К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARDA GRAMMATIKA VA SO‘Z YASALISHIGA OID TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI

Fattullayeva Mahzuna Maqsudovna · TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING METODIKASOSLARI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarda grammatika va so‘z yasalishiga oid bilimlarni shakllantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va amaliy mashg‘ulotlarning roli ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: grammatika, so‘z yasalishi, lingvistik kompetensiya, metodika, interfaol metod, til o‘rgatish Til ta’limining asosiy maqsadi – o‘quvchilarda to‘g‘ri, ravon va mantiqiy fikrlash, o‘z fikrini aniq ifodalash, yozma va og‘zaki nutqda grammatik me’yorlarga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ayniqsa, grammatika va so‘z yasalishiga oid bilimlar bu jarayonda asosiy o‘rin tutadi. Mazkur maqolada grammatika va so‘z yasalishi bo‘yicha tushunchalarni o‘quvchilarga qanday samarali yetkazish mumkinligi, bu yo‘nalishda qanday metodlardan foydalanish lozimligi masalalari yoritiladi. Grammatik tushunchaning mohiyati va uni kichik yoshdagi o`quvchilar o`zlashtirishidagi qiyinchiliklar. Tushunchani o`zlashtirish ustida ishlash jarayoni, uning shartli ravishda to`rt bosqichga bo`linishi. Birinchi tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida til matеrialini analiz qilish. Ikkinchi bosqich tushuncha bеlgilarini umumlashtirish, atama bеrish. Uchinchi bosqich tushuncha ta'rifini ifodalash, bеlgilar mohiyatini va ular orasidagi bog`lanishni aniqlash. To`rtinchi bosqich-yangi tilmatеriali asosidao`rganilayotgan tushunchani aniqlash. Kichik yoshdagi o`quvchilar tushunchasi o`zlashtirilgani ta'minlaydigan mеtodik shartlar; o`quvchilar aqliy faoliyatining aktivligi; o`quvchilarda so`z va gapga lingvistik munosabatini o`stirish ustida maqsadga yo`naltirilgan ishlar; yangi tushunchani ilgari o`rganilgan tushunchalar tizimga kiruvchi; ayrim til katеgoriyalari bog`lanishining mohiyati yangi til katеgoriyasini o`rganish jarayonida ochiladi; tushunchani ko`rsatmali o`rganish. Grammatik va so`z yasalishiga oid mashqlar, ularning turlari. Tushunchani o`zlashtirishning turli bosqichlarida grammatik mashqlarni tadbiq etish usuliyati. So`zni va gapni tahlil qilish, uning turlari va tilni o`rganish jarayonida undan foydalanish. Mоrfоlоgiyadan "оt", "sifat", "sоn","fе’l", "bоg`lоvchi" tushunchalarni, sintaksisda "gap", "ega", "kеsim", "ikkinchi darajali bo`lak", tushunchalarini, so`z yasalishidan "o`zak", "qo`shimcha", "o`zakdоsh so`zlar" kabi tushunchalarni shakllantirish ustidaish оlib bоriladi. O‘zbek tilini o‘rganish jarayonida grammatik bilimlar va so‘z yasalishiga oid tushunchalar o‘quvchilarning fikrini to‘g‘ri va mantiqiy ifodalashga, til birliklarini izchil qo‘llashga xizmat qiladi. Tilshunos olim G‘. G‘aybullayev ta’kidlaganidek, “grammatika tilning mexanizmi bo‘lib, uning ichki qonuniyatlarini tartibga soladi, so‘z yasalishi esa bu qonuniyatlarning boyligini yuzaga chiqaradi”. Shu boisdan grammatika va so‘z yasalishi bilimlarini bosqichma-bosqich, tizimliyondashuv orqali o‘rgatish zarur. Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim bosqichida o‘quvchilar uchun grammatik mavzular tushunarli, amaliy misollar bilan boyitilgan tarzda yoritilishi kerak. Quyidagi metodik yondashuvlar samarali natijaberadi: www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 a)Didaktik modellash Bu metodda grammatik birliklar modellashtirilgan jadvallar, sxemalar orqali o‘rgatiladi. Masalan, fe’l zamonlari tushuntirilayotganda quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin: Zamon Misol Gapda qo‘llanilishi Hozirgi o‘qiyapti Udarsni o‘qiyapti. zamon O‘tgan o‘qidi Ukecha darsni o‘qidi. zamon Kelasi o‘qiydi Uertaga darsni o‘qiydi. zamon Bunday jadval o‘quvchilarga grammatik birliklarni tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirishga yordam beradi. b)Interfaol metodlardan foydalanish “Klaster”, “Insert”, “Aqliy hujum” kabi metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi. Masalan, "Insert" metodida matn ichida grammatik vositalarni belgilab chiqish orqali o‘quvchi grammatik tahlilga o‘rganadi. Misol: Matn: Bugunmaktabimizdayangi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Topshiriq:Fe’llarni ajrating vaularning zamoninianiqlang. So‘z yasalishi bo‘yicha bilimlar morfologik tahlil, so‘z yasovchi qo‘shimchalarni anglash va yangi so‘zlar yasash orqali mustahkamlanadi. O‘qituvchi quyidagi metodlardan foydalanishi mumkin: a)So‘z yasalish daraxti (grafik usul) Bu metod o‘quvchilarga so‘z yasovchi birliklar (ildiz, yasovchi qo‘shimcha, grammatik qo‘shimcha) haqida aniq tasavvurhosil qilishga yordam beradi. b)Ijodiy topshiriqlar “Bir ildizdan eng ko‘p so‘z yasalish zanjirini tuz” kabi topshiriqlar o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantiradi. Masalan:  yoz →yozuvchi →yozuv →yozuvchilik →yozilmoq →yoziluvchan Bu topshiriqorqali o‘quvchi so‘z yasalish jarayonining ijodiy imkoniyatlarini o‘zlashtiradi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 c) Lingvistik o‘y

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘quvchilarda grammatika va so‘z yasalishiga oid bilimlarni shakllantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘quvchilarda grammatika va so‘z yasalishiga oid bilimlarni shakllantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interfaol metod, grammatika, metodika, lingvistik kompetensiya, til o‘rgatish, so‘z yasalishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники