К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA STEAM TA’LIM DASTURINING O`RNI

Guliston davlatpedagogika Abduraxmonova Manzura Furqatqizi · Elmuratova Dilrabo Muxammatovna (instituti,”Maktabgachava Gulistan statepedagogical institute) · BOSHLANG`ICH SINFMATEMATIKA DARSLARIDASTEAMTA’LIM (instituti,”Maktabgachava Gulistan statepedagogical institute) · DASTURINING O`RNI (instituti,”Maktabgachava Gulistan statepedagogical institute)

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematika darslarida STEAM datsurining ahamiyati va STEAM dasturining ta’lim tizimidagi o`rnini yoritib beradi. Mazkur maqola STEAM dasturi va boshlang`ich sinf matematika darslarini zamonaviy tashkil etish usullarini o`rganishga yordam beradi.Maqola boshlang`ich sinf matematika darslarida STEAM texnologiyasining afzalliklarini yoritishga qaratilgan. KALIT SO`ZLAR: algoritm,zamonaviy dars, texnologiya, harakat , g`oya, muhandislik, texnika, dastur, nazariya, tasavvur. KIRISH.Ta’lim–mamlakat kelajagining ko’zgusi bo`lib, bilimni boyitish amaliy jihatdan kasbiy ko’nikmalarni shakllantirishga erishishdagi imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’lim va tarbiya jarayonining alohida amaliy ahamiyatini aks ettiradi. Bu hozirgi kunda ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi bilvosita aloqadorlikni ta’minlashga nisbatan dolzarb talablarni shakllantiradi.Matematika bu inson hayotida muhim o`rin tutuvchi fan hisoblanadi.Albatta, barcha fanlarning inson hayotida o`z o`rni bor lekin, matematika fanlar shohidir.Matematika barcha fanlar negizini o`zida mujassam etuvchi fandir. Matematika deganda aksar insonlar faqatgina hisob-kitobni o`z tasavvurlariga keltiradilar .Umuman olganda bu qarash matematikaning mazmunini to`liq tashkil etmaydi, matematika bu butun yer kurrasi hattoki, koinot ilmlarini ham o`z ichiga oluvchi fandir. Uning qamrov doirasi cheksiz bo`lib, hayot davom etar ekan har bir bosgan qadamimiz ham matematikaga borib taqaladi[1]. Har bir pedagog o`z qiziqarli qilib o‘tishga harakat qilishi lozim. Har bir darsni hayotga bog‘lab va dars yakunida xulosalar chiqarib olishlari uchun o`quvchilarga imkoniyatlar yaratishi ham muhim ahamiyatga ega. O`quvchilarni maktab bilan bog‘lash kerak, chunki bu muqaddas dargohda ular ta’limoladilar, ilmo`rganadilar. Shuning uchun ham matematika fani bo`yicha bilimlar o`quvchilarga boshlang`ich sinflardanoq berib boriladi.Chunki matematika fanini yaxshi o`zlashtirgan o`quvchilar harqandayb masalaga ham mantiqiy, ham tanqidiy yondasha oladilar va tezkorlikda to`g`ri xulosa chiqaradilar.Matematika fani o`quvchilarda diqqatni jamlash va to`g`ri maqsad qo`ya olish ko`nikmasini shakllantirib, bu maqsadga erishish uchun algoritmik tardagi tartibni ta’minlashdavatafakkurni o`stirishdakattao`rin tutadi. MATERIAL VA USLUBLAR.Matematika olamni bilishda katta ahamiyat kasb etadiva shu bois ham bugungi kunda matematika darslarini rivojlantirish, bu fanni o`quvchilarga chuqur o`rgatish va ularga zamonaviy bilimlar berish yuzasidan ko`plab dasturlar ishlab chiqilmoqda . Bunday dasturlardan biri STEAM (inglizcha S-science-tabiiy fanlar,T-technology-texnologiya,E- engineering-muhandislik,A-arts-san’at,M-mathematic-matematika) dasturi sanaladi.Bu dastur fanlararo integratsiya asosida qurilgan ta’lim berish modelidir.Bu modelda fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika birgalikda o`rganiladi va o`quvchilarda buy o`nalishlarga oid www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 umumiy ko`nikmalar rivojlantiriladi[2]. STEAM ta’lim texnologiyasi ilk marotaba Amerikada Qo`shma Shtatlarida 2011-yili ishlab chiqilgan.Dastlab STEAM dasturining modeli STEM ko`rinishida bo`lib, undagi ta’lim berish texnologiyasi tabiiy fan,texnologiya,muhandislik va matematikani o`qitishga qaratilgan. STEM ta’lim quyidagi xususiyatlarga ega: 1)STEM ta’limibinarmashg‘ulotlar,loyihalar, o‘quvtadqiqotlariga tayanadi; 2)STEM ta’limimuhitidabilimlarni saqlash muhimdir; 3)STEM nafaqat ta’lim oluvchiga biron-bir mavzu haqida ma'lumot berish, balki o‘quvchiga ushbu mavzuni haqiqiy hayotga qanday tatbiq etish va kelajakda undan qanday foydalanish lozimligini ko‘rsatishga qaratilgan. Masalan, an'anaviy matematik kurs o‘quvchiga tenglamani o‘rgatishi mumkin, ammo ta’lim oluvchi ushbu tenglamani haqiqiy hayotdagi vaziyatlarga qanday qo‘llashni bilmasligi mumkin; 4)STEM ta’limi o‘quvchiga matematik tenglamani o‘rgatadi hamda undan fan yoki muhandislik kabi turli sohalarda qanday foydalanish mumkinligiga yo‘nalish beradi; 5)STEM ta'limi diqqatni jalb qilishga, tanlab olingan mavzuning barcha qismlariga chuqurroq kirishga, fanlarni umumiy emas, balki aynan birqisminiqamrab oladi; 6)STEM ta’limi oluvchilarni to‘g'ridan-to‘g'ri mavzuga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan tadbirlarga jalb qiladi, natijada ta’lim oluvchilarning qiziqishi ortib boradi va bo‘shliqni cheklaydi; 7)STEM ta’limida aynan bir qolip mavjud emas, dars bola shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak[5]. Keyinchalik esa 4 ta yo`nalish o`z ichiga olgan STEM dasturi san’atni ham o`z ichiga qamrab oladi va STEAM ta’lim texnologiyasi yaratildi. Olimlarning fikricha, san’atni ushbu dasturga qo`shish orqali o`quvchilarda tassavvur qilish doirasi kengayadi va ijodiy ko`nikma ya’ni har bir masalaga ijodkoronayondashish ortadi. Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyasining vazifasi o‘quvchilarni tabiiy va texnik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematika darslarida STEAM datsurining ahamiyati va STEAM dasturining ta’lim tizimidagi o`rnini yoritib beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematika darslarida STEAM datsurining ahamiyati va STEAM dasturining ta’lim tizimidagi o`rnini yoritib beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tasavvur., texnologiya, harakat, muhandislik, g`oya, texnika, dastur, zamonaviy dars, nazariya, algoritm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники