Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARNI REFLEKSIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
G‘oyimov Umar Eshmurodovich · Pardayeva Ruxshona Mansur qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the theoretical foundations of the development of reflective activity of future teachers. Reflection, as a generally recognized pedagogical and psychological phenomenon, is also analyzed as a component of the professional and pedagogical position of a future teacher. Keywords: reflection, reflexive position, reflexive processes, future teachers, philosophy, pedagogy, psychology. Аннотация. В статье анализируются теоретические основы развития рефлексивной деятельности будущих педагогов. Рефлексия, как общепризнанный педагогический и психологический феномен, также анализировалась как компонент профессионально-педагогической позиции будущего учителя. Ключевые слова: рефлексия, рефлексивная позиция, рефлексивные процессы, будущие учителя, философия, педагогика, психология. Bugungi ta’lim shaxsning barkamol rivojlanishi va umuminsoniy ideallarga yo‘naltirilgan bo‘lib, ta’limga insonparvar yondashuv dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, bularning barchasi bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy tayyorlashga o‘zgarishlar kiritish ob’ektiv zaruriyatini shart qilib qo‘ymoqda. Mazkur sharoitda o‘qituvchi faoliyatining boshqacha mazmunini izlash, uning ishining yangi usullari va texnologiyalarini joriy qilish lozim. Bugungi kunda OTMda kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik faoliyat sub’ekti sifatidagi bo‘lajak o‘qituvchining refleksiv pozitsiyasini rivojlantirishning ham amaliy, ham nazariy metodologik jihatlarini ochib bera oladigan ilmiy tadqiqotlar еtarli emas. «Refleksiya» tushunchasi murakkab, ko‘p jihatli bo‘lib, falsafa, psixologiya, pedagogika kabi bir qator fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi. Refleksiya (lotincha reflexio – orqaga nazar tashlash) «inson tafakkurining tamoyili bo‘lib, insonni o‘z shakl va dastlabki shartlarini qayta anglash va tushunishga yo‘naltiradi; bilimni predmet jihatdan ko‘rib chiqish, uning mazmuni va bilish usullarining tankidiy tahliliga qaratilgan; inson ma’naviy dunyosining ichki tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib 4 15 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ beradigan o‘zini o‘zi bilish faoliyatidir. Bilish shakli sifatida refleksiya nafaqat tanqidiy, balki evristik tamoyil hamdir: u yangi bilim manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Zamonaviy pedagogika fanida refleksiyaning quyidagi turlari ajratiladi: - elementar; - ilmiy; - falsafiy. Refleksiya ijtimoiy, estetik, ilmiy, axloqiy yo‘nalishlarga ega. Mazkur yondashuv mahsuldorlikni oshirgan, ma’naviy salohiyatni boyitgan holda ilmiy izlanishlarga ko‘maklashadi. Olim va mutafakkirlarning talqinida refleksiya – bu inson ongida fikr yuritish, o‘zini o‘zi anglash mazmunini tushunishda ifodalangan jarayon hamda tafakkur va nazariy faoliyatning shaklidir. Bundan kelib chiqqan holda, OTMda pedagogik ta’lim maktab faoliyati va umuman madaniyatda o‘z o‘rnini aniq tasavvur qiladigan bo‘lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash masalasini hal qilishi zarur. Zamonaviy taʼlim tizimi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan global tendensiyalar va axborot-kommunikatsion inqilob sharoitida yangilanib, har tomonlama yuqori malakali, kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash vazifasini o‘z oldiga qo‘ymoqda. Bugungi kunda o‘qituvchilik kasbi nafaqat bilim beruvchi, balki ijtimoiy ong va madaniyatni shakllantiruvchi, yosh avlodga mustaqil fikrlash, ijtimoiy moslashuv va o‘zini anglash ko‘nikmalarini beruvchi kasb sifatida talqin etilmoqda. Pedagoglarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida reflektiv faoliyatni chuqur tahlil qilish, ularni ongli ravishda o‘z faoliyatini baholay oladigan mutaxassis sifatida shakllantirishni taqozo etadi. Reflektiv faoliyat pedagogik jarayonning ajralmas komponenti bo‘lib, o‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qilish, baholash va takomillashtirish orqali kasbiy o‘sishiga xizmat qiladi. Bu faoliyat o‘z-o‘zini anglash, o‘z faoliyatining kuchli va zaif jihatlarini aniqlash, ulardan xulosa chiqarish va kelgusida yanada mukammal yondashuvlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Xususan, bo‘lajak o‘qituvchilarda ushbu faoliyatni shakllantirish, ularni faqatgina bilimdon mutaxassis emas, balki mustaqil fikrlovchi, mas’uliyatli, ijtimoiy faollikka ega bo‘lgan shaxs sifatida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirish, zamonaviy taʼlim tizimining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Refleksiya, shaxsning o‘z tajribalari, fikrlari, hissiyotlari va xatti- harakatlarini tahlil qilish, ular bilan ishlash orqali o‘zini anglash va o‘zgartirish jarayonidir. Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan, refleksiya talabaning o‘z-o‘zini anglashiga, shuningdek, uning o‘quv jarayoniga faol munosabatini rivojlantirishga yordam beradi hamda alabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ham muhim ahamiyatga ega, chunki bu qobiliyatlar o‘z-o‘zini anglash, o‘zgarishlarni kuzatish va o‘rganish jarayonida samarali natijalarga erishish uchun zarur. Qu
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the theoretical foundations of the development of reflective activity of future teachers.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the theoretical foundations of the development of reflective activity of future teachers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reflection, reflexive position, reflexive processes, future teachers, philosophy, bo‘lajak o‘qituvchilar, refleksiv pozitsiya, falsafa, pedagogika, psixologiya., refleksiya, refleksiv jarayonlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026