К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KONSENTRATSIYANING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Israilova XusnidaAdilovna · MAKTABGACHAYOSHDAGI BOLALARDAKONSENTRATSIYANING · RIVOJLANISHIGATA’SIRETUVCHI OMILLAR

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda konsentratsiyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, yo‘llari va usullari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida konsentratsiyani rivojlantirishda bolaning rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish masalalari bayon etilgan. Tayanch so‘zlar: kontsentratsiya, pedagogika, diqqat, omil, ta’lim, tarbiya, tafakkur, pedagogik shart-sharoit, Montessori pedagogikasi, qobiliyat. Ma’lumki, maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, yetuk, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish, barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi, bolaning ijodiy qobiliytlarini qo‘llab-quvvatlash ta’lim jarayonining tashkil qilishning muhim tamoyillari hisoblanadi. Maktbagacha yoshdagi bolalar Davlat ta’lim standartlariga muvofiq quyidagi umumiy muhim kompetentsiyalarni egallashi lozim bo‘ladi: kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy, bilish kompetentsiyalari. Mazkur kompetentsiyalarni egallashi bolaning yosh, ijtimoiy, jismoniy va aqliy rivojlanish jarayonining natijasi sifatida qaraladi. Mazkur rivojlanish jarayonida kontsentratsiyaning ahamiyati katta bo‘lib, bu borada ilmiy tadqiqotlarning salmog‘i kengayib bormoqda. Amaliy jihatdan esa bolaning kontsentratsiyasini rivojlantiruvchi, diagnostika qiluvchi, baholovchi metodlar ortib borishi bolalar yashovchi ijtimoiy muhit, jamiyatning modernisatsiyalashuvi, globallashuv jarayonlarining bolalarga bo‘lgan ta’sirida namoyon bo‘lmoqda. Keng jamoatchilik, pedagoglar, shifokorlar, ota-onalar, barcha bolalar bilan bog‘liq kasbiy faoliyatda kontsentratsiya masalasi alohidao‘rin egallaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xarakteriga ko‘ra ta’lim-tarbiya mazmunini tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, ijtimoiy ong va tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish doirasida ishlab chiqish davr talabidir. Bu o‘rinda bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari, muassasa joylashgan geografik muhit, tolerantlik tamoyillari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligi hamda demografik vaziyat inobatga olinmog‘i maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ta’lim-tarbiya mazmunini zamon talablariga mos shakllantirishda dunyodagi globallashuv jarayoni tamoyillari, xorijiy ilg‘or tajribalar, mutaxassis olimlarning ilmiy-nazariy, metodik xarakterdagi g‘oyalari va qarashlariga tayaniladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mazmunini shakllantirishda albatta pedagogik va psixologik qonuniyatlar, tamoyillar, shart-sharoitlar, omillarvaboshqalar inobatga olinmog‘i zarur. Bolalarda kontsentratsiyaning rivojlanishi ularning faol faoliyati bilan chamabrachas bog‘liq. Faol faoliyatda o‘yin, o‘quv,mehnat vaturmush faoliyati kunmobaynida birnecha boro‘zgaradi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar 8 minutga yaqin aqliy faoliyat bilan faol shug‘ullanishlari mumkin bo‘lsa, katta maktabgacha yoshdagi bolalar esa ana shunday faoliyat bilan 12-14 minut shug‘ullana oladilar. Shu vaqt o‘tgandan so‘ng ularda kontsentratsiya susayishi kuzatiladi. Mashg‘ulotlar orasida va mashg‘ulotning o‘zida harakatli mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqalari, jismoniy tarbiya tanaffuslari)dan ularni tetiklashtirish uchun foydalanilsa, ularning kontsentratsiyasi birmuncha ko‘payadi. Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatnijamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. Bolalarda kontsentratsiyani rivojlantiruvchi eng asosiy omillardan biri ularda qiziquvchanlik xususiyati hisoblanadi. Qiziquvchanlik bolaning tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, his qilib, diqqat bilan kuzatishida namoyon bo‘ladi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rang- barangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg‘otadi, unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o‘rgatadi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga harakat qilishi, ularni mustaqil javob qidirishga undashi lozim bo‘ladi. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ularning sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosilqilishdan iborat. Bolal

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda konsentratsiyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, yo‘llari va usullari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida konsentratsiyani rivojlantirishda bolaning ri…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda konsentratsiyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, yo‘llari va usullari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida konsentratsiyani rivojlantirishda bolaning ri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, pedagogik shart-sharoit, tafakkur, ta’lim, kontsentratsiya, omil, pedagogika, Montessori pedagogikasi, diqqat, qobiliyat.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники