К содержанию
РецензированоUZ2026

IMOM AL- BUXORIY MEROSI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA HADISLAR ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISH

Yodgorova Go‘zaloy Olim qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article discusses the methodological possibilities of teaching hadiths based on the legacy of Imam al-Bukhari in providing moral education to primary school students. The educational significance of hadiths is analyzed, especially in the formation of such qualities as goodness, honesty, respect, and patience in the hearts of the younger generation. The article discusses methods of using hadiths in the teaching process, interactive methods, and approaches appropriate to the age characteristics of students. The results of the study serve to more effectively organize the process of spiritual and educational education in primary school students. Recommendations are also given for effective teaching of hadiths in the educational process. Keywords. Imam al-Bukhari, methodology, educational opportunities, religious values, moral education, primary grades, importance of hadiths, spirituality, culture. Kirish: Yuksak ma’naviyatli jamiyat qurish har bir xalqning asosiy orzusi va maqsadidir. Bunday jamiyatni shakllantirishda yosh avlodga axloqiy tarbiya berish muhim o‘rin tutadi. Axloqiy qadriyatlar bolalikdan singdirilsa, u jamiyatga foydali, vatanparvar va insonparvar bo‘lib voyaga yetadi. Bu borada buyuk allomamiz Imom al- Buxoriy qoldirgan bebaho ilmiy meros, xususan, uning hadis to‘plamlari asos bo‘la oladi. Bugungi ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchilarning nafaqat bilimli, balki ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida berilgan tarbiyaviy ta’sirlar bolaning butun hayoti davomida shakllanadigan axloqiy fazilatlarning asosini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan, buyuk muhaddis Imom al- Buxoriy merosida keltirilgan hadislar yosh avlodga ezgulik, halollik, sabr-toqat, mehr-oqibat kabi yuksak qadriyatlarni singdirishda muhim vosita bo‘la oladi. Bugungi globallashuv davrida bolalarning axloqiy dunyoqarashlariga salbiy ta’sirlar kuchayib borayotgan bir paytda, ularni milliy va diniy qadriyatlar asosida tarbiyalash dolzarb masalaga aylanmoqda. Hadislar mazmunan chuqur, axloqiy-ruhiy tarbiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi ibratli saboqlar majmuasidir. Ularni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yoshiga mos, tushunarli va hayotiy misollar asosida o‘rgatish orqali ularning tafakkuri, odobi va jamiyatdagi tutgan o‘rni shakllanib boradi hadislarni o‘quvchilarning yoshiga mos, sodda va tushunarli shaklda o‘rgatish orqali ularning axloqiy yetukligi, odob –axloqiy madaniyatini shakllantirish mumkin. Ushbu maqolada aynan Imom al- Buxoriy hadislarini boshlang‘ich sinflarda o‘rgatish orqali axloqiyntarbiya berishning metodik imkoniyatlari va amaliy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. 263 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Asosiy qism. Imom al- Buxoriy (810-870) islom olamining eng yirik muhaddislaridan biri bo‘lib, u to‘plagan "Al-Jome’ as-Sahih" nomli hadislar to‘plami eng ishonchli hadis kitoblaridan hisoblanadi. Ushbu asar nafaqat diniy hayot, balki axloqiy, ijtimoiy, oilaviy hayotda ham muhim ahamiyatga ega. Imom al-Buxoriy hadislarni tanlashda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lgan, ularni ishonchli roviylardan olib, ularning ishonchliligini chuqur tahlil qilgan. Shuning uchun ham bugungi kunda uning hadislaridan tarbiya jarayonida foydalanish – ishonchli va samarali usuldir. 2. Boshlang‘ich sinflarda hadislar orqali tarbiya berish zarurati Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayotiy tushunchalarni yangi o‘zlashtirayotgan, taqlid qilishga moyil bo‘lgan davrda bo‘ladilar. Bu davrda ularning qalbiga ezgulik, rostgo‘ylik, sabr, halollik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni singdirish juda muhim. Hadislar esa mana shu axloqiy qadriyatlarni qisqa, sodda va chuqur mazmunli tarzda yetkazadi. Boshlang‘ich sinflarda hadislar orqali tarbiya berishning dolzarbligi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari — hali shaxsiy fazilatlar, dunyoqarash, axloqiy tamoyillar shakllanish arafasidagi yosh toifasidir. Ularning ongi beg‘ubor, qalblari ochiq, har qanday ta’sirni tez qabul qiluvchi bo‘ladi. Shu sababli ularning tarbiyasida eng sodda, tushunarli, lekin chuqur ma’noga ega vositalardan foydalanish muhim. Hadislar aynan shunday manbalar hisoblanadi. Ular qisqa, obrazli va esda qolarli bo‘lib, bolalar uchun qulay tilda tushuntirilishi mumkin. Har bir hadis o‘zida bir fazilatni targ‘ib qiladi, bu esa har bir darsda axloqiy bir g‘oyani yoritishga imkon beradi. Halollik haqida: “Halollik najotdir.” Bu hadis o‘quvchilarga har qanday vaziyatda rostgo‘ylik, poklikni saqlash kerakligini o‘rgatadi. Mehnat haqida: “Kim odamlar oldida tilanchilik qilsa, qiyomatda yuzida dog‘ bilan turadi.” Bu orqali mehnat qilishga, mustaqil bo‘lishga undash mumkin. Hurmat haqida “Kattalarga hurmat, kichiklarga mehr-muhabbat ko‘rsatmagan bizdan emas.” Bu esa maktabdagi muomala madaniyatini shakllantiradi. 3. Tarbiyaviy jarayonda hadislarni qo‘llash usullari hadislar orqali axloqiy tarbiya berishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin: Tu

Доказательный фрагмент

«This article discusses the methodological possibilities of teaching hadiths based on the legacy of Imam al-Bukhari in providing moral education to primary school students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the methodological possibilities of teaching hadiths based on the legacy of Imam al-Bukhari in providing moral education to primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Imam al-Bukhari, methodology, educational opportunities, religious, madaniyat., Imom al- Buxoriy, axloqiy tarbiya, metodika, ma’naviyat, diniy qadriyatlar, tarbiyaviy imkoniyatlar, boshlang‘ich sinflar, hadislar ahamiyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3