Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMOM BUXORIYNING AL-JOME’ AS-SAHIH ASARI VOSITASIDA TALABALARNING MAʼNAVIY-AXLOQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
Abduxalimova Nigoraxon · IMOM BUXORIYNING AL-JOME’AS-SAHIH ASARI VOSITASIDA · TALABALARNING MAʼNAVIY-AXLOQIYMADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda buyuk muhaddis Imom Buxoriy tomonidan tuzilgan Al-Jome’ as- sahih asarining tarbiyaviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etiladi. Xususan, ushbu nodir manbaning zamonaviy oliy ta’lim muassasalarida talabalarning maʼnaviy-axloqiy madaniyatini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. ASOSIYQISM Zamonaviy jamiyat taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri bu maʼnaviy barkamollik va axloqiy madaniyatdir. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimida talabalarda sog‘lom dunyoqarash, ma’naviy yetuklik va axloqiy fazilatlarni shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim vazifasidir. Shu nuqtai nazardan, Islom ilmi va ma’rifatining nodir namunalaridan biri bo‘lgan Imom Buxoriyning Al-Jome’as-sahih asari beqiyos ahamiyat kasb etadi. Mazkur asar Muhammad (s.a.v.)ning so‘zva amallarini to‘plagan sahih hadislar majmuasidir. Bu hadislar insoniylik, rostgo‘ylik, sabr, poklik, kamtarlik, ilmga rag‘bat, ota-ona va ustozga hurmat, halollik, ijtimoiy adolat kabi qadriyatlarni targ‘ib etadi. Asarda keltirilgan har bir hadisda yuksak axloqiy saboq va tarbiyaviy mazmun mujassam. Talabalarning ushbu meros bilan tanishuvi ularning shaxsiy fazilatlarini boyitib, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga zamin yaratadi. Oliy ta’lim jarayonida bu asarni muayyan yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlarga integratsiyalash orqali talabalarni faollikka, mustaqil fikrlashga, ruhiy barqarorlik va axloqiy javobgarlikka o‘rgatish mumkin. Xususan, maʼnaviyat darslari, maxsus seminarlar, ochiq muloqotlar va muhokamalar orqali hadislarning zamonaviy talqini berilishi talabalar ongida qadriyatlar asosida yashash motivatsiyasini oshiradi. Bundan tashqari, Al-Jome’ as-sahih asari asosida yozilgan ilmiy maqolalar, tarjimalar va tahliliy sharhlar ustida ishlash, talabalarni izlanishga undaydi va ularni ilmiy-adabiy merosga mas’uliyat bilan qarashga o‘rgatadi. Bu jarayon orqali ularning nafaqat bilim, balki ruhiy-axloqiyolami ham mustahkamlanadi. XULOSA Imom Buxoriyning Al-Jome’ as-sahih asari yosh avlodni yuksak maʼnaviy fazilatlar ruhida tarbiyalashda boymanba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur asarni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali talabalarda nafaqat ilmga, balki yurtga, ota-onaga, insoniy qadriyatlarga sadoqatli munosabat shakllanadi. Asarning tarbiyaviy imkoniyatlarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish oliy ta’lim tiziminingma’naviysamaradorligini yanada oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Imom Buxoriy. (2021). Al-Jome’ as-sahih (arabcha matn va tarjima). Toshkent: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 “Movarounnahr”nashriyoti. 2. Qori-Niyoziy, T. (2016). Imom Buxoriy va uning ilmiy merosi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 3.Jo‘rayev, N. (2019). Hadis ilmi va tarbiya.Samarqand: Ilm Ziyo. 4.Azizxo‘jaeva, N. N. (2004). Ta’limda innovatsiontexnologiyalar.Toshkent: TDPUnashriyoti. 5.G‘ulomov,N.M. (2005). Oliymaktab pedagogikasi.Toshkent: Fan. 6.Karimov, I. A. (2008). Yuksakma’naviyat –yengilmas kuch.Toshkent: Ma’naviyat. 7.Mahmudov, B. (2020). Milliyo‘zlikva ma’naviy uyg‘onish.Toshkent: Yangi asravlodi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda buyuk muhaddis Imom Buxoriy tomonidan tuzilgan Al-Jome’ as- sahih asarining tarbiyaviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda buyuk muhaddis Imom Buxoriy tomonidan tuzilgan Al-Jome’ as- sahih asarining tarbiyaviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oliy lim, al-jome as-sahih, imom buxoriy, as-sahih asari, imom buxoriyning, buxoriyning al-jome, www wordlyknowledge
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025