Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANINI O‘QITISHDA IJTIMOIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Turdiyev Jamshid Rashidovich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Maqolada ijtimoiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyatini sharhlab, uni tarixiy ong, fuqarolik pozitsiyasi va madaniy merosga munosabat orqali shakllantirish usullarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, dars jarayonlarida interaktiv metodlardan foydalanish, tarixiy voqealarga tanqidiy yondashuvni rivojlantirish va zamonaviy o‘quv materiallaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy kompetensiya, tarixiy ong, fuqarolik tarbiyasi, interaktiv metodlar, O‘zbekiston tarixi, dars jarayoni. Kirish. Bugungi globallashuv jarayonlari, raqamli transformatsiya va axborot oqimlarining keskin ortib borayotgani davrida yoshlarda ijtimoiy ong, fuqarolik faolligi va ijtimoiy javobgarlikni shakllantirish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan ta'lim tizimining har bir bosqichi, xususan, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy kompetensiya – bu shaxsning jamiyatda samarali muloqot qila olishi, fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy mas'uliyatli bo‘lishi, turli ijtimoiy vaziyatlarga moslasha olishi, tolerantlik va tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalar majmuasidir. Bunday kompetensiyalarni shakllantirishda aynan tarix fanlari, jumladan, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani o‘ziga xos ahamiyatga ega. Mazkur fan nafaqat tarixiy bilimlar, balki mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy bosqichlari, siyosiy va huquqiy islohotlar, jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar, inson huquqlari va fuqarolik jamiyatining shakllanishiga oid bilimlarni ham beradi. Shu bois, mazkur fan orqali o‘quvchilarda tarixiy ong, vatanga sadoqat, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, tolerantlik, madaniy merosga hurmat kabi ijtimoiy kompetensiyalarni tizimli va maqsadli shakllantirish imkoniyati mavjud. Tahlil va natijalar. Ushbu maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishning didaktik, metodik va mazmuniy jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, fan mazmunidan samarali foydalanish, interaktiv metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda jamiyat hayotida faol ishtirok eta oladigan shaxsni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari ochib beriladi. Bugungi kunda o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirish ta'lim tizimining dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining mazmuni bu yo‘nalishda keng imkoniyatlarni taqdim etadi. 5 02 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mustaqillikdan keyingi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, fuqarolik jamiyatining shakllanishi, inson huquqlari va demokratik qadriyatlarning mustahkamlanishi kabi mavzular o‘quvchilarning ijtimoiy faol, tanqidiy fikrlaydigan, mas'uliyatli fuqaro sifatida kamol topishiga xizmat qiladi. Mazkur maqolada aynan shu yo‘nalishda olib borilishi lozim bo‘lgan didaktik yondashuvlar, metodik vositalar va o‘qituvchilarning roli yoritib beriladi. Ijtimoiy kompetensiya faqat bilim emas, balki munosabat, qadriyat va faoliyatning uyg‘unligidir. Ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar alohida ajralib turadi: 1. Tarixiy ongni rivojlantirish: O‘quvchilarda tarixiy faktlarga asoslangan holda mustaqil xulosa chiqarish, o‘z milliy tarixiga hurmat bilan qarash hissini shakllantirish. 2. Fuqarolik faolligini tarbiyalash: “Eng yangi tarix” darslarida zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyot bosqichlari orqali davlat va jamiyat oldidagi mas'uliyat, qonuniylik va adolat tushunchalari asosida fikr yuritish. 3. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish: Tarixiy voqealarga bir tomonlama emas, balki ko‘p qirrali yondashuv asosida tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish. 4. Madaniy merosga nisbatan ijobiy munosabat: Madaniy va tarixiy obidalar, urf-odatlar va an’analarni qadrlash, ularni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirishni anglash. 5. O‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlar: “Case-study”, “debate”, “timeline” kabi metodlardan foydalanish orqali ijtimoiy masalalarga qiziqish uyg‘otish. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, yuqoridagi yondashuvlardan muntazam foydalanish o‘quvchilarning nafaqat tarixiy bilimini, balki ijtimoiy mas’uliyatini, jamoada ishlash malakasini va vatanga sadoqat tuyg‘usini oshiradi. Xulosa. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirish o‘ta muhim. Bu esa nafaqat o‘quv rejalari va metodik ta’minotga, balki o‘qituvchining yondashuvi va darsdagi faoliyat turiga bog‘liq. Ijtimoiy kompetensiyaga ega bo‘lgan yoshlar ertangi jamiyatda faol ishtirok eta oladigan, tanqidiy fikrlaydigan, madaniyat va tarixni qadrlaydigan
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dars jarayoni., ijtimoiy kompetensiya, fuqarolik tarbiyasi, tarixiy ong, interaktiv metodlar, O‘zbekiston tarixi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025