Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
EKSTREMIZM VA TERRORIZMNING JAMIYAAT UCHUN HAVFI
Xayitova Rushana Eshtemur qizi · Normurodova Rayhona Olim qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Bugungi globallashuv jarayonida dunyo hamjamiyati bir qator dolzarb muammolarga duch kelmoqda. Ularning eng xavflilaridan biri — bu ekstremizm va terrorizmdir.Aynan bugungi maqolamiz davomida bu mavzular bo`yicha chuqurroq fikirlar yuritamiz. Kalit so‘zlar:Ekstremizm va terrorizm tushunchalari,tarixi,sabablari,ijtimoiy xavf,oldini olish choralari,oqibatlari. Har ikki tushuncha insoniyat tinchligiga, davlatlar suverenitetiga va ijtimoiy barqarorlikka tahdid soladi. Shuning uchun bu illatlarning mazmun-mohiyatini tushunish, sabablarini tahlil qilish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir Ekstremizm tushunchasi va uning xususiyatlari;Ekstremizm — bu shaxs yoki guruhning siyosiy, diniy yoki ijtimoiy e’tiqodlarni keskin shakllarda ilgari surishi va bu yo‘lda murosasizlik, tajovuzkorlik yoki zo‘ravonlikka moyillik bilan harakat qilishidir. Ekstremistik fikrlar ko‘pincha radikal mafkuralarga asoslanadi va jamiyatdagi mavjud tartibni o‘zgartirishni maqsad qiladi.Ekstremizmning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:Murosasizlik va boshqa fikrga toqatsizlik;Jamiyatda mavjud qadriyatlar va tartiblarni tan olmaslik;Yagona haqiqat bor degan fikrni ilgari surish;Zo‘ravonlikni ma’qullash yoki targ‘ib qilish.Ekstremistik g‘oyalar ko‘pincha yoshlar orasida tez yoyiladi, chunki ular hayotiy tajribaga ega emas va manipulyatsiyalarga oson uchraydi.Terrorizm tushunchasi va uning turlari;Terrorizm — bu siyosiy, diniy yoki mafkuraviy maqsadlarda zo‘ravonlik, portlash, o‘ldirish, tahdid kabi vositalar orqali jamiyatda qo‘rquv va vahima uyg‘otishga qaratilgan jinoyat turidir. Terroristik harakatlar nafaqat alohida shaxslarga, balki butun bir jamiyatga qaratiladi.Terrorizmning asosiy turlari:46 1. Siyosiy terrorizm – hokimiyatni qo‘lga kiritish yoki uni o‘zgartirish maqsadida amalga oshiriladi. 2. Diniy terrorizm – diniy ekstremistik g‘oyalarga asoslanadi va ko‘pincha "jihod" nomi bilan niqoblanadi. 46 Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. – 15 dekabr 2000-yil, yangi tahrirda: Lex.uz. 209 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 3. Etnik yoki milliy terrorizm – milliy ajralish, avtonomiya yoki mustaqillik talablariga bog‘liq bo‘ladi. 4. Xalqaro terrorizm – chegara bilmasdan turli davlatlarda amalga oshiriladigan harakatlar. Ekstremizm va terrorizmning sabablari; Ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishiga ko‘plab omillar sabab bo‘ladi: Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar: Ishsizlik, qashshoqlik, ijtimoiy adolatsizlik. Ta’lim va tarbiyaning sustligi: Yoshlar ongiga to‘g‘ri yo‘nalish berilmagani. Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘ibot: Yolg‘on axborot va manipulyatsiyalar. Diniy savodsizlik: Dinning noto‘g‘ri talqin qilinishi.Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash choralari;Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash nafaqat huquq- tartibot idoralarining vazifasi, balki butun jamiyatning umumiy mas’uliyatidir. Bu borada quyidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega: 1. Ma’rifiy ishlar: Maktab, kollej, oliy o‘quv yurtlarida ekstremizm va terrorizmga qarshi ma’ruzalar, seminarlar tashkil etish. 2. Diniy sohaga e’tibor: Diniy bilimlarni to‘g‘ri va ishonchli manbalardan o‘rganishga sharoit yaratish. 3. Huquqiy tartib: Qonunchilik doirasida ekstremistik faoliyatni jazolash mexanizmlarini kuchaytirish. 4. Ijtimoiy adolatni ta’minlash: Aholining hayot darajasini yaxshilash, yoshlarni ish bilan ta’minlash. 5. Internet xavfsizligini ta’minlash: Yolg‘on ma’lumotlar tarqatilishini oldini olish Ekstremizm va terrorizm: Asosiy ma’lumotlar va chuqur tahlil: 1. Ekstremizmning psixologik va ijtimoiy ildizlari:Ekstremizm — bu shunchaki radikal fikr emas. Bu odatda:Shaxsiy norozilik, g‘azab yoki adolatsizlik hissi natijasida shakllanadi47.Ko‘pincha ijtimoiy tashvishlar — kambag‘allik, ishsizlik, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmaslik — odamni ekstremistik g‘oyalarga moyil qiladi.Yoshlar radikal guruhlar tomonidan “qahramon” bo‘lish, “ma’noli hayot kechirish”, “haqiqat uchun kurashish” degan yolg‘on shiorlar bilan jalb qilinadi. 2. Ekstremistik guruhlarning ishlash usullari; Internet orqali yollash: Ko‘plab guruhlar ijtimoiy tarmoqlarda faol: ular diniy yoki siyosiy niqob ostida yoshlar bilan aloqa o‘rnatadi.Psixologik manipulyatsiya: G‘azablangan, o‘ziga ishonchi past yoki hayotida maqsadi yo‘q insonlar “adolatparvarlik”, “xaloskorlik” kabi yolg‘on tasvirlar bilan aldab jalb etiladi.“Jannat 47 Toxtaboyev N. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari. – Toshkent: “Adolat” nashriyoti, 2021. 210 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 va’da qilish”: Ayniqsa diniy ekstremistlar tomonidan bu usul eng ko‘p ishlatiladi — o‘zini portlatganlar “to‘g‘ri yo‘lda ketdi” degan yolg‘on bilan aldashadi. 3. Terrorizmning zamonaviy shakllari;Bugungi kunda terrorizm:An’anaviy (portlash, qurolli hujuml
Доказательный фрагмент
«Bugungi globallashuv jarayonida dunyo hamjamiyati bir qator dolzarb muammolarga duch kelmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi globallashuv jarayonida dunyo hamjamiyati bir qator dolzarb muammolarga duch kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixi, sabablari, ijtimoiy xavf, oqibatlari., Ekstremizm va terrorizm tushunchalari, oldini olish choralari
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026