Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA TARIXIY OBRAZLAR TALQINI
Tursunqulova Muhayyo Olim qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article is a great contribution to Uzbek poetry of the 20 th century the figure of our added generations is widely covered. Every poet, poetess writes in praise of his motherland, where he was born and grew up, and his descendants who lived in it. In the poetry of such artists, we can see the heroes of folk art, the great figures such as Alisher Navoi, the sultan of the ghazal estate, Zahiriddin Muhammad Babur, the king and port’ and Amir Temur. During the period, historical images were interpreted more as symbols of national awakening, freedom, courage, pride and memory. Poets re-embodird history not only as a collection of facts, but as a source of spiritual and spiritual experience. Keywords: historical image, poetry, national consciousness, life feeling, moral highness, justice. Аннотация. Эта статья является большим вкладом в узбекскую ХХ века. Фигура наших добавленных поколений широко освещается. Каждый поэт, поэтесса пишет во славу своей Родиныб где он родился и вырос, и своих потомков, живших в ней. В поэзии таких художников мы можем увидеть героев народного творчества, таких великих деятелей как Алишер Навои, султан газельного сославия, Захириддин Мухаммад Бабур, царь и поэт, Амир Темур. В этот период исторические образы интерпретировались скорее как символы национального пробуждения, свободы, мужества, гордости и памяти. Поэты перевоплотили историю не только как совокупность фактов, но и как источник духовного и духовного опыта. Ключевые слова: исторический образ, поэзия, национальное сознание, жизнеощущение, нраственное величие, справедливость. XX asr o‘zbek she’riyatida tarixiy shaxslarni gavdalantirish adabiyotda milliy ong, tarixiy xotira va o‘zlikni anglash jarayonining muhim bir jihati sifatida namoyon bo‘ladi. Bu davrda ko‘plab shoirlar tarixiy obrazlar va voqealarni poetik shaklda qayta tahlil qilib, ularni zamonaviy, ijtimoiy, siyosiy kontekstlarda aks ettirishga harakat qilganlar. Tarixiy shaxslar xotirasini madh etish va ular siymosida millat iftixorini qayta jonlantirish XX asr adabiyotida eng yirik mavzulardan biri bo‘lgan. 4 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu kabi mavzularni qalamga olgan ijodkorlar orasida Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Toʻra Sulaymon singari shoirlar alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqorida ismlari tilga olingan shoirlarning hammasi inson qalbining tub-tubiga she’r bilan kira olgan shoirlardir. Zero, Erkin Vohidov haqli ta’kidlaganik, “She’r shoir qalbida tug‘ilgan hayotiy tuyg‘ularni ifoda qiladi va shu bilan o‘quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o‘zi yonmasa, boshqalarni yondira olmaydi, qalb hislarida otash bo‘lmasa, boshqa qalblarga harorat bera olmaydi. Bu sehrli otashsiz har qanday jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yo‘q”. Yuqorida keltirilgan fikrlarning dalili sifatida Muhammad Yusufning ayrim she’rlariga e’tibor beramiz. Xususan, “Xalq bo‘l, elim” she’ri fikrlarimizga mutanosib: Ko‘z yoshlaring aylansa ham dengizlarga, Qo‘rg‘oningni bermay desang chingizlarga, Ulug‘bek nom qo‘yib ketgan yulduzlarga, Yuzim bosib o‘tay desang, xalq bo‘l, elim! [1,8] Bu she’r sho‘ro tuzumiga qarshi ruhda bitilgan. Shoir o‘zbek millatini, katta-yu kichik, yosh-u qari, barchasini birdamlikka, hamjihatlikka chorlayapti. Buyuk davlat arbobi, astronom, faylasuf Mirzo Ulug‘bekning yulduzlarni aniqlashi, ularga nom berishi, qolaversa, davlatni oqilona boshqargani o‘zbek xalqining iftixori, g‘ururi ekanligini ushbu she’ri orqali ta’kidlagan. O‘zbek she’riyatida tarixiy obrazlar ko‘pincha ramziy, ижодкорнинг бадиий ниятини ma’no kasb etadi. Masalan, Alisher Navoiy, Amir Temur kabi tarixiy obrazlar ko‘proq ma’naviy yuksaklik, adolat, jasorat, faqat xalq g‘ami bilan yashagan inson timsolida tasvirlangan. Bu obrazlar orqali shoirlar o‘z davrining muammolarini badiiy ifodalashga erishganlar. Muhammad Yusuf yana bir she’rida talabalarga murojaat qilib shunday yozadi: Alp o‘g‘lonlar o‘lkasi bu ko‘hna Turon, Qalqonlari, qanotlari, ilm istang. Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron, Alisherning avlodlari, ilm istang! [2, 102] Yuqoridagi kabi she’rlar nafaqat o‘tmishga bo‘lgan hurmat, balki kelajakka yo‘naltirilgan ma’naviy dasturdir. Buyuk tarjimon Huseyin Jemil Merichning fikricha: “Tarix – muhri buzilmagan xazina”. Shu tarix orqali davlatimiz hozirgi davrda boshqa davlatlardan birmuncha ma’naviy yuksalgan, tarixiy xotiralarga boy davlat hisoblanadi. Buni biz Erkin Vohidovning “O‘zbekistonim” she’rida yanada chuqurroq his etamiz. Vahshat vodiysida kechdi asrlar Aljabr ustodin tuqquncha yering. Ilming yuksalguncha Beruniy qadar, To Alisher qadar yetguncha she’ring, Hayratga solguncha fan olamini Farg‘oniy chiqargan aniq hisoblar... Tebransa ne ajab Toshkent zamini, Bu yerga ko‘milgan milliard kitoblar Farang-u hind-u chin, iroq, ajamga 4 08 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE
Доказательный фрагмент
«This article is a great contribution to Uzbek poetry of the 20 th century the figure of our added generations is widely covered.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is a great contribution to Uzbek poetry of the 20 th century the figure of our added generations is widely covered. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- historical image, poetry, national consciousness, life feeling, moral highness, tarixiy obraz, ma’naviy yuksaklik, milliy ong, hayotiy tuyg’u, she’riyat, adolat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025