К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA CHORA TADBIRLAR VA TAKLIFLAR

Mamadiyаrova Dilfuza Oblaqulovna · Bank-Moliya Akademiyasi magistri

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This tezise discusses the mechanisms for financing poverty reduction and social protection in Uzbekistan. It analyzes social and economic strategies that have been successfully implemented worldwide, examining their applicability in the context of Uzbekistan. The tezise highlights reforms in social support systems, poverty reduction through economic development, and mechanisms for ensuring social security. Keywords: poverty reduction, social protection, financing mechanisms, economic development, social support. O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. 2023-yil 15-mayda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig’ilishda kambag’allik darajasi 14% ga tengligi va bu degani 5 milliondan ortiq odam kambag‘allikda yashayotganligi ma’lum qilingan edi. Kambag’allikni qisqartirish bo‘yicha hududiy, tuman, shahar va mahallalarda 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada tadbirkorlikni 17 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida hokim yordamchisi lavozimi joriy etildi[1]. Ular aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va ularga ajratilgan subsidiyalar va berilayotgan imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanishini nazorat qilish va ularga ko‘maklashish bilan shug‘ullanishadi. Bundan tashqari aholini kambag‘allikdan chiqaruvchi asosiy kuch bu davlat va undagi siyosat hisoblanadi. Bunga yaqqol dalil sifatida Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasi butun dunyoda e’tirof etiladi. Xitoy oxirgi 40 yil ichida 800 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarishga erishdi. Buning uchun esa avvalo ta’lim tizimiga, sifatli sog‘liqni saqlash tizimiga va arzon uy-joy masalalariga alohida e’tibor qaratdi[2]. Aholining daromadini oshirish, narxlarni barqarorlashtirish, inflyatsiya darajasini oshishiga qarshi qaratilgan siyosat davlat tomonidan nazorat qilinishi lozim. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda imtiyozlar va subsidiyalar berish, asosan chetdan import qilinuvchi tovarlarni mamlakat ichida ko‘proq ishlab chiqarishni targ‘ib qilish asosiy vazifa qilib qo‘yilishi lozim. Chunki ushbu omillar nafaqat aholi daromadini oshiradi balki davlatning iqtisodiy o‘sishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda kambag‘allikni qisqartirishda eng asosiy masala bu insonlarning qiziqishlari, dunyo qarashlarini o‘zgartirishdir. Ya’ni odamlarda berilayotgan imkoniyatlarni qabul qilish va amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘proq foydalanish istagi bo‘lishi lozim. Imtiyozlar berilganligi bu kambag‘allik qisqarib qoladi degani emas. Chunki insonlarda xohish, bilim, g‘oya va asosiysi o‘ziga bo‘lgan ishonch shakllansagina natijaga erishish mumkin. Bu nafaqat ushbu masalada balki ta’lim tizimi, biznes va boshqa sohalarda ham muhim hisoblanadi. Buning uchun esa atrofdagi vaziyat, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan sharoit yaratilishi kerak, insonlarni tavakkal qilishi va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishida to‘siqlarga uchramasligiga yaqqol dalillarni ko‘rishi kerak. Mamlakatda erkin bozor iqtisodiyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi, sog‘lom raqobat muhiti shakllangan bo‘lishi muhim. Nafaqat bozordagi yoki soliqdagi imtiyozlar balki, bojxonadagi bojlarda ham to‘siqlarni kamaytirish, bojxonadagi nazoratni raqamlashtirish, ortiqcha vaqt va ovoragarchiliklarni kamaytirish lozim. Misol uchun, oziq-ovqat va boshqa shu turdagi mahsulotlarda bojxona nazorat postida ko‘plab sertifikatlar talab etilishi, sanitariya, hujjatlar va boshqa nazoratlarda ortiqcha vaqt va hodimlarning sonini qisqartirish kerak. Eksportda davlat ko‘magini kengaytirish, importda ham imtiyozlarni oshirish va aholi uchun zarur turdagi mahsulotlarga bojlarni kamaytirish, mamlakatda narxlarni barqarorligini ta’minlashda va mahsulot tanlovini kengaytirishda muhim omillar sanaladi[3]. 18 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlashda xususiy yoki YaTT larni yo‘lga qo‘yish ham yaxshi natijalarga olib keladi lekin men mavjud bo‘lgan korxona va firmalarni ishlab chiqarish hajmini va ulardagi ish o‘rinlarini kengaytirish samaraliroq deb hisoblayman. Chunki hozirda faoliyat yuritayotgan va allaqachon oyoqqa turgan korxonalarda ishlash oddiy aholi uchun o‘zi noldan boshlab tadbirkorlik yuritishdan va tavakkal qilishdan ko‘ra ishonchli hisoblanadi. Bundan tashqari korxonani keng doirada yo‘lga qo‘yish yangi korxona barpo qilishdan ko‘ra qulay va kam xarajatni o‘z ichiga oladi. Men kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘z taklifimni bildirmoqchiman. Taklifim shundan iboratki, aholini zamonaviy va hozirgi kunda eng daromadli kasblarga yo‘naltirish, chet tillari va kompyuter dasturlari bo‘yicha o‘qitish va aholining kundalik hayotda duch keluv

Доказательный фрагмент

«This tezise discusses the mechanisms for financing poverty reduction and social protection in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This tezise discusses the mechanisms for financing poverty reduction and social protection in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poverty reduction, social protection, financing mechanisms, ijtimoiy muhofaza, kambagallikni kamaytirish, iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy ta’minot., moliyalashtirish mexanizmlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники