К содержанию
РецензированоUZ2025

MUHAMMAD IBN HASAN SHAYBONIY VA ZOHIR AR-RIVOYA: HANAFIYLIK FIQH MEROSINING USTUNLARIDAN BIRI

O’tkirov Qosimxon · MUHAMMADIBNHASANSHAYBONIYVAZOHIR AR-RIVOYA: HANAFIYLIK · FIQH MEROSININGUSTUNLARIDAN BIRI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu ilmiy maqola Muhammad ibn Hasan Shayboniy va uning Zohir ar-Rivoya asarlari orqali hanafiy fiqhining rivoji va uning huquqiy tafakkuridagi o‘rnini tahlil qiladi. Shayboniy, Imom A’zam Abu Hanifa, Abu Yusuf bilan birga hanafiy mazhabining asoschilaridan biri bo‘lib, uning asarlari nafaqat fiqhiy masalalar, balki musulmonlarning ijtimoiy va xalqaro hayotini tartibga solishga xizmat qilgan. Maqola Shayboniy asarlarining mohiyatini, ayniqsa “Zohir ar-Rivoya” to‘plamini va uning zamonaviy islom huquqshunosligidagi ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, maqolada Shayboniy tomonidan yaratilgan metodologiya, masalalarni yechishdagi yuksaklik va ularning ijtimoiy ehtiyojlarga javob berishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Bu ilmiy ish, Shayboniy merosining hanafiy fiqhi uchun ahamiyatini va uning bugungi kundagi ta’sirinichuqur tahlil qiladi. Kalit so‘zlar: Muhammad ibn Hasan Shayboniy, Zohir ar-Rivoya, Hanafiya fiqh, Fiqhiy metodologiya, Ijtihod, Xalqaro islomhuquqi, Saraxsiy, As-Siyar al-Kabir, Fiqhiy asarlar. Islom huquqiy tafakkurining shakllanishi va rivojida alohida o’rin egallagan olimlardan biri bu - Muhammad ibn Hasan Shayboniydir. U hanafiy mazhabining uch asoschisi - Imom A’zam Abu Hanifa, Abu Yusuf va Shayboniy - orasida o’zining boy ilmiy merosi bilan ajralib turadi. Muhammad Shayboniyning yozgan asarlari nafaqat hanafiy fiqhining asosiy poydevorini tashkil etgan, balki musulmonlarning kundalik hayotidan tortib, xalqaro aloqalarigacha bo’lgan ko’plab masalalarni fiqhiy mezonlarasosidatartibga solgan. Muhammad Shayboniy hijriy 132 yilda Kufada tavallud topgan. Yoshligida Qur'on va hadis ilmlarini o’rganib, keyin fiqhga chuqur kirib bordi. Uning eng mashhur ustozlari - Imom A’zam Abu Hanifa va Abu Yusuf bo’lib, ularning metodologiyalarini davom ettirdi. Shuningdek, Shayboniy o’z ijtihodiy salohiyati bilan hanafiy fiqhini kengaytirib, uni turli ijtimoiy va siyosiy holatlarda tatbiq qilishimkoniniyaratdi. Shayboniy nafaqat rivoyatchi, balki mustaqil mujtahid sifatida tanilgan. U ko’plab fiqhiy masalalarda o’z qarashlariga ega bo’lib, ayrim hollarda ustozlaridan farqli fatvolar bergan. Bu holat hanafiy fiqhning ichki boyligi va tafovutlifikrlar orqali taraqqiy topganligini ko’rsatadi. Zohir ar-Rivoya asarlari Imom Shayboniyning fiqhiy merosida eng mashhur va asosiy asarlar to’plami “Zohir ar-Rivoya” deb nom olgan. Ushbu nom ostida jamlangan oltita asar hanafiylik fiqhining asosiy manbai hisoblanadi. Shuningdek, keyingi davrlardagi islom huquqshunos olimlari uchun ham ushbu asar tayanch manbalardan biri bo’libxizmat qilgan. Bu asarlarquyidagilardan iborat: 1. al-Asl (yoki al-Mabsut) - eng katta hajmga ega bo’lgan fiqhiy asar. Unda ibodat, muomalat, jinoyat, nikoh, taloq, vasiyat, meros kabi islom huquqshunosligining asosini tashkil qiluvchi ko’plab mavzulartartibli tarzdakeltirilgan. 2. al-Jome as-Sag’ir - fiqhiy qoidalar va fatvolar to’plami bo’lib, qisqacha va yengil o’rganiladigan shaklda yozilgan. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 3. al-Jome al-Kabir - kengroq izohlar bilan bayon etilgan bo’lib, fiqhiy qiyos va istihson kabi metodlar yaqqol ko’rinadi. 4. as-Siyar as-Sag’ir - musulmonlar va boshqa din vakkillari o’rtasidagi munosabatlar, urush va sulhqoidalarini o’zichiga olgan muhimfiqhiy risola. 5. as-Siyar al-Kabir - xalqaro fiqhning eng muhim manbasi hisoblanadi. Unda elchilik, asirlar bilan muomala, urush qonun-qoidalari, shartnomalar kabi masalalar keng yoritilgan. 6. az-Ziyodot - ilgari keltirilmagan yoki ayrim manbalarda qisqacha yoritilgan masalalarni to’ldiruvchi fiqhiy qo’shimchalar. Ushbu to’plamda Shayboniy fiqhiy masalalarni faqat matn tarzida keltiribgina qolmay, balki ba’zida ijtihodiy asoslarini ham bayon qiladi. Ayniqsa, al-Asl kitobida qiyos (analogiya), istehson (yaxshiroq yechim izlash), urfvamaslahat kabi fiqhiy metodlar keng qo’llangan. As-Siyaral-Kabir vaxalqaro huquq Shayboniyning “as-Siyar al-Kabir” asari o’z davrida musulmonlarning boshqa davlatlar va xalqlar bilan bo’lgan aloqalarini huquqiy jihatdan tartibga solgan. Bugungi kunda bu asar islomiy xalqaro huquqning klassik manbasi sifatida baholanadi. Asarda quyidagi mavzular keng muhokama qilingan:  Urush vatinchlik shartlari  Asirlar huquqlari  Hududiy xavfsizlik  Elchilik vadiplomatik aloqalar  Boshqa dinvakillari bilan muomala Ushbu asar Saraxsiy tomonidan “Sharh as-Siyar al-Kabir”nomi bilan kengqamrovli tarzdasharh qilingan. Shuningdek ba’zi o’rinlarda qo’shimcha izohlarni kiritib manbani yanada sharhlar bilan boyitgan. Saraxsiyning sharhi va “as-siyar al-kabir”ning matni deyarli qo’shilib ketgan bo’lib ularni ajratib olish qiyin. Ba’zi malumotlarda aytilishicha Muhammad ibn Hasan Shayboniyning “as-siyar al-kabir”asari aynan Saraxsiyning sharhi orqali bizgacha yetib kelgan. Shayboniyasarlari ta’siri vamerosi Muhammad bin Hasan Shayboniy asarlari hanafiy fiqhda “Zohir ar-Rivoya” deb nomlangan t

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqola Muhammad ibn Hasan Shayboniy va uning Zohir ar-Rivoya asarlari orqali hanafiy fiqhining rivoji va uning huquqiy tafakkuridagi o‘rnini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqola Muhammad ibn Hasan Shayboniy va uning Zohir ar-Rivoya asarlari orqali hanafiy fiqhining rivoji va uning huquqiy tafakkuridagi o‘rnini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Muhammad ibn Hasan Shayboniy, Xalqaro islom huquqi, As-Siyar al-Kabir, Ijtihod, Saraxsiy, Fiqhiy asarlar., Hanafiya fiqh, Fiqhiy metodologiya, Zohir ar-Rivoya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники