К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘TKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA JAMIYAT VA INSON RUHIYATI TASVIRI

Ibragimova Madina · RUHIYATI TASVIRI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

This article discusses socio-spiritual problems, conflicts between family and society, as well as the inner experiences of the human psyche in the novel “Ikki eshik orasi ” by the people's writer of Uzbekistan, Otkir Hoshimov. The work analyzes the contradictions between the hard life of the people, their values, and moral norms and modernity in a deep philosophical sense. This article studies the writer's writing style based on realism and his skill in creating images. Keywords: Otkir Hoshimov, Ikki eshik orasi, realism, society, family, spiritual experiences, Uzbek literature, prose, moral conflict. O‘tkir Hoshimov – o‘zbek milliy adabiyotining zabardast vakillaridan biri, taniqli yozuvchi va jamoat arbobi sifatida xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan shaxsdir. U 1941-yil 5-avgust kuni Toshkent shahrining Do‘mbirobod mahallasida oddiy, mehnatkash oilada dunyoga kelgan. Uning bolalik yillari Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi og‘ir davrga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu hayotiy sinovlar kelajakdagi yozuvchi shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida muhim ro‘l o‘ynagan. U o‘z xotiralarida: “O‘sha davrda non tanqis bo‘lishi mumkin edi, lekin kutubxonalarda kitoblarbisyor edi”,–deya yozgan edi. Yoshligidan kitobga oshno bo‘lgan O‘tkir Hoshimov pochtada xat tashuvchi bo‘lib ishlagan. Bu ish unga oddiy xalqning kundalik hayoti, quvonch va tashvishlari bilan yaqindan tanishish imkonini bergan. Ana shu tajribalar keyinchalik uning asarlarida realistik, hayotiy obrazlar orqali o‘z ifodasini topgan. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 U 1964-yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti (sobiq Toshkent Davlat universiteti)ning filologiya fakultetini jurnalistika yo‘nalishida sirtdan tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1959-yilda “Qizil O‘zbekiston” gazetasida boshlagan O‘tkir Hoshimov keyinchalik “Toshkent haqiqati” (1963–1966) va “Toshkent oqshomi” (1966–1982) nashrlarida adabiy xodim sifatida faoliyat olib borgan. Adibning yozuvchilik faoliyati 1962-yilda chop etilgan “Po‘lat chavandoz” nomli ocherklar to‘plami bilan boshlangan bo‘lsa-da, unga haqiqiy muvaffaqiyat va mashhurlikni 1970-yilda e’lon qilingan “Bahor qaytmaydi” qissasi keltirdi. Keyinchalik “Ikki eshik orasi” romani va “Dunyoning ishlari” qissasi bilan u o‘zining o‘ziga xos adabiy uslubi, real hayotiy voqealarni chuqur tahlilqilish qobiliyati orqali kitobxonlare’tiboriniqozondi. O‘tkir Hoshimov ijodining asosiy mavzusi – inson va jamiyat, oila va axloq, qadriyatlar va zamonaviylik o‘rtasidagi munosabatlar tahlilidir. U oddiy odamlar hayotini katta mahorat bilan aks ettirib, jamiyatdagi muammolarnibadiiy vositalar orqali chuqurochib beradi. Yozuvchi O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasida rahbarlik lavozimida ishlagan va o‘zining ijodiy faoliyati bilan o‘zbek adabiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning asarlari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, yoshlar va kattalar orasida sevib o‘qiladigan ijodnamunalari qatoridan joyolgan. O‘tkir Hoshimov – o‘zbek adabiyotida chuqur psixologik tahlil va jamiyat hayotiga real yondashuv orqali ajralib turuvchi yozuvchilardan biridir. Uning ijodida inson ichki olami, axloqiy me’yorlar, oila va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar markaziy o‘rin egallaydi. “Ikki eshik orasi”romani ushbujihatlarning yorqin ifodasi sifatidae’tirofetiladi. Roman bosh qahramoni – Nurilla ota, hayotning achchiq va shirin damlarini boshidan o‘tkazgan, halol mehnat va poklikni hayotining asosiy mezoni deb bilgan obrazdir. Asarda Nurilla otaning oilasi, atrofidagi odamlar, ularning hayotga bo‘lgan qarashlari orqali o‘zbek jamiyatining o‘tgan asr oxiri holati ko‘rsatiladi. Roman zamirida ikki asosiy g‘oya mujassam: halollik va sabr, o‘tmish vakelajak orasidagi muvozanat. Nurilla ota va uning farzandlari orasidagi qarashlar ziddiyati, ayniqsa, yangi avlodning moddiy boylikni axloqiy qadriyatlardan ustun qo‘yishi orqali yozuvchi jamiyatdagi ma’naviy inqirozni fosh qiladi. Romanda “ikki eshik orasi” iborasi ramziy ma’no kasb etib, hayot va o‘lim, o‘tmish va kelajak, yaxshilik vayomonlik orasidagi tanlovlar timsolisifatida talqin qilinadi. O‘tkir Hoshimov o‘zining badiiy uslubida sodda, ammo chuqur ma’no anglatadigan tilda fikr yuritadi. Obrazlar hayotiy, ularning harakat va fikrlari orqali o‘quvchi o‘zini ushbu jamiyat a’zosi sifatida his qiladi. Nurilla ota, Mahzuna, Jasur kabi obrazlar orqali yozuvchi turli tabaqadagi odamlarning ichki dunyosini yoritadi. Shuni ham aytish joizki, adib o‘z asarlarida inson taqdirining murakkabligi va hayotning sinovlarga boy yo‘llarini yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. U avvalo urush kabi tinchlikni izdan chiqaruvchi, hayotga mislsiz zarar yetkazuvchi ofatni yoritadi. Asardagi obrazlar — oddiy xalq vakillari, ularning ichki dunyosi, or-nomusi, jasorati, vatanparvarlik tuyg‘usi va sabr-toqati orqali muallif o‘quvchiga chuqur ta’sir o‘tkaz

Доказательный фрагмент

«This article discusses socio-spiritual problems, conflicts between family and society, as well as the inner experiences of the human psyche in the novel “Ikki eshik orasi ” by the people's writer of Uzbekistan, Otkir…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses socio-spiritual problems, conflicts between family and society, as well as the inner experiences of the human psyche in the novel “Ikki eshik orasi ” by the people's writer of Uzbekistan, Otkir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Otkir Hoshimov, Ikki eshik orasi, realism, society, family, spiritual experiences, ruhiy kechinmalar, o‘zbek adabiyoti, realizm, oila, jamiyat, nasr, O‘tkir Hoshimov, axloqiy ziddiyat.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники