К содержанию
РецензированоUZ2025

MUHAMMAD ALINING „MANGU QUYOSH“ ROMANIDA ALISHER NAVOIY VA HUSAYN BOYQARO MUNOSABATLARI TAHLILI

Mohizarbegim Ergasheva · HUSAYNBOYQARO MUNOSABATLARI TAHLILI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Muhammad Alining „Mangu quyosh“ romanida tasvirlangan Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro o‘rtasidagi do‘stlik va siyosiy hamkorlik tahlil qilinadi. Asarda ularning bir-biriga bo‘lgan hurmati, davlat boshqaruvidagi hamjihatligi va ilm-ma’rifat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Maqola tarixiy obrazlar orqali do‘stlik va vatanparvarlik g‘oyalarining badiiy talqinini ochib beradi. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, „Mangu quyosh“, do‘stlik, Muhammad Ali, badiiy talqin, vatanparvarlik, ilm-ma’rifat, badiiy obraz, adabiy tahlil, saroy ziddiyatlari. Adabiyot tarixida ba’zi asarlar borki, ular nafaqat badiiy zavq, balki tarixiy tafakkur, axloqiy mezon va davlatchilik g‘oyalarini ham mujassam etadi. Muhammad Alining ( Muhammad Ali Ahmedov) “Mangu quyosh” romanida ana shunday ulug‘ maqsadlar ustuvorlik qilgan. Asar markazida ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning do‘stligi, o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorligi turadi. Bu do‘stlik orqali muallif hayotdagi murakkabliklar, fitnalar, siyosiy sinovlar fonida insoniylik, sadoqat va ma’rifatparvarlikni madh etadi. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro o‘rtasidagi do‘stlik va siyosiy hamkorlik nafaqat Temuriylar davrining ijtimoiy-siyosiy manzarasida, balki o‘zbek tarixida ham alohida o‘rin egallaydi. Ularning o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari adolatli boshqaruv, ilm-fan va madaniyat ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilgan. Ayniqsa, Navoiy Husayn Boyqaro saroyida muhim davlat lavozimlarida faoliyat yuritib, adolatli siyosat yuritilishida, ilm-ma’rifat targ‘ibotida beqiyos hissa qo‘shgan. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundaki, bu ikki siymoning tarixiy rishtalari Muhammad Alining “Mangu quyosh” romanida badiiy yuksaklikda ifodalangan bo‘lib, bugungi yosh avlodni vatanparvarlik, do‘stlik, sadoqat, davlatparvarlik kabi yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu jihatdan ularning munosabatini tarixiy-badiiy nuqtai nazardan tadqiq etish bugungi kun uchun ham muhim va ibratlidir. Xususan, asarning „Zarrin kosa sirlari“ bobida Navoiyning Astrobodda ekanligida Baddiuzzamon Mirzo bilan bo‘lgan suhbati keltiriladi: „Yurt boshqarishning sirlari xiyla teran… Bu borada yo‘llar va usullar ko‘p. Saroyda, yurtda ham, qat’iy tartib, intizom o‘rnatilsunki, tongsahar uyqudan turib, namozga yuz burilsun, farzni tashqaridagi masjidda jamoat bilan ado etilsun, toki besh vaqt namozning birontasi qazo bo‘lmasun. Tagi. Podshoh haramdan chiqib, ko‘rinishxonada sokin o‘ltirsun, dodxoh,el arz-shikoyatini eshitsun; agar biror mazlum kimdandir zulm chekkan bo‘lsa, o‘sha zolimning shundoq tanobini tortsunlarki, toki ko‘rib boshqa zulmkorlarning ham ko‘zlari moshday ochilsun, bunday noxush odatlardan tiyilsun… Tobshirulg‘on ish ijrosi o‘sha kunning o‘zida taftish etilsun, o‘sha kunning o‘zida! Lozim topilsa, chora ko‘rilsun…“1 Navoiy yosh vorisga davlat ishlaridagi har qanday nozik masalalarni ham ikir-chikirgacha tushuntirar ekan, shu onda uning davlat boshqaruvi sirlarini chuqur bilganligi, har bir ishda tartib-intizom, adolat va shariat tamoyillariga asoslanishni talab qilgan donishmand arbob ekanligi ayon bo‘ladi. Hazrat Navoiy saroy tartibi, moliya, adliya, hatto shaxsiy axloq mezonlarigacha qamrab olgan davlat siyosatini mukammal belgilab bera olgan, yuksak salohiyatli siyosatshunos sifatida ajralib 1M.Ali. Mangu quyosh. Tarixiyroman. T., 2024. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 turgan. Shuningdek, bu bobda Navoiy o‘z daromadining taqsimlanishi, mardum2 qatori oylik olishi, do‘kon, bog‘ kabilardan tushgan mablag‘lar shaharni obod qilish, yo‘llarni tozalash, ishchilar maoshi, imomlar, qozilar, talabalar kabilarga sarflanishidan Navoiyning mol-dunyoga o‘ch emasligini, aksincha, uning qanchalar ko‘ngli to‘q, qanoatli bo‘lganini, zarrin libos, hashamatli hayot emas, pok niyatlar unga ziynat bo‘lganini anglash mumkin. Hayoti davomida necha-necha asarlari bilan adabiyotimiz xazinasini bezagan Navoiyning hayotini tom-tom kitob qilib yozsa bo‘ladi. O‘zgacha qalbli, pok niyatli va samimiy bu inson: „Hamma narsaga mehr kerak bu olamda… Mana bu qurig‘on hovuzga ham, ana bu niholga ham, cho‘ldagi ojiz giyohga ham, bog‘dagi daraxtga ham, yashnoq gulga ham, uning xushbo‘y hidiga ham, dardga to‘la ko‘ngilga ham; daryodagi jonvorga, qumirsqaga, filga, hov anovi qudratli tog‘larga, Ona Yerning o‘ziga ham! Menga ham, sizga ham!.. Koinotning toji Inson zoti barchasi uchun mas’ul va javobgar qilib yaratilg‘on, chunki uning bemisl qalbiga Haq Taolo o‘zining pinhon sirini joylag‘on! Axir foniy dunyo ham, boqiy dunyo ham, koinot ham Allohning beadad mehridan paydo bo‘lg‘andir! Borliqning asos-zamini mehr-muhabbatdur!“3–deydi. „Alisher arab harflari yozilgan taxtani qo‘ltiqlab, o‘zidan ikki yosh katta Husayn bilan birga maktabga borib-kelib yurdi. Tez orada harflarni yod olvoldi. Maktabdan ozod bo‘lgandan keyin b

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Muhammad Alining „Mangu quyosh“ romanida tasvirlangan Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro o‘rtasidagi do‘stlik va siyosiy hamkorlik tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Muhammad Alining „Mangu quyosh“ romanida tasvirlangan Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro o‘rtasidagi do‘stlik va siyosiy hamkorlik tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiy talqin, Muhammad Ali, Alisher Navoiy, badiiy obraz, saroy ziddiyatlari., „Mangu quyosh“, adabiy tahlil, Husayn Boyqaro, vatanparvarlik, do‘stlik, ilm-ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники