Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QAHRAMON VA SHAROIT
ErgаshоvBekzоd Jаhоngirо‘g‘li · QAHRAMONVA SHAROIT
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Nazar Eshonqulbu hikoyaning bog‘liqlik jihatini shunday yashiradiki, hikoyalarni biro‘qigan odam buni anglashi qiyin. Bu asos yozuvchining ulkan mahoratidan darak beradi. Kalit so‘zlar:ramz, qahramon, sharoit, hikoya, badiiyat Nazar Eshonqul asarlarida insonning qalbi, ichki dunyosi, ruhiy olami ramz va metaforalar orqali betakror chizgilarda aks yettiriladi. Bunday ijod namunalari adabiyotimizning o‘ziga xos yangi yo‘nalishi sifatida e’tirof etilmoqda. Yozuvchining dastlab yaratgan va e’lon qilgan hikoyalaridan shu davrga qadar yaratilgan asarlari ijodi shakllanishi uchun yetarli, asos bo‘ladigan darajada mazmunlidir. Bugungi kunda Nazar Eshonqul ijodini o‘rganilishiga asos bo‘ladigan ayrim asarlarni ko‘rsatib o‘taylik: Birinchidan, yozuvchi har bir hikoyani ramzli va ma’lum bir belgi kashf yetuvchi sarlavha ostida boshlaydi. Chunonchi, uning “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Bevaqt chalingan bong” singari hikoyalari ramzlarorqali shakllantirilgan. Ikkinchidan, yozuvchi Nazar Eshonqul asarlari ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan holatlarni shakllantirilishiga hikoyanavislikda guvoh bo‘ldik. Nazar Eshonqul milliy istiqlol davri o‘zbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi ifodaning qabariqligi, tasvir markaziga olingan shaxs tabiatining mutlaqo kutilmagan va yangiligidan tashqari ohangning o‘zgachaligi bilan ham kishini hayratga soladi. “Nazar nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o‘zbek millatiga xos bo‘lgan jihatlarni aks ettirish imkoniyati jihatidan tengsizdir”. Uchinchidan, N.Eshonqul ijodini F.Kafka ijodiga qiyoslash mumkin. Ma’lumki, F.Kafka ijod namunalari jahon adabiyoti durdonalaridan o‘rin olgan. Aytishimiz mumkinki, N.Eshonqul jahon durdonalari darajasidagi hikoyalarni yaratishga intilmoqda. Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Yoniq so‘z” kitobida F.Kafka hikoyalari kishida qo‘rquv, hatto ayrim o‘rinlarda jirkanish tuyg‘ularini uyg‘otishi mumkinligini keltirib o‘tadi. N.Eshonqulga esa quyidagicha ta’rif beradi: “Ayrim o‘rinlarda o‘xshatishlarning sun’iyligi, hayratlarning qahramon tabiati va ruhiyatidan yiroqligi kishining g‘ashiga tegadi”. Lekin bu holat faqat ayrim hikoyalardagi ayrim o‘rinlarda kuzatilsa- da, N.Eshonqul hikoyalarining mavzulari rang-barang. “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasining sarlavhasi-da, insonni o‘ylashga majbur qiladi. Xo‘sh, shamol bu o‘rinda qanday ramz, nimaning belgisi, qayerga ishora degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Hikoyada ko‘zda tutilgan shamol – “vaqt” ramzi. Shamolni tutib, to‘xtatib bo‘maganidek vaqtning hisobini ham ortga qaytarib yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu o‘z o‘rnida nimaning belgisi ekanligi. Vaqt – bu umr. Vaqt-soati yetganda inson umri tugaydi. Bu esa shamolning o‘rni ma’nosiga ishora qilishi. Hikoya so‘ngida shunday holatga duch kelamiz: “ko‘p turganidan bo‘g‘in-bo‘g‘in bo‘lib, faqat suyakning o‘zi qolgan, u ham qoramtir tus olib, naq kukunga aylanish arafasiga kelgan, chorsining yirtig‘iga pala-partish o‘rab tashlangan o‘ntaodam barmog‘i ham topildi”. Bu yerda barmoqlar, aynan, odam barmoqlari haqida so‘z ketar ekan, ular so‘zsiz – qasos, o‘ch ramzidir. Barmoqlar miltiqdan o‘q uzgan, insonni qiynagan, o‘ldirgan va azob bergan inson Zamon Otboqarning barmoqlaridir. Bayna momo esa qasos oldi. Erining, o‘g‘lining, shuningdek, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 butun tersotaliklarning qasosini oldi. Shamol – miltiqdan otilgan o‘qning ramzi hamdir. Nazar Eshonqulning ham tug‘ilgan, unib-o‘sgan joylari uning ruhiyati, fikrlashi, fe’l-atvoriga bir umrlik ta’sir o‘tkazgan va muallifnazarda tutayotgan Tersota uning tug‘ilgan vatnining nomidir. Hikoyadan xulosa sifatida shunday deyish mumkin: otilgan o‘qni ham, shamolni ham to‘xtatib bo‘lmaydi. Bayna momoning eri, o‘g‘li, Zamon otboqar kabi yepizodlar ham shamol misoli juda kam hayot ko‘rdilar. Bayna momo esa qasos, o‘ch, qasd olami bilan yashadi. Bu qahramon tabiatan beg‘ubor emas. U umri davomida bor sitamlarini, qahr-g‘azablarini bor alamlari va ichki kechinmalarini ichiga yutib kelgan qahramon timsolidagavdalanadi. Bayna momoni yaxshi xotiralar bilan eslashardi. U jiddiylikni o‘ziga o‘rtoq qilib olgan edi. O‘g‘li va yerining murdasi tepasida turgan Bayna momo madad izlab, uylarining tuynuklarini yopib turgan qora pardalarga bir-bir ko‘z tikdi, biroq u yerda sovuq sukutdan boshqa hech narsa ko‘rinmas, zulmatga cho‘kkan tuynuklar bu misli ko‘rilmagan qotillikni jimgina tomosha qilib turardi. Bayna momo o‘zining qanchalar bardoshli ekanligini zamonning va Zamon otboqarning kaltaklariga baholi qudrat chidaganligi bilan namoyon qildi. O‘z-o‘zidan o‘zini, or-nomusini, diyonatini saqlab qolaoldi. Og‘irkunda qolganda ham dushmanioyog‘iga bosh urmadi. Bayna momoning aynan “Laylat ul-qadr” kechasi vafot etishi qaysidir ma’noda xosiyatli hamdir. Chunki, ushbu ulug‘ kunda hamma Ollohga sig‘inib, joynomozga bosh qo‘yib, faqat shirin so‘zlarn
Доказательный фрагмент
«Nazar Eshonqulbu hikoyaning bog‘liqlik jihatini shunday yashiradiki, hikoyalarni biro‘qigan odam buni anglashi qiyin.»
Образец извлечения
Демо-превьюNazar Eshonqulbu hikoyaning bog‘liqlik jihatini shunday yashiradiki, hikoyalarni biro‘qigan odam buni anglashi qiyin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qahramon, badiiyat, sharoit, hikoya, ramz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024