Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY SAN’ATNING AHAMIYATI
Fayzullayeva DilnavozJahongirqizi · MAKTABGACHAYOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASH VA · RIVOJLANTIRISHDATASVIRIYSAN’ATNING AHAMIYATI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati orqali estetik tarbiya, ijodiy fikrlash, nutq va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tasviriy san’at bolalarda go‘zallikni his qilish, obrazli fikrlash, maqsadga intilish kabi jihatlarni shakllantiruvchi muhimtarbiyaviy vositasifatida talqinetiladi. Kalit so‘zlar: tasviriy faoliyat, maktabgacha yosh, estetik tarbiya, bolalar ijodi, rasm chizish, ijodiy fikrlash, shaxsiy fazilatlar, badiiy did. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati – bu bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga, atrof-muhitni faol o‘rganishiga, shuningdek, o‘z taassurotlarini grafik va plastik shakllarda to‘g‘ri hamda ijodiy ifodalashiga xizmat qiluvchi badiiy faoliyat turidir (masalan, haykaltaroshlik, rasm chizish, applikatsiya). Tasviriy faoliyat bolalar uchun eng jozibador mashg‘ulotlardan biri sanaladi. U bolalarda ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otib, ularni chuqur hayajonga soladi. Bola juda erta yoshdan boshlab o‘z hissiyot va taassurotlarini harakat, so‘z hamda mimika orqali ifodalashga intiladi. Shu bois, bola tafakkurida shakllanayotgan tasavvurlarni ifodalash imkoniyatlarini kengaytirish muhimdir. Unga loy, qalam, qog‘oz, qurilish materiallari kabi turli vositalarni berish, ularni ishlatish malakasini o‘rgatish zarur. Bu kabi vositalar yordamida tasavvurlarni moddiy shaklda ifodalash bolaga nafaqat ularni tekshirish, balki boyitish imkonini ham yaratadi. Bolalar ijodini – u qanday shakl va yo‘sinda namoyon bo‘lmasin – har tomonlama rag‘batlantirish kerak. Rasm chizish, haykaltaroshlik, qurish va yasash mashg‘ulotlari orqali bolalarda qat’iyatlilik, maqsadga intiluvchanlik, saranjom-sarishtalik, mehnatsevarlik kabi shaxsiy fazilatlarshakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy san’at muhim vosita hisoblanadi. Bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish orqali quyidagi umumiy vazifalarni amalga oshirish mumkin: - estetik didni shakllantirish; - badiiy idrok va tasavvurni rivojlantirish; - ijodiy faoliyatgabo‘lgan qiziqishnioshirish; - go‘zallikniko‘ra olishvabaholay olishqobiliyatini tarbiyalash. - bolalarning emotsional madaniyatini shakllantirish, kayfiyatni, asar xarakterini his qilishga, quvonishga, qayg‘urishga, qahramonlarga hamdard bo‘lishga, badiiy obrazga emotsional munosabat bildirishga o‘rgatish. -tasviriy san’at turlari vajanrlarini farqlash. - o‘zbekrassomlari ijodi,jahon san’ati asarlari bilan tanishtirish. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 -har birijod turining ifodavositalarini ajrata bilish,san’at tilinitushunish. - muzeylarga, ko‘rgazmalarga, tasviriy san’at asarlarining asl nusxalariga qiziqishni shakllantirish. -estetik idrokni,badiiy didni rivojlantirish. San’at bolaning estetik tarbiyasining vositasi, uning badiiy tarbiyasi va rivojlanishining asosi hisoblanadi. San’atga oshno bo‘lish shaxsning estetik madaniyatini shakllantirishning tarkibiy qismidir. San’at insonni tug‘ilgan paytidan boshlab o‘rab oladi va uni badiiy obrazlar, asarlar tizimi orqali atrof-muhitga olib kiradi. San’at turlarining o‘ziga xos ifoda vositalari mavjud bo‘lib, ular bolaning atrof-olamni turli shakllar, ranglar, tovushlar orqali obrazli idrok etishiga ko‘maklashadi. San’atni o‘zlashtirish jarayonida shaxsning xususiyatlari vafazilatlari rivojlanadi. San’at asarlari bilish va kashf etish quvonchini olib keladi, go‘zallikdan zavqlanish tuyg‘ularini uyg‘otadi. Badiiy faoliyat turlarini o‘rganish ijod quvonchini rivojlantiradi, san’atga qiziqishni shakllantiradi. Bu qiziqish insonning butun umri davomida saqlanib qoladi va shaxsning ma’naviyrivojlanishiningpoydevori bo‘libxizmat qiladi. Tasviriy faoliyat voqelikni o‘ziga xos obrazli bilishdir. Har qanday buyumni chizish yoki yasash uchun u bilan tanishib chiqish kerak. Narsalar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish ularning xossalari, shakli, rangi, kattaligi, fazodagi o‘rni haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Bolalar bu sifatlarni narsalarni o‘zaro taqqoslash orqali topadilar. O‘xshashlik va farqni topish orqali esa aqliy harakatlarni amalga oshiradi. Demak, tasviriy faoliyat sensor tarbiya va ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi. Tasviriy faoliyatga o‘rgatish tafakkur operatsiyalarini shakllantirishga yordam beradi, bularga taqqoslash, sintez, umumlashtirish, tahlil kiradi. Kuzatish jarayonida narsalar va ularning qismlarini tasvirlashdan oldin tekshirishda bolalarni jismlar va ularning qismlari shaklini, katta-kichikligini, shuningdek, narsalar elementlarning joylashishini, ularning rangini ajratishga o‘rgatiladi. Turli shakldagi narsalarni tasvirlash ularni taqqoslash va farqlarini aniqlashni talab etadi. Shu bilan birga, bolalar hodisa va narsalarni solishtirish, ulardagi umumiy va farqli jihatlarni ajratish, narsalarni o‘xshash belgilarigako‘raguruhlashni o‘rganadilar. Tas
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati orqali estetik tarbiya, ijodiy fikrlash, nutq va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati orqali estetik tarbiya, ijodiy fikrlash, nutq va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodiy fikrlash, badiiy did., rasm chizish, tasviriy faoliyat, estetik tarbiya, bolalar ijodi, maktabgacha yosh, shaxsiy fazilatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025