Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
JIZZAX UYEZDIDA ASALARICHILIK XO‘JALIGINING PAYDO BO‘LISH TARIXI
Bazarbayev Sanjar Xamzayevich
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article analyzes the emergence and development of beekeeping farms in the Jizzakh uyezd during the late 19th and early 20th centuries. It explores the formation of the first farms, their economic efficiency, encountered challenges, and the social impact on the local population. Based on archival sources, the paper details how beekeeping began in Jizzakh, the introduction of Langstroth and Dadant hives, and how this early experience laid the foundation for the future development of the industry. Keywords: Jizzakh uyezd, beekeeping history, Langstroth hive, Dadant system, prison farm, honey production, Turkestan. Аннотация: В статье на основе исторических источников исследуется возникновение и становление пасечных хозяйств в Джизакском уезде на рубеже XIX – XX вв. Первая пасека была создана в качестве эксперимента при уездной тюрьме; впоследствии инициативу подхватили местные жители и отдельные чиновники. Внедрение современных ульев типа Лангстрота, Даданта и немецких конструкций заметно повысило продуктивность. Рассмотрены экономические результаты, возникавшие трудности, природные условия и наблюдения за деятельностью пчёл, что позволяет выявить перспективы развития отрасли в регионе. Отдельное внимание уделено социальному, экономическому и экологическому значению данного исторического процесса. 163 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Ключевые слова: Джизакский оазис; история пчеловодства; тюремное хозяйство; ульи Лангстрота; система Даданта; XIX век; экологические факторы; экономическое развитие; местные инициативы; Самаркандская область; исторические источники. Asalarichilik insoniyat tarixida qadimdan mavjud bo‘lgan, tabiiy ne’matlarni inson hayoti va salomatligi uchun xizmat qildirishning muhim sohalaridan biridir. Turkiston o‘lkasida, xususan, Jizzax vohasida bu sohaning rivojlanishi XIX asrning oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Dastlab sodda usullar bilan boshlanib, keyinchalik zamonaviy langstrot va dadant tizimidagi uyalar joriy etilishi bilan Jizzaxda ilmiy asoslangan asalarichilik xo‘jaliklari tashkil topa boshladi. Ushbu maqolada Jizzax vohasida asalarichilik xo‘jaligining paydo bo‘lish tarixini, dastlabki xo‘jaliklarning shakllanish jarayoni, ularning iqtisodiy samaradorligi, yuzaga kelgan muammolar va bu sohaning mahalliy aholiga ta’siri yoritiladi. Shu orqali Jizzax vohasining asalarichilik tarixidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Jizzax uyezdidagi asalarichilikning boshlanishiga qamoqxona bo‘limi asos soldi. 1899-yilda ushbu uyezd qamoqxonasining iqtisodiy mablag‘lari hisobidan Kattaqo‘rg‘on hududida yashovchi Posixlov ismli kishidan Langstrot tizimidagi 2 ta asalari oilasi va asalarichilik uchun zarur bo‘lgan inventarlar sotib olingan. Ushbu ilk asalarichilik xo‘jaligini tashkil etish uchun jami 108 rubl 56 tiyin sarflangan. Asalarichilik xo‘jaligi qamoqxona huzurida tashkil qilindi va u qamoqxona boshlig‘i I. L. Lazarev ixtiyoriga topshirildi. U 1899-yildan 1904-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu xo‘jalikni 12 ta asalari oilasiga kengaytirdi39. 1900-yilda qamoqxona bo‘limi asalarichilik uchun 21 rubl 10 tiyin, 1901-yilda 27 rubl 63 tiyin, 1902-yilda esa 2 rubl, 1903-yilda esa 76 rubl 80 tiyin sarfladi. Faqat 1903-yildagina xo‘jalik o‘zining dastlabki daromadini oldi – 34 funt asal sotilib, undan 13 rubl 80 tiyin daromad olindi. 1904-yilda asalarichilik ehtiyojlari uchun 55 rubl 10 tiyin sarflandi. Daromad esa quyidagicha bo‘ldi: 4 ta uyali asalarilar sotilib – 80 rubl, 2 ta oilali uyalar – 32 rubl 80 tiyin, qolgan asalarilar va asal sotuvidan – 40 rubl, jami daromad 152 rubl 80 tiyin bo‘ldi. Shu tarzda xo‘jalik o‘z xarajatlarini to‘liq qoplabgina qolmay, balki 166 rubl 60 tiyin foyda ham oldi. Bu mablag‘ asalarichilikning keyingi rivoji uchun qo‘llanildi40. Asalarichilikning bunday natijalari qamoqxona rahbariyatining kelajakda uni yanada kengaytirish rejasini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi. Ammo qamoqxona sharoitlari tufayli buni amalga oshirish imkonsiz bo‘ldi. Shuning uchun mahalliy xalq 39 Справочная книжка Самаркандской области. 1907. Самарканд – типо-литография Г.И.Демурова, C 149 40 Справочная книжка Самаркандской области. 1907. Самарканд – типо-литография Г.И.Демурова, C 149 164 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 orasida asalarichilikni rivojlantirish maqsadida Lazarev o‘zining shaxsiy tashabbusi bilan bir mahalliy fuqaro – mahkumlikdan ozod etilgan turkman Shoqirim Niyozovga Langstrot tizimidagi uyalar va 2 ta asalari oilasini topshiradi. Shu tariqa mahalliy xalq orasida Jizzax uyezdida ikkinchi asalarichilik xo‘jaligi tashkil etildi. Uchinchi asalarichilik joyi mahalliy soliq inspektori S.A. Lidakovga tegishli bo‘lib, u 1904-yil bahorida N.Azarovdan bitta uja miqdorida asalari oilasini olgan. Unda allaqachon xuddi shunday uyalar joylashgan ikkita ari oilasi mavjud. To‘rtinchi
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the emergence and development of beekeeping farms in the Jizzakh uyezd during the late 19th and early 20th centuries.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the emergence and development of beekeeping farms in the Jizzakh uyezd during the late 19th and early 20th centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jizzakh uyezd, beekeeping history, Langstroth hive, Dadant system, ekologik omillar, asalarichilik tarixi, qamoqxona xo‘jaligi, iqtisodiy rivojlanish, XIX asr, mahalliy tashabbus, Jizzax vohasi, Langstrot uyalari, Dadant tizimi, tarixiy manbalar., Samarqand viloyati
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025