К содержанию
РецензированоRU2025

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDAGI KREATIV IQTISODIYOTNING O‘RNI

Ilmiy rаhbаr: YusufаliyevаDilаfruz (O‘zbekiston dаvlаt sаn’аtvа mаdаniyаt instituti “Mаdаniyаt vаsаn’аt sohаsi) · IQTISODIYOTNING O‘RNI (O‘zbekiston dаvlаt sаn’аtvа mаdаniyаt instituti “Mаdаniyаt vаsаn’аt sohаsi)

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

В статье системно анализируется роль и значение креативной экономики в развитии сферы культуры и искусства. Исследуются новые тенденции экономического и культурного прогресса через призму креативных индустрий, а также на основе международного и национального опыта предлагаются практические рекомендации. Рассматриваются стратегические подходы к сохранению культурного наследия с использованием инновационных методов и превращению искусства в важный сектор экономики. Ключевые слова: креативная экономика, культура, искусство, инновации, культурная дипломатия,экономическое развитие,креативныеиндустрии. Annotation: This article systematically analyzes the role and significance of the creative economy in the development of culture and art. The study explores new trends in economic and cultural progress through creative industries and proposes practical recommendations based on international and national experiences. It also examines strategic approaches to preserving cultural heritage through innovative methods and transforming art into an important sector of the economy. Keywords: creative economy, culture, art, innovations, cultural diplomacy, economic development, creativeindustries. Bugungi kunda globallashuv va texnologik taraqqiyot jarayonlari iqtisodiyotning yangi yo‘nalishlarini vujudga keltirmoqda. Ularning eng muhimlaridan biri kreativ iqtisodiyot bo‘lib, u madaniyat va san’at sohalarining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Kreativ iqtisodiyot iqtisodiy o‘sishning innovatsion va madaniy manbalarini ishga solib, iqtisodiy tizimlarning diversifikatsiyasiga xizmat qilmoqda. Shunday ekan, madaniyat va san’at sohasi kreativ iqtisodiyot kontekstida yangi imkoniyatlar va istiqbollarni namoyon qilmoqda.Bugungi globallashuv jarayonida madaniyat va san’at nafaqat ijtimoiy hayotning muhim elementi, balki iqtisodiy resurs sifatida ham alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. BMT va UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, kreativ industriyalar dunyo yalpi ichki mahsulotining muhim qismini www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 tashkil etib, global iqtisodiyotning innovatsion drayveriga aylangan. Shu sababli, madaniyat va san’at sohasini iqtisodiy resurs sifatida baholab, uni strategik rivojlantirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. SHuningdek,kreativ iqtisodiyot madaniyat va san’at sohasining rivojlanishiga kuchli turtki bermoqda. U nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki jamiyatda madaniy xilma- xillikni, ijodiy imkoniyatlarni va innovatsion salohiyatni rivojlantiradi. Shu sababli, davlat siyosatida madaniyat va san’at sohalarini kreativ iqtisodiyot nuqtayi nazaridan rivojlantirish, raqobatbardosh kreativ ekotizimlar yaratish, yoshlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasbetadi. Biz kreativ iqtisodiyot va madaniyat tushunchalarining o’zaro ta’siri va bog’liqligi haqida gapirar ekanmiz, “kreativ” tushunchasi uchun oydinlik kiritishimiz lozim. Kreativ iqtisodiyot — bu iqtisodiy rivojlanishda ijodiy g‘oyalar, innovatsiyalar va intellektual mulk salohiyatidan foydalanish tamoyiliga asoslangan sohalar majmui. Howkins (2001) kreativ iqtisodiyotni “ijtimoiy va iqtisodiy qiymat intellektual mulk asosida yaratiladigan faoliyat turi” deb ta’riflaydi. Bu sohada quyidagi xususiyatlar ajralib turadi: •Yangi g‘oyalar asosidamahsulot vaxizmatlar yaratish, •Madaniy boylik va merosga innovatsionyondashuv, •Raqamli texnologiyalar vaglobal platformalardan foydalanish. Birr qarashda kreativ iqtisodiyot hamda madniyat sohalari o’zaro bog’liqlik tomonlarga ega emasdek ko’rinadi, ammo aynan bu ikki sohani bo’g’lab turadigan sabablar talaygina. Xususan,kreativ iqtisodiyot madaniy qadriyatlarni tijoratlash orqali ularning keng auditoriyaga yetib borishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, mahalliy hunarmandchilik rivojlanadi, madaniy festival vako‘rgazmalar soni oshadi, san’atkorlarning daromad manbalari ko‘payadi Hozirgi kunga kelib madaniyat va san’at an’anaviy shakldan chiqib, kreativ platformalar orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratmoqda: virtual ko‘rgazmalar, interaktiv teatr va musiqa loyihalari, raqamli san’at va NFTlar. Raqamli texnologiyalar yordamida tarixiy yodgorliklar va qadimiy san’at asarlarini keng auditoriyaga yetkazish imkoniyati yaratilmoqda. Misol uchun, Luvr muzeyi va Britaniya muzeyi o‘z kolleksiyalarini raqamli shaklga o‘tkazib, global auditoriyani jalb qilmoqda. O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yoshlar - kelajagimiz”, “Ijodiy va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash” fondlari kreativ iqtisodiyotning shakllanishiga xizmat qilmoqda.Biz har bir soha to’g’risida so’z yuritar ekanmiz,ushbu sohalarning Xalqaro miqyosda qanday tendensiyalar asosida rivojlanish uslubini ko’rib,tahlil qilmasdan ilojimiz yo’q. Xususan, Buyuk Britaniya kreativ industriyalarni alohida strateg

Доказательный фрагмент

«В статье системно анализируется роль и значение креативной экономики в развитии сферы культуры и искусства.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье системно анализируется роль и значение креативной экономики в развитии сферы культуры и искусства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
creative economy, culture, art, innovations, cultural diplomacy, economic, madaniy diplomatiya, iqtisodiy rivojlanish, kreativ iqtisodiyot, innovatsiyalar, kreativ industriyalar., madaniyat, san’at
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники