К содержанию
РецензированоUZ2025

“KALILA VA DIMNA” QO‘LYOZMALARI TURKIYCHA VARIANTLARINING MAZMUNIY QURILISHI

MAZMUNIY QURILISHI · Fazliyeva Mohigul Xayriddinovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article explores the peculiarities of the Turkic manuscripts “Kalila and Dimna”, one of the Javelins of oral and written literature of the Indian people, and its substantive construction. Key words: “Kalila and Dimna”, Bertels, Anushervon, Barzuya hakim, Dobshalim, Bedapoy, Humayun Fol, Khojasta Roy, Ibn al-Muqaffa, manuscript, Institute of Oriental Studies. Аннотация. В этой статье исследуются аспекты, присущие тюркским рукописям “Калила и Димна”, одной из жемчужин устной и письменной литературы индийского народа, и ее содержательное построение. Ключевые слова: “Калила и Димна”, Бертельс, Анушервон, Барзуя Хаким, Добшалим, Бедапой, Хумаюн фол, Ходжаста Рой, Ибн аль-Мукаффа, рукопись, Институт востоковедения. III-IV asrlarda yaratilgan “Kalila va Dimna” asari o‘zining asosida yotgan ilg‘or fikrlari bilan nafaqat o‘z davri uchun, balki hozirgi zamon sharoiti uchun ham katta ahamiyatga molik asar bo‘lib qolmoqda. Asardagi hikoyalar hayvonlar tilidan olib borilsa-da, ijtimoiy hayot, odamlar orasidagi munosabat ko‘zda tutiladi. Kitobning o‘zagini tashkil qiluvchi g‘oya shuki, tabiatdagi mavjud barcha narsalar, hamma jonli mavjudotlar orasida inson eng komil va ulug‘ zotdir, shuning uchun har bir odam shu yuksak nomga munosib bo‘lishi kerak. Asarda ijtimoiy voqelikdagi salbiy hodisalarga qarshi o‘t ochiladi; aql, adolat, odamgarchilik tarannum etiladi. Unda o‘sha jamiyatdagi barcha nuqsonlar: xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo, fisq-fasod, zulm-vahshat fosh qilinadi. “Kalila va Dimna”ning o‘zbekcha nusxalari uchun xarakterli bo‘lgan masalalardan biri kitobning qurilishi va boblarning miqdori masalasidir. Ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof qilingan fikrga ko‘ra, “Kalila va Dimna” aslida 14 bobdan iborat bo‘lib, ular kitobning asosini tashkil qiluvchi masallardir. Lekin davrlarning o‘tishi, kitobning xalqlar orasida ko‘chib yurishi, xilma-xil madaniy muhitlarda bo‘lishi va turli tarixiy sharoitlarni boshidan kechirishi natijasida unga ilovalar qo‘shila boshlandi. Natijada kitobning qurilishi o‘zgardi, qo‘shimcha boblar dunyo yuzini ko‘rdi. Rus professori Bertelsning ko‘rsatishicha, “Kalila va Dimna” boblarining soni X asrdanoq o‘zgara boshlagan edi[1]. Bu o‘zgarishlar yana zamonlar osha kitob bilan bitta bo‘lib ketdi va uning ajralmas qismi sifatida asar bilan birga o‘z sayohatini davom ettirdi. Masalan, mashhur sharqshunos akademik 5 58 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ I.Yu.Krachkovskiy tarjimasi va tahriri ostida 1957-yilda Moskvada nashr qilingan “Kalila va Dimna”ning ruscha varianti 19 bobdan iborat bo‘lib, bu nashr kitobning mukammal varianti hisoblanadi. Krachkovskiy tomonidan kitobga berilgan izohga qaraganda, “Kalila va Dimna”ning bu nashri uchun arab versiyalari asos qilib olingan bo‘lsa ham, unga boshqa manbalarda uchraydigan va muhim variant sifatida diqqatga sazovor bo‘lgan ma’lumotlar ham kiritilgan hisoblanadi[6, 189]. Shu tariqa kitobning aslini tashkil qiluvchi 14 bobga yana besh bob qo‘shildi. Bu besh bobning oxirdagi ikki bobi (I- Kaptar, Tulki va Turna to‘g‘risida yoki birovga reja tuzib berishga epchil, lekin o‘ziga rejim tuzib ololmaydigan kishilar to‘g‘risida, II - Sichqonlar podshosi va uning vazirlari to‘g‘risida) boshqa nusxalardan olingan shunday qo‘shimchadir. Qolgan uch bob kitobning bosh qismida “Muqaddima” o‘rnida keladi va kitobning tug‘ilishi, bosib o‘tgan yo‘liga oid ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. Ulardan ikki bob Eron shohi Anushervon va tabib Barzuya voqealariga bag‘ishlangandir. Bu boblarning birinchisi “Kalila va Dimna”ni izlab topish uchun podshoh Anushervon va tabib Barzuyaning Hind mamlakatiga jo‘natilishi to‘g‘risida”, deb ataladi va Barzuyaning Hindistonga borishi, boshidan kechirgan hodisalari, kitob nusxasini qo‘lga kiritishi va nihoyat, o‘zi uni pahlaviy tiliga tarjima qilishi to‘g‘risida so‘zlaydi. Boblarning ikkinchisi Barzuya hakim haqida bo‘lib, unda Barzuyaning hayoti va ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berishni maqsad qilib qo‘yadi. Muqaddima boblarining uchinchisi “Kitobga Ibn al-Muqaffa yasagan kirish” deb ataladi va hind masaliga arab tarjimonining bergan izohi sanaladi[6,190]. Bu muqaddimalardan tashqari, yana bir masala bo‘lib, u “Ibn ash- Shoh al-Forisi nomi bilan mashhur bo‘lgan Bahnud ibn Sahvon so‘zboshisi” deb atalgan so‘zboshidir. Bunda “Kalila va Dimna” kitobining kelib chiqish tarixini o‘rganish nuqtayi nazaridan e’tiborni tortuvchi ma’lumotlar yig‘ilgan. Ushbu ma’lumotlar quyidagicha bayon etilgan: Iskandar Zulqarnayn g‘arb mamlakatlarini zabt etib bo‘lgandan so‘ng Sharqqa qarab yurish qiladi. U Eron podshohi bilan jang qilib, uni yengadi, mamlakatni o‘ziga bo‘ysundirgach, qo‘shinini olib, Hindistonga yo‘l oladi. O‘sha paytdagi Forug‘ otli hind shohi bilan jang qilib, uni yengadi. Shundan so‘ng, Hindistonda o‘z odamini hokim qilib qoldirib, harb ishlarini davom ettiradi. Iskandar ketgach, hind xalqi qo‘zg‘olon qilib, u qoldirgan

Доказательный фрагмент

«This article explores the peculiarities of the Turkic manuscripts “Kalila and Dimna”, one of the Javelins of oral and written literature of the Indian people, and its substantive construction.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the peculiarities of the Turkic manuscripts “Kalila and Dimna”, one of the Javelins of oral and written literature of the Indian people, and its substantive construction. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Kalila and Dimna”, Bertels, Anushervon, Barzuya hakim, Dobshalim, Xo‘jasta Roy, Ibn al-Muqaffa, Humoyun Fol, Bedapoy, Sharqshunoslik instituti., qo‘lyozma, “Kalila va Dimna”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники