К содержанию
РецензированоUZ2026

ENERGIYA TEJAMKORLIKKA LINTER MASHINASINING AVTOMATIK BOSHQARUVI ORQALI ERISHISH

BOSHQARUVI ORQALI ERISHISH · Maqsudbek Shamshitdinov Elmurod o‘g‘li · Ibroximov Islombek Zafarjon o‘g‘li

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada paxta chigitini qayta ishlovchi linter mashinalarida avtomatik boshqaruv tizimini joriy etish orqali energiya tejamkorligiga erishish masalasi ko‘rib chiqilgan. An’anaviy boshqaruv tizimlarining kamchiliklari – yuqori energiya sarfi, lint sifatining pastligi va texnik ishonchlilikning yetarli darajada emasligi tahlil qilinadi. Avtomatik boshqaruv tizimi komponentlari – sensorlar, chastota o‘zgartgich, PID regulyator va boshqaruvchi modullar tavsiflanadi. Tajriba asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvning energiyani 40% gacha tejash, lint sifatini barqaror ushlab turish va mashinaning ishonchliligini oshirish kabi afzalliklari ko‘rsatib beriladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ABT linter mashinalarida samaradorlikni oshirishda muhim texnologik yechim hisoblanadi. Kalit so‘zlar: linter mashinasi, avtomatik boshqaruv tizimi, energiya tejamkorligi, PID regulyator, chastota o‘zgartgich, sensorlar, lint sifati, ishonchlilik, sanoat avtomatizatsiyasi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashda energiya sarfini kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Paxta chigitini tozalovchi linter mashinalari bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy linter mashinalarida elektr energiyasi sarfi yuqori bo‘lib, yuklamaning o‘zgarishiga moslashmagan boshqaruv tizimi ortiqcha energiya yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi. Ushbu maqolada linter mashinasiga avtomatik boshqaruv tizimi joriy etilishi orqali energiya tejamkorlikka qanday erishish mumkinligi yoritiladi. An’anaviy boshqaruv tizimi linter mashinasi samaradorligini cheklaydi va ortiqcha energiya sarfi, sifatsiz lint, qismlarning tez ishdan chiqishi kabi muammolarga olib keladi. Energiya isrofi aylanishlar soni va moment doimiy saqlanadi, bu esa barcha holatlarda optimal bo‘lmasligi mumkin. Yuqori quvvatda ishlash natijasida ortiqcha elektr energiyasi sarflanadi (ayniqsa past yuklama rejimlarida). Ishlab chiqarish jarayonining barqaror emasligi Yuklama o‘zgarganida mashina moslashmaydi, bu esa lint sifatining pasayishiga olib keladi. Chiqindining (lint chiqishi) yo‘qolishi ortadi, mahsulot sifati yomonlashadi. Tez eskirish va qizishi 82 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Rotor, podshipnik va boshqa mexanik qismlar doimiy yuqori tezlikda ishlaydi. Issiqlik ko‘p ajraladi, bu esa texnik xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartiradi. Operatorga bog‘liqlik, dvigatel ishini qo‘lda nazorat qilish zarur, bu esa insoniy xatolar ehtimolini oshiradi. Operatorga yuqori e’tibor va tajriba talab etiladi. Favqulodda holatlarda sekin reaksiya, lint tiqilishi, yuklamaning keskin oshishi yoki mexanik nosozliklarga kechikib javob beriladi. Bu esa mashinaning to‘xtab qolishiga yoki avariya holatlariga olib keladi. Yuqorida aytilgan kamchiliklarni hisobga olib tavsiya qilishimiz mumkinki Avtomatik boshqaruv tizimi – bu linter mashinasining ishlashini real vaqtda kuzatish, yuklama va lint oqimi bo‘yicha ma’lumot to‘plash va shu asosda mashina dvigatelining aylanish chastotasi va momentini avtomatik ravishda boshqarib turadigan zamonaviy texnologik yechimdir. Ushbu tizim energiya tejamkorligi, barqaror ishlash va mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi. Sensorlar mashinaning holati, lint miqdori, yuklama va dvigatel ish parametrlarini o‘lchaydi va ABTga real vaqtda ma’lumot yetkazadi. Sensor turlari: Tezlik sensorlari – rotor aylanishlar sonini aniqlaydi. Moment sensorlari – dvigatelning aylantiruvchi momentini kuzatadi. Lint zichligi oqimi sensorlari – lintning qanchalik zich yoki tez oqayotganini aniqlaydi. Vibratsiya va harorat sensorlari – podshipnik va dvigatel isishining oldini oladi. Sensorlar orqali tizim yuklamaning kamaygan yoki ortgan holatini aniqlab, shunga mos boshqaruv signali hosil qiladi. Chastota o‘zgartgich (inverter) Elektr dvigatelga uzatilayotgan tok chastotasini o‘zgartirish orqali aylanish tezligini boshqaradi. Tezlikni yumshoq o‘zgartirish (ayniqsa lint kam bo‘lsa, sekinlashtirish), Dvigatelni silliq ishga tushirish va to‘xtatish (zarba yuklamalarsiz), Ortiqcha energiya sarfini oldini olish. Inverter yuklamaga qarab aylanish chastotasini 30–100% oralig‘ida moslashtirib turadi. PID regulyator, Sensorlardan kelgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va tezlik/momentni optimal holatda ushlab turish uchun dvigatelga kerakli buyruqni shakllantiradi. P – xato qiymatini aniqlaydi (hozirgi holat va kerakli holat o‘rtasidagi farq), I – xatolikni vaqt bo‘yicha yig‘adi (uzoq muddatli og‘ishlarni bartaraf qiladi), D – og‘ish tezligini hisobga oladi (tezkor javob beradi). Bu regulyator orqali tizim ortiqcha tebranishsiz va sezgir tarzda boshqariladi. Avtomatik boshqaruv tizimi ishlash prinsipi – bosqichma-bosqich: Sensorlar mashinaning yuklamasini (lint oqimi, moment, tezlik) o‘lchaydi. Ma’lumotlar PID regulyatorga uzatiladi. PID algoritmi asosida optimal chastota aniqlanadi. Chastota o‘zgartgichga kerakli signal yuboriladi. D

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada paxta chigitini qayta ishlovchi linter mashinalarida avtomatik boshqaruv tizimini joriy etish orqali energiya tejamkorligiga erishish masalasi ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada paxta chigitini qayta ishlovchi linter mashinalarida avtomatik boshqaruv tizimini joriy etish orqali energiya tejamkorligiga erishish masalasi ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sensorlar, ishonchlilik, energiya tejamkorligi, lint sifati, sanoat avtomatizatsiyasi., avtomatik boshqaruv tizimi, linter mashinasi, PID regulyator, chastota o‘zgartgich
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники