Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
EKSTREMISTIK G‘OYALARNING JAMIYATIMIZ BARQARORLIGIGA TAHDIDI
Nabiyeva Muyassar Abdurasul qizi · Ortiqova Muxlisa Ravshan qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada diniy savodsizlik va ekstremizm o‘rtasidagi bog‘liqlik, Diniy bilimning yetarli emasligi yoki noto‘g‘ri talqini radikal g‘oyalarning tarqalishiga qanday sharoit yaratishi haqida fikr yuritiladi.Maqolada diniy savodsizlikning ekstremistik mafkuralarning rivojlanishiga ta’siri, muqaddas matnlarning noto‘g‘ri tushunilishi, yoshlar orasida radikallashuv xavfi va diniy manipulyatsiya usullari yoritib beriladi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy misollar orqali diniy bilimsizlik natijasida yuzaga kelgan ekstremistik harakatlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Diniy savodsizlik, ekstrimizm, radikallashuv, manipulatsiya, mafkura, fundamintalizm, fanatizm, takfir. Bizga ma`limki dinning ilk shakllari insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ibtidoiy odamning dunyoqarashi ekanligi g‘oyasiga asoslanadi. O‘sha davrlardan buyon din insonning ehtiyojlari va mayllarini jilovlash vositasi, madaniyatning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar diniy ta’limotda ham o‘ziga xos jarayonlarni keltirib chiqargan. Ular ta’sirida davlat va milliy dinlar vujudga kelgan. Qudratli xudolarga sig‘inish va ko‘pxudolik shakllangan. Xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yanada rivojlanishi, yirik saltanatlarning paydo bo‘lishi natijasida dinlar davlat va elatlar doirasidan chiqib, umuminsoniy ahamiyat kasb etdi va jahon dinlari darajasiga ko‘tarildi. Diniy qarashlarning rivojlanish jarayoni hozir ham davom etmoqda. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. XX asrning oxirlarida xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi global muammolar qatoriga diniy ekstremizm va fundamentalizm ofati qo‘shildi. Yadroviy urush xavfi, ekologik fojia kabi global muammolar insoniyat taqdiriga qanchalik vayronkor tahdid qilayotgan bo‘lsa, diniy ekstremizm va terrorizmning buzg‘unchilik ta’siri ko‘lami ulardan kam emas. Diniy ekstremizm (lotinchada – extremum eng keyingi, oxirgi degan ma’nolarni anglatadi) ijtimoiy hayotda yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida 121 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 paydo bo‘ladi va uning ildizlari uzoq o‘tmishimizga borib taqaladi. Zero, diniy ekstremizm diniy dunyoqarash paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan ijtimoiy voqelikdir. Faqat u turli tarixiy davrlarda xilmaxil ko‘rinish, shakl va mazmunda namoyon bo‘ladi. Diniy ekstremizmning manbai mutaassiblik (fanatizm)dir. Mutaassiblik kishilarning muayyan narsa, fikr yoxud g‘oyaga ko‘r-ko‘rona, uning chuqur mohiyatiga yetmasdan, butun vujudi bilan qattiq ishonishi, uni boshqa hamma narsa va g‘oyalardan to‘g‘riroq deb bilishi natijasida boshqalarga ham turli vositalar bilan singdirishga harakat qilishidir. Jamiyatda mutaassiblik quyidagi sabablar natijasida vujudga keladi: a) aholi turmushi darajasining pastligi va ijtimoiy munosabatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi; b) fuqarolarining diniy bilimi va saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, diniy jaholatning ustunligi. Sobiq Ittifoq davrida o‘qitilgan «Ilmiy ateizm» kursi vijdon va e’tiqod erkinligi ta’minlangan mamlakatda o‘z mavqeini yo‘qotdi, diniy e’tiqodga keng imkoniyatlar yaratildi. E’tiqod erkinligiga tashna xalq ichida diniy tasavvurlarga ehtiyoj nihoyatda ortdi. Ammo bu holatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga urinuvchi yovuz kuchlar ham paydo bo‘ldi. Din, uning tarkibi va vazifasi haqida deyarli tasavvurga ega bo‘lmagan kishilar, diniy savodsizliklari sababli, turli makkor siyosiy kuchlarning tuzog‘iga ilindilar. Din niqobi ostida ish ko‘ruvchi manfur kimsalar azaliy diniy qadriyatlarimizning tiklanishiga yo‘l qo‘ymay, diniy bilishni janggarilik va takabburlik o‘zaniga burib yuborishga harakat qildilar. Bunday harakatlarning misoli sifatida Namangan viloyatidagi 1991–1992-yillar voqealarini keltirishimiz mumkin. U yerda bir guruh unsurlar diniy poklanish, azaliy diniy qadriyatlarni tiklash niqobi ostida mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirish, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan yosh davlatni diniy davlat taraqqiyoti o‘zaniga burib yuborishga harakat qildilar. Ular xalqimizning azaliy diniy qadriyatlaridan farq qiluvchi vahhobiylik g‘oyalarini targ‘ib qilib, diniy bilimlardan uzoq kishilarni haqiqiy islom niqobi ostida o‘z ta’sir doirasiga tortdilar. Ular manfur maqsadlarini amalga oshirishda turli jinoyatchi unsurlardan, janggari kallakesarlardan foydalandilar. 2005-yilning may oyidagi Andijon voqealari esa diniy mutaassiblik va terrorizmning haqiqiy qiyofasini yana bir marta namoyon qildi. Uning tashkilotchi va ishtirokchilari mamlakatimizdagi barqarorlikni qurolli fitna va xorijdagi «demokratiya» uchun yollanma kurashchilar y
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada diniy savodsizlik va ekstremizm o‘rtasidagi bog‘liqlik, Diniy bilimning yetarli emasligi yoki noto‘g‘ri talqini radikal g‘oyalarning tarqalishiga qanday sharoit yaratishi haqida fikr yuritiladi.Maqolad…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada diniy savodsizlik va ekstremizm o‘rtasidagi bog‘liqlik, Diniy bilimning yetarli emasligi yoki noto‘g‘ri talqini radikal g‘oyalarning tarqalishiga qanday sharoit yaratishi haqida fikr yuritiladi.Maqolad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Diniy savodsizlik, takfir., radikallashuv, fanatizm, mafkura, ekstrimizm, manipulatsiya, fundamintalizm
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021