К содержанию
РецензированоUZ2025

TARBIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Hojiyeva NasibaBahodirovna · TARBIYADARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati, ular orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Interfaol metodlar o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda ishlash, muammoni hal qilish va shaxsiy fikrini erkin ifodalash imkoniyatlarini kengaytiradi. Maqolada interfaol metodlarning samarali shakllari, ularni dars jarayoniga joriy etish usullari vapedagogik natijalari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Tarbiya darsi, interfaol metodlar, o‘quvchilarning faolligi, kommunikativ ko‘nikmalar, mustaqilfikrlash, muammolivaziyatlar, hamkorlikda o‘rganish. Annotation: This article explores the importance of using interactive methods in educational (character-building) lessons, highlighting how they increase students’ interest in the class, develop independent thinking, and enhance social skills. Interactive methods expand students’ opportunities to work collaboratively, solve problems, and freely express their personal opinions. The article analyzes effective forms of interactive methods, ways of implementing them in the lesson process, and theirpedagogical outcomes. Keywords: Character education lesson, interactive methods, student engagement, communication skills,independent thinking, problem situations,collaborativelearning. Interfaol ta’lim (lot. “internus” – ichki, o’zaro) – o’quvchi (magistr)larning bilim, ko’nikma, malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashikl etishga asoslanuvchi ta’lim. Interfaol metodlarining mohiyatidan xabardor bo’lishda, eng avvalo,tayanch tushuncha – “interfaol” atamasining lug’aviy ma’nosi “interfaol” (ing. “interact”; “interaktiv”; “inter”– o’zaro, birgalikda, “act” – harakat qilmoq, ish ko’rmoq) tushunchasi “o’zaro, birgalikdaharakat qilmoq”ma’nosini anglatadi. Interfaollik – ta’lim jarayoning ishtirokchilarning bilim, ko’nikma, malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaligi. O’qitishning interfaol ta’limga asoslanishibir qarashda nihoyatda oddiy, soda va hatto“bolalar o’yini” kabi taassurot uyg’otadi. Biroq ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo’llashga nisbatan bunday yondashish to’g’ri emas. Zero, ta’lim amaliyotida interfaol metodlarni qo’llash muayyan shartlarga muvofiqamalga oshiriladi. Interfaol ta’limqo’yidagilargaasoslaniladi: Mashg’ulot-ma’ruzaemas, balki jamoaningumumiy ishi. Guruhning tajribasi pedagog (Pedagog)ning tajribasidan ko’p. Talabalaryosh, ijtimoiymavqe vatajribaga ko’ra o’zaro teng. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Har birtalaba o’rganilayotgan muammo yuzasidan o’z fikrini aytish huquqiga ega. Mashg’ulotda talaba shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishimumkin). Bildirilgan g’oyalar talabalarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) bo’lib xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llashning muayyan shartlarini asoslash ularning didaktik qiymatini oshiradi. Tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish — bu tarbiya (ya’ni axloqiy, ijtimoiy, ma’naviytarbiya) darslarini o‘quvchilarga faol ishtirok etish orqali o‘rgatish deganidir. Bunda o‘qituvchi faqat ma’lumot beruvchi emas, balki o‘quvchilarni fikrlashga, munozara qilishga,muammolarni birgalikdahal qilishga jalb etadi. Ya’ni, o‘quvchilar faqat tinglovchi bo‘lib qolmaydi, ular o‘z fikrini bildiradi, guruhlarda ishlaydi, rolli o‘yinlarda qatnashadi, real hayotdagi vaziyatlarni tahlilqiladi. Bu metodlaro‘quvchilarda:  mustaqil qaror qabul qilish,  muloqot ko‘nikmalari,  ijtimoiy faollik,  hamkorlik va hurmat kabi sifatlarni rivojlantiradi. Misollar:  Bahs-munozaralar tashkil qilish(masalan, "Halol bo‘lish muhimmi?"),  Rol o‘ynash ("Agar sen do‘stingbilan kelisholmasang, nimaqilasan?"),  "Aqliy hujum"(Brainstorming) o‘tkazish,  Guruhlarda loyihalar tayyorlash. Qisqacha aytganda, tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish — bu o‘quvchini tarbiya jarayonining markaziga qo‘yib, uni faol va mustaqil shaxs sifatida shakllantirish demakdir. Xulosa Tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ular o‘z fikrini ochiq bayon qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Interfaol metodlar yordamida o‘quvchilar o‘zaro hurmat va hamkorlik madaniyatini rivojlantiradi. Shunday ekan, tarbiya darslarida an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda zamonaviy interfaol uslublarni qo‘llash ta'lim jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati, ular orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati, ular orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Character education lesson, interactive methods, student engagement, kommunikativ ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlar, Tarbiya darsi, o‘quvchilarning faolligi, hamkorlikda o‘rganish., mustaqil fikrlash, interfaol metodlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники