Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATEMATIK MUAMMOLARNI HAL QILISHDA HAMKORLIK VA GURUH ISHLASHINING AHAMIYATI
Yuldosheva Muhabbat Bayrambayevna · Ilmiynazoratchi:Navruzov Ulug’bek · MATEMATIK MUAMMOLARNI HALQILISHDAHAMKORLIK VAGURUH · ISHLASHINING AHAMIYATI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematik muammolarni hal qilish jarayonida hamkorlik va guruh ishining ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan. Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishda, guruhiy muammolarni hal qilish faoliyatlari orqali o’quvchilar o’rtasidagi muloqotni kuchaytirish muhimdir. Maqolada o’quvchilarning birgalikda ishlash jarayonida o’zaro yordam berish, fikr almashish va birgalikda yechimlar topishning ahamiyati ko’rsatilib, bunday yondashuvlar o’quv jarayoniga qanday ijobiy ta’sir ko’rsatishi haqida misollar keltiriladi. Shuningdek, boshlang’ich sinfda hamkorlik asosida o’quv faoliyatlarini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so’zlar: interfaollik, boshlang’ich ta’lim, matematik muammolar, hamkorlik, guruh ishlashi, mantiqiyfikrlash, o’quvjarayoni, o’zaroyordam, fikr almashish. Ma’lumki, ta’lim jarayoni o’quvchilarning bilim olishi, ko’nikma, malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirishmaqsadiga yo’g’irilgan o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligi sanaladi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim mazmunini o’qitish metodlari yordamida o’zlashitirishiga erishishdir. Metod so’zi umumiy ma’noda muayyan erishish usulidir.O’qitish metodlari tom ma’noda o’qituvchining bilimlarini o’quvchilar ongiga yetkazish va ayni paytida ularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtiribolishidir. Dars jarayonida o’quvchilar bilan ishlashda interfaol metodidan foydalanish samarali bo’ladi. Interfaol inglizcha “interast” so’zidan olingan bo’lib, inter- hamkorlikda, akt-harakat qilmoq ma’nosinibildiradi. Interfaollik deganda o’quvchining o’qituvchi bilan, o’quvchining o’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqotio’zarota’sirko’rsatish rejimidaishlashi tushuniladi. Interfaol o’qitish- bu, avvalo, dialog tarzda o’qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikdamuammolarni hal etilishidir. Interfaol o’qitishning asosiy mohiyati- o’qitish jarayonida barcha o’quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni , voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo’llarini izlab, eng maqbul variantini tavsiya etadi. O’quv materialini o’rganish, muammoni hal etish bo’yicha turli variantdagi yechimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o’quvchilarning hamkorligi har bir o’quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun o’z ulushini qo’shishga, ular o’rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o’zaro yordam muhitida sodir bo’lgani uchun o’quvhcilar nafaqat yangi bilimlarni o’zlashtiradilar , www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 balki o’zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko’tarib, hamkorlikka kirishishiga imkonberadi. O’qitish jarayonida interfaol usullarni qo’llash o’quvchilarning o’zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi, bunda o’quvchilar hamkorlikda izlanib, umumiy, shu bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun ahamiyatga molik bo’lgan muammoni hal etishga kirishadilar. Ular o’rtasida bir-birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi. Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta o’quvchining ustunlik qilishi, uning o’z fikrini o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi. Interfaol usullar qo’llanilganda o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o’rtoqlarining fikrlarini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga ko’nikmalarini egallaydi. O’qitishdainterfaol metodning quyidagi xususiyatlari mavjud: -insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo’lgan muloqot- o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida qo’llaniladi; -o’qitish jarayonida o’quvchilarga o’z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi; -o’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatidan qulay muhit yaratilib, muloqotdabosqichma-bosqich samarali ishtiroketishga zamin tayyorlanadi; -o’quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari yetarli emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo’lishiga erishish lozimligini anglaydilar; -o’quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo’yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to’g’riligni tekshirib ko’rish, taqdim etish vaboshqa guruhlartomonidan e’tirofetishlariga erishishlari lozim. Dars davomida izchil va maqsadga yo’naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli vazifalarni o’quvchilar avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali o’quvmateria
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematik muammolarni hal qilish jarayonida hamkorlik va guruh ishining ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematik muammolarni hal qilish jarayonida hamkorlik va guruh ishining ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boshlang’ich ta’lim, mantiqiy fikrlash, guruh ishlashi, fikr almashish., matematik muammolar, interfaollik, hamkorlik, o’zaro yordam, o’quv jarayoni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026