammolarni yengillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishdir. Texnologiyalar va stressning o‘smirlar mental salomatligiga bo‘lgan ta’sirini aniqlash. Ota-onalar, o‘qituvchilar va sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislariga tavsiyalar berish. Ijtimoiy

Доказательный фрагмент

«Mazkur ilmiy maqolada gajetamaniya, ya’ni elektron qurilmalarga qaramlikning depressiya bilan bog‘liqligi har tomonlama tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ilmiy maqolada gajetamaniya, ya’ni elektron qurilmalarga qaramlikning depressiya bilan bog‘liqligi har tomonlama tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uyqu buzilishi, yoshlar ruhiy salomatligi, serotonin, depressiya, stress gormonlari, texnologik qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya, nevrologik o‘zgarishlar., psixologik ta’sir, dopamin disbalansi, kortizol, melatonin, gajetamaniya, elektron qurilmalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники