К содержанию
РецензированоUZ2025

KIBER JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA ELEKTRON DALILLARNI SAQLASH (MUHOFAZA QILISH) MUAMMOLARI

NEW RENAISSANCE · (MUHOFAZA QILISH) MUAMMOLARI · Tulanboyeva Adiba Alijon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

mazkur tezisda elektron dalillar tushunchasi, ularning jinoyat ishlarida isbot vositasi sifatida ahamiyati, shuningdek, ularni saqlash (muhofaza qilish) jarayonidagi dolzarb muammolar yoritilgan. Xususan, elektron dalillar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan texnik, huquqiy va tashkiliy muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba misolida muammoni bartaraf etish yo‘llari hamda taklif va tavsiyal alit arga alohida e’tibor berildi. Kalit so‘zlar: Elektron dalillar, axborot texnologiyalari, kiberjinoyatlar, hash-kod, raqamli ma’lumot, protsessual asos, texnik muammolar, huquqiy muammolar,tashkiliy muammolar, raqamli xavfsizlik. Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda jinoyatlarning shakli va usullari ham o‘zgarib bormoqda. Kiberjinoyatlar, moliyaviy firibgarliklar, axborot o‘g‘riligi va boshqa shu kabi jinoyatlar soni ortib bormoqda. Bunday jinoyatlarni tergov qilishda an’anaviy dalillar bilan bir qatorda elektron dalillar ham muhim isbot vositasi sifatida qaraladi. Ushbu turdagi dalillarni to‘plash, saqlash va muhofaza qilish, shuningdek, sudda ishonchli isbot sifatida taqdim etish jarayonida turli huquqiy, texnik va tashkiliy muammolar yuzaga kelmoqda. Shu sababli elektron dalillarni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. “Elektron dalil” atamasi faqat ta’limot bilan belgilanadi. M.V.Gorelov elektron dalillarni “raqamli, ovozli va videoyozuv shaklida bajarilgan ish uchun muhim bo'lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek sud majlislari bayonnomalari, elektron hisoblash vositalari yordamida qayd etilgan protsessual harakatlar bayonnomalari” deb ta’rif bergan.1 Elektron dalillar - bu kompyuter, mobil telefon, planshet, server, tarmoq qurilmalari yoki raqamli media vositalarida saqlanuvchi ma’lumotlar bo‘lib, jinoyat ishi doirasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan axborotlarni o‘z ichiga oladi.2 Misol uchun quyidagilar elektron dalillarga misol bo‘lishi mumkin: elektron pochta yozishmalari, audio va video yozuvlar, log fayllar, internet sahifalaridan skrinshotlar, ma’lumotlar bazasidagi yozuvlar va h.k. Elektron dalil deganda qurilmalarda saqlanayotgan, ish bo‘yicha faktlarni isbotlashda foydalanilishi mumkin bo‘lgan elektron ma’lumot shaklidagi materiallar tushuniladi. Elektron ma’lumot esa - bu kompyuter tizimlari yoki saqlash qurilmalaridagi elektron yoki optik signallar kabi jismoniy shakllarda saqlanadigan ma’lumotlar va axborotdir; ular asosan matn, belgilar, raqamlar, harflar va shunga o‘xshash shakllardan iborat bo‘ladi.3 1 Горелов М. В. Электронные доказательства в гражданском судопроизводстве России (вопросы теории и практики). Дис. … канд. юрид. наук: 12.00.15 / Горелов М.В. - Екатеринбург, 2005. – С. 3-8. 2 Jones, N., George, E., Merida, F. I., Ramussen, U., & Volzow, V. (2014). Electronic evidence guide-A basic guide for police officers, prosecutors and judges. 3 Chen, Y., Li, M., & Qiu, Y. (2024). A Study on The Current Status of Electronic Evidence Preservation in Internet Crime. Journal of Education, Humanities and Social Sciences, 28, 541-548. 318 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 Elektron dalillar an’anaviy hujjat yoki moddiy dalillardan farqli ravishda raqamli formatda mavjud bo‘ladi. Bu turdagi dalillar oson ko‘paytirilishi, tahrir qilinishi yoki o‘chirilishi mumkinligi sababli ularning haqiqiyligi va yaxlitligi maxsus ekspertiza asosida aniqlanadi. Ayniqsa, ularning haqiqiyligini tasdiqlashda hash-kodlar, log fayllar, metama’lumotlar (metadata) kabi texnik vositalar qo‘llaniladi. Elektron dalilning yana bir xususiyati shundaki, u o‘chirilgan taqdirda ham maxsus dasturlar orqali tiklanishi mumkin, bu esa tergov va sud amaliyotida uni qayta tiklashga imkon yaratadi. Elektron dalillar bilan ishlashda ularni to‘g‘ri yig‘ish, saqlash va rasmiylashtirish tartiblariga qat’iy rioya etish talab etiladi. Protsessual normalar buzilgan holda olingan elektron ma’lumotlar isbot kuchiga ega bo‘lmasligi mumkin. Ushbu xususiyatlari bois, elektron dalillar jinoyatning sodir bo‘lganligini, ishtirokchilarini va voqea tafsilotlarini aniqlashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Elektron dalillar bilan ishlashda ularni to‘g‘ri yig‘ish, rasmiylashtirish va ayniqsa, saqlash jarayonida ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda. Bu muammolarni shartli ravishda texnik, huquqiy va tashkiliy toifadagi qiyinchiliklarga ajratish mumkin. Birinchidan, texnik muammolar elektron dalillarni saqlash tizimlarining zamonaviy talabga javob bermasligi bilan bog‘liq. Amaldagi tergov va sud organlarida raqamli ma’lumotlarni saqlash uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar – maxsus serverlar, xavfsiz ma’lumotlar bazasi, zahira (backup) tizimlari yetarli darajada ta’minlanmagan. Bundan tashqari, zamonaviy dasturiy ta’minotlar – dalillarni raqamli tarzda tasniflash, himoyalash va tiklash uchun mo‘ljallangan texnologiyalar ham keng joriy qilinmagan. Bu holat o‘z

Доказательный фрагмент

«mazkur tezisda elektron dalillar tushunchasi, ularning jinoyat ishlarida isbot vositasi sifatida ahamiyati, shuningdek, ularni saqlash (muhofaza qilish) jarayonidagi dolzarb muammolar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur tezisda elektron dalillar tushunchasi, ularning jinoyat ishlarida isbot vositasi sifatida ahamiyati, shuningdek, ularni saqlash (muhofaza qilish) jarayonidagi dolzarb muammolar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli xavfsizlik., texnik muammolar, protsessual asos, raqamli ma’lumot, Elektron dalillar, tashkiliy muammolar, hash-kod, huquqiy muammolar, kiberjinoyatlar, axborot texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники