Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUQIMIY ASARLARIDA IQTISODIY QARASHLAR
Hamroyeva Sabina Ismoil qizi · MUQIMIY ASARLARIDAIQTISODIYQARASHLAR
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada oʻzbek demokratik adabiyoti asoschilaridan biri, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab “Muqimiy” taxallusi ostida ijod qilgan buyuk shoir va mutafakkir, zabardast davlat arbobi bo’lmish Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning hayot yo’li, ijodi, asarlari hamda asarlarida iqtisodiy qarashlar haqida so’z yuritiladi. Muhammad Aminxo’ja Muqimiy o’z asarlarida XIX-XX asrlardagi jamiyatimizda ro’y bergan iqtisodiy-siyosiy holatlarni yaqqol tasvirlab bergan va asarlarida asosiy urg’uni o’sha davrdagi davlat rahbarlari hamda amaldorlarning nohaqliklari, oddiy aholiga qilgan zulmlariga qaratilgan. Kirish so’zlar: Muqimiy, tanobchilar, madrasa, adabiyot, optimizm,iqtisodiyot, jadidlar. Yaqin o’tmishga nazar soladigan bo’lsak, Sovet mustamlakachiligi davrida yurtimiz hududida sanoqli ta’lim muassasalari bo’lib, ularning aksariyati talab darajasida bo’lmagan. Xalq maorif komissarligi esa siyosiy tashviqotni joriy etish va diniy taʼlimni taqiqlashga qaratgan edi. Mustaqillikning ilkkunlaridan boshlab harbir sohaga ulkan e’tiborqaratildi shu bilan birqatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Jumladan, sobiq SSSR davrida yashab ijod qilgan jadidlarimiz o’z asar va g’azallari orqali o’sha davrda yuz bergan nohaqliklar va aholiga bo’lgan zulmlarni ochiqchasiga tasvirlab, ko’rsatib berganliklari uchun sobiq SSR davrida davlat hoyini sifatida qoralanganlar. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng esa ushbu jonkuyar adiblarimiz nomlari davlat arboblari sifatida oqlandilar. Ana shunday ijodkorlardan biri o’zbek adabiyoti tarixidao’zmunosib o’rniga egabo’lganijodkorMuhammad Aminxo’jaMuqimiydir. Buyuk mutafakkir Muhammad Aminxo’ja o’z asarlarida XIX-XX asrlarda jamiyatimizda yuz bergan iqtisodiy-ijtimoiy holatlarni, amaldorlarning aholiga qilgan zulmlari va nohaqliklarini yaqqol tasvirlab bergan buyuk mutafakkirlarimizdan biri hisoblanadi. Muqimiy taxallusi bilan ijod qilgan mutafakkir asl ismi-sharifi Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li hayotiga nazar soladigan bo’lsak, shoir 1850-yilda Qo’qonning Bekvachcha mahallasida nonvoy oilasida tavallud topgan, Otasi Mirzaxo’ja Mirfozil o’g’li toshkentlik bo’lib nonvoylik kasbi bilan shug’ullangan. Onasi Oyshabibi Sayidolim Nodirshayx qizi xo‘jandlik bo‘lib, Qo‘qonda yashaganlar. Onasi Oyshabibi tufayli Muhammad Aminxo‘jada she’riyatga havas uyg‘ongan. Muqimiy o‘zining birinchi she’rini o‘n yoshida yozadi. Muhammad Aminxo’ja “Muqimiy” taxallusi ostida 15 yoshidan boshlab ijod qilishni boshlaydi. U o’z she’rlarida real muhabbatni, insonni kuylagan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur o‘rganadi. Almaiy, Nodim kabi ilg‘orruhdagi ijodkorlarbilan aloqa bog‘lab, ijodiy hamkorlik qiladi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliy ijodlarini o‘rganadi, ularning g‘azallariga muxammaslar bog‘laydi. Jomiyni o‘ziga ustoz bilib, o‘zbek, fors mumtoz shoirlari an’analarini davom ettiradi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotida demokratik yo‘nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bog‘liq. U boshchiligida Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg‘or fikrli shoirlar o‘zbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sug‘orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy vayetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy boshlang‘ich ma’lumotni mahallasidagi maktabda olgan. Muqimiy Qo‘qondagi Nodira bino qildirgan «Moxlar oyim» madrasasida 1864 hamda 1865-yillarda, so‘ng Buxoro madrasalaridan birida 1875-1876-yillarda o‘qigan. 1876 yilda Qo‘qonga qaytgach, yer qurilishi www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 mahkamasida mirzalikqilgan. 70-yillar oxirlarida Qo‘qonga qaytgan vaijod bilan shug‘ullangan. Otasi vafotidan so‘ng moddiy ahvoli og‘irlashgach, «Hazrat» madrasasining kichik bir hujrasiga ko‘chib o‘tgan (1885), butunumri qashshoklikdakechgan. Muqimiy ijodinioʻrganish, asarlarini toʻplash va nashrettirish uhayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov „Devoni Muqimiy“ toʻplamini 1907-yilda nashr qildirgan. 1910—1912- yillarda esa „Devoni Muqimiy maa hajviyot“ nomi bilan boshqa asarlari toʻplam sifatida bosib chiqarilgan. Gʻofur Gʻulom, Oybek, Xodi Zarifov, Homil Yoqubov, H. Razzoqov, Gʻulom Karimov, Abduqodir Hayitmetov va boshqalar Muqimiy ijodini oʻrganishgan. Sheʼrlaridan namunalar chet tillarga tarjimaqilingan. Muqimiyning aksariyat gʻazallari ashulaga aylangan. Adibning eng mashhur satiralaridan biri bu “Tanobchilar” hajviy asari hisoblanadi. Shoir 1876-yil Buxoroda madrasani tugatib Qo’qonga qaytib kelganidan keyin u yer qurilish mahkamadagi faoliyati davomidaamaldorlarning qallobliklarini befarq kuzataolmasdan oʻzining „Tanobchilar“ satirasini yozgan. Asarda kambag'al chorakor dehqon mehnatidan o'z manfaatlari uchun foydalangan, ularni aldab katta zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoirtomonidan o‘tkirmisralarda fosh etiladi. Tanobchilar O‘n ikkioydakeladurbirtanob, O‘z
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oʻzbek demokratik adabiyoti asoschilaridan biri, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab “Muqimiy” taxallusi ostida ijod qilgan buyuk shoir va mutafakkir, zabardast davlat arbobi bo’lmish Muhammad Ami…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oʻzbek demokratik adabiyoti asoschilaridan biri, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab “Muqimiy” taxallusi ostida ijod qilgan buyuk shoir va mutafakkir, zabardast davlat arbobi bo’lmish Muhammad Ami… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- madrasa, adabiyot, jadidlar., Muqimiy, tanobchilar, optimizm, iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024