Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
AUTIZM SINDROMLI BOLALAR TA’LIMIDA KORREKSION PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
Zokirova Fozilaxon
Interpretation and researches · 1 · 1493-1498 · 2001
Аннотация
Ushbu maqolada autizm sindromi kasalligiga uchragan bolalarning ta’limida korreksion pedagogik faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda autizm sindromi va uning ta’limdagi ahamiyati o‘rganilgan, shuningdek, autizmli bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan samarali metodlar va yondashuvlar tahlil qilingan. Maqolada autizmli bolalarning ijtimoiy, emotsional va kognitiv rivojlanishidagi xususiyatlar hamda bu bolalar uchun individual ta’lim rejalarini yaratishning zarurligi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda shuningdek, O‘zbekiston sharoitida autizm sindromiga ega bolalar ta’limida korreksion pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishning amaliy jihatlari yoritilgan. Maqolada keltirilgan metodik yondashuvlar va pedagogik usullar orqali autizmli bolalar uchun ijtimoiy hayotga moslashish imkoniyatlari yaratish, ularning ta’limdagi muvaffaqiyatlarini oshirishga erishish mumkinligi ta’kidlangan. Tadqiqotning natijalari, kelgusida autizmga ega bolalar uchun ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: autizm sindromi, korreksion pedagogik faoliyat, ijtimoiy moslashuv, ABA metodi, TECCH yondashuvi, nutq rivojlanishi, korreksion yordam, ijtimoiy integratsiya. Kirish. Hozirgi kunda butun dunyo tan olib kelayotgan yechimsiz muammolar sirasiga autizm sindromini qo‘shish mumkin. Bu sindrom oldin rivojlangan mamlakatlarda eng ko'p uchragan bo'lsa, hozirgi kunga kelib esa barcha davlatlarda bu sindromga ega bo'lgan bolalar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2001-yildayoq alohida ajratib ko'rsatilib, shu yilning o'zida “Psixik salomatlik yili” deb e’lon qilingan. Autizm grekcha “autos” –“o'zim” degan ma’noni bildiradi. Markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi autizm kasalligi bilan bog'liq deb qaraladi. Bu kasallikda odamovilik, insonlar bilan muloqotga ehtiyoji yo'qligi, o'zining olamida tinch yashashi bu holatni atrofdagilardan afzal ko'rishi va boshqa psixik rivojlanishdagi murakkab o'ziga xos ko'rinishlardir. Autizm sindromining belgilari bir qancha. Har bir autizm sindromiga ega bo'lgan bolada turli xil belgilari kuzatiladi. Chaqaloqlik paytlaridanoq normal rivojlanishdan chetlashish kuzatiladi. O'zidan-o'zi qichqirishi, so'zlar paydo bo'lsada ularni nutqda qo'llay olmasligi, so'zlarning ma'nolarini 223 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 tushunmasligi, ko'zga qaray olmasligi va boshqa belgilar kuzatiladi. Autizm sindromida uchrab turadigan tibbiy muammolar aqli zaiflik, ko'rishdagi buzilishlar bulardan tashqari teri kasalliklari ham qo'shilib kelishi mumkin. Shunindek, bu sindrom boshqa sindromlardan katta farqqa ega. Negaki bugungi kunga qadar autizm sindromini aniq keltirib chiqaradigan sabablar aniqlanmagan. Autizm turlari ham mavjud bo'lib bular quyidagilar iborat: 1. Tipik autizm 2. Atipik autizm 3. Ret sindromi 4. Asperger sindromi Autizm sindromining guruhlari ham autizmga ega bo'lgan shaxsning yoshiga qarab belgilanadi. 1-guruh: Ilk yoshdagi bolalar autizmi (2 yoshgacha bo'lgan bolalar). 2-guruh: Bolalar autizmi (2- 11 yoshdagi bolalar). 3-guruh: O'smirlar autizmi (11-18 yoshdagi bolalar). 4-guruh: Kattalar autizmi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ta'lim sohasida keng qamrovli islohotlar olib borish, O'zbekiston yoshlari ta'lim-tarbiya olishi uchun maqbul sharoitlarni yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan bolalarning ta'lim olishi, ijtimoiy himoya qilinishi, moddiy-ma'naviy jihatdan ko'mak berilishi va boshqa bolalar singari ular ham sifatli ta'lim -tarbiya olib jamiyatda o'z o'rnini topishiga juda katta e'tibor qaratilgan. Shuningdek, 2008-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2- aprel Xalqaro autizm muammosi to'g'risida axborotlarni tarqatish kuni deb e'lon qilinib shundan buyon har yili nishonlanib kelinadi. Ammo Respublikamizda aynan autizm sindromiga ega bo'lgan bolalar uchun uslubiy adabiyotlar, yangi metodlar ishlab chiqilmaganligi, korreksion yordam ko'rsatish yo'lga qo'yilmaganligi bu autizmga ega bo'lgan bolalarning dolzarb muammosi sifatida qaraladi. Bu mavzumizning maqsadi ham autizm sindromli bolalar ta'limida korreksion pedagogik faoliyatni tashkil qilishga qaratildi. Bolalarda autizm bilan bog'liq nuqsonlarni bartaraf etish bo'yicha 4 ta asosiy metodika mavjud. Bular: TEASSN, ABA, Son-Rise hamda SIR hisoblanadi. Bu metodikalar autizmga ega bo'lgan bolalarning ijtimoiy hayotga moslashishida, boshqalar bilan muloqotga kirishishiga, his-tuyg'ularni tushunishiga yordam beradigan korreksiyalash usullari jamlangan o'ziga xos metodikalar sanaladi. Hozirgi kunda O'zbekistonda autizm sindromli bolalar ta'limida korreksion pedagogik faoliyatni tashkillash uchun birinchi navbatda bunday autistik ta'limga muhtoj bo'lgan bolalar uchun alohida maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkillashtiri
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada autizm sindromi kasalligiga uchragan bolalarning ta’limida korreksion pedagogik faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada autizm sindromi kasalligiga uchragan bolalarning ta’limida korreksion pedagogik faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy moslashuv, TECCH yondashuvi, ijtimoiy integratsiya., nutq rivojlanishi, korreksion yordam, korreksion pedagogik faoliyat, autizm sindromi, ABA metodi
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026